Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston




Download 10.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/274
Sana23.02.2023
Hajmi10.16 Mb.
#43313
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   274
Bog'liq
2-TOM NAMMTI YSMKT
Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2.2 reja, 2.2 docx
Ключевые слова: уголь, добыча полезных ископаемых, защита, спецодежда, 
фактор, промышленность. 
Tayanch so„zlar: ko„mir, kon, ximoya, maxsus kiyim, omil, sanoat. 
Key words: coal, mining, protection, special clothing, factor, industry. 
 
Ko‗mir sanoati korxonalaridagi ish vaziyatlari turli xil kon-geologik, kon-
texnologik, iqlim va mikroiqlim sharoitlari bilan xarakterlanib, teri qoplami, oyoq, 
bosh, ko‗z, nafas olish va boshqa organlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish 
omillaridan himoya qilish xarakteri va darajasini belgilaydi. Ishchilarning kasbiy 
mansubligi, konchilar bajaradigan ish turi, joyi va ularga nisbatan ko‗proq ta‘sir 
qiluvchi xavfli omillarni ma‘lum jihatdan aniqlaydi, hamda ularni bartaraf etish 
uchun maxsus ish kiyimlarning himoya qilish xususiyatlariga yo‗naltirilishi kerak. 
Ushbu omillarni hisobga olgan holda va uning himoyaviy xususiyatlarini saqlab 
qolish prinsipidan kelib chiqib, ularning assortimenti va ruxsat etilishi mumkin 
bo‗lgan maksimal foydalanish muddati belgilanishi kerak. Ularning (muddati va 
assortimenti) mehnat sharoitlariga muvofiqligi, ishlab chiqarish jarohatlarini 
kamaytirishga va ko‗mir sanoati xodimlarining sog‗lig‗ini saqlashga yordam 
beradi. 
Yuqorida qayd etilganidek, konchilar turli kon-geologik va tog‗-texnologik 
sharoitlarda, gavdasining kasbiy pozalari talab etiluvchi mehnat sharoitlari yuzaga 
keladigan ish joylarida ishlaydi, bu esa insonni himoya qilish darajasini 
baholashning mavjud bo‗lgan tizim tomonidan hisobga olinmagan. Chunonchi, ish 
sharoitlari maxsus ish kiyimlar matosiga maksimal mexanik ta‘sir ko‗rsatadigan 
joylar bilan bog‗liqlanmagan, bu esa kiyimning ba‘zi joylarda ortiqroq eskirishga 
olib kelgan.  
Mahsus ish kiyimida birinchi navbatda mexanik omillar (zarbalar, siqilish, 
teshilish, ishqalanish va boshqalar) daxldorligini inobatga olganda, ushbu 
omillardan shikastlanish sabablari: harakatlanuvchi mashinalar, mexanizmlar yoki 


106 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
ularning qismlari; aylanuvchi uskunalar; predmet yoki odamlarni tushib ketishi va 
boshqalar. Korxona muhitida mexanik omillarining konchiga nisbatan ta‘sirining 
intensivligi ko‗mir konlarining quyidagi kon-geologik sharoitlariga bog‗liq: 
qatlamning qalinligi, tushish burchagi, ko‗mirning mustahkamligi va uni o‗rab 
turgan jinslar. 
Keyingi omil - havoning yuqori miqdorda changishi bo‗lib, chang 
etiologiyali kasalliklarning paydo bo‗lishiga olib keladi. Ko‗mir qazib olishning 
intensifikasiyasi ishlayotgan joylarda chang miqdorining oshishiga va ventilyasiya 
oqimlari tezligining oshishiga olib keldi. Shaxta havosidagi chang miqdori 
o‗zgaruvchan bo‗lib, ko‗p sabablarga bog‗liq. Kon ishlarida havoning changlanish 
darajasini belgilovchi yetakchi omillarga quyidagilar kiradi: tog‗-kon ishlarida 
qo‗llaniladigan texnika va texnologiyalar (qatlamlarni qulatish usullari va 
intensivligi, tosh massasini yuklash va tashish usullari va boshqalar) [1,2,3]; 
mehnat ob‘yektining xususiyatlari, shu jumladan geologik sharoitlar [4,5]; 
ko‗mirning fizik-mexanik xossalari [6,7] va boshqalar; ish joylarida havo 
harakatining tezligi va boshqalar. 
Bir qator mualliflarning [5,6] fikricha, kon ishlarida havoning changliligi 
changni bostirish uskunalaridan foydalanish samaradorligiga, foydalaniladigan 
tog‗-kon uskunasiga, ish joyining chang hosil bo‗lish manbasidan uzoqda 
joylashganligiga va boshqa bir qator sabablarga bog‗liq va sezilarli darajada 
o‗zgarib turadi, ba‘zi hollarda esa, ko‗mir-tosh changining hozirgi paytdagi 
maksimal ruxsat etilgan konsentrasiya (MREK) qiymatidan ko‗p marta oshib 
ketadi. 
Qiya konlardagi chang miqdorining konsentrasiyasi 1320 mg/m
3
ga, tik 
konlarda esa - 811 mg/m
3
ga yetadi va bu ko‗rsatgich undagi erkin kremniy 
dioksidi miqdori 2-10 mg/m
3
atrofida ruxsat etilishi mumkin bo‗lgan maksimal 
konsentrasiyadan bir necha baravar yuqoriligi ko‗rsatadi. Ko‗mir kombayni 
ishlaganda va kollektiv himoya vositalaridan (KXV) samarali foydalanilganda, 


107 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
changish darajasi 57 dan 78 mg/m
3
gacha. KXV to‗liq yoki qisman ishlatilganda 
changish darajasi 196 -248 mg/m
3
va undan ko‗pni tashkil qiladi [5]. 
Sanoatda, ko‗mir-tosh changlarini odamlarga salbiy ta‘sirini baholash, 
asosan nafas olish tizimiga nisbatan ta‘siri nuqtai nazaridan ko‗rib chiqiladi. 
Bundan tashqari, ter va yog‗ bezlari yo‗llarining tiqilib qolishi tufayli
konchilarning shikastlangan terisiga chang zarralari yuzasidagi bakteriyalarning 
paydo bo‗lishiga olib kelishi mumkin [8]. Ushbu omilni keltirib chiqaruvchi eng 
yomon sharoit - tik antrasit qatalamlarida qazish ishlari olib boriladigan chuqur 
konlar hisoblanadi. Asosiy texnologik jarayonlarni amalga oshirishda, hatto ko‗mir 
konlarida zamonaviy vositalari va usullarini qo‗llaganda, hamda changga qarshi 
kurashda ko‗rilgan eng samarali chora-tadbirlarni amalga oshirilganda xam, ishchi 
hudud havosidagi chang miqdori odatda ruxsat etilgan maksimal darajadan yuqoridir
bu esa, ushbu turdagi xavflarni boshqarish tizimining samarasiz ekanligi va qoldiq 
riskning ancha yuqoriligicha qolayotganligini ko‗rsatadi. 
Mikrobiologik tadqiqotlar ma‘lumotlariga ko‗ra, ko‗mir konlari yuzalarida 
havoning bakterial ifloslanishi juda yuqori va 232 ming bakt./m
3
ga yetadi [8]. 
Shaxta suvi va tuproqdagi «koli-titri» (mos ravishda) 10
-7
va 10
-3
darajali qiymatlar 
bilan tavsiflanadi. Konchilarning oyoqlari ish sharoitida zamburug‗lar bilan 
jaroxatlanishi va ularning rivojlanishi uchun qulay mikroiqlim (yuqori harorat va 
namlik, ish joylaridagi yuqori namgarchilik) sharoitlari hisoblanadi. 
Yuqorida, ko‗mir konlarida konchilarning mehnat sharoitlarini batafsil tahlili, 
ularning xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining keng nomenkulaturasi bilan 
ajralib turishini aniqlashga imkon berdi. Yuqorida aytilganlarga asoslanib, 
dtapozoni va intensivligi konchining kasbi, shuningdek ishning kon-geologik va 
kon-texnik sharoitlari bilan belgilanadi degan xulosaga kelishimiz mumkin. 
Shubhasiz, "ko‗mir sanoatida mehnat sharoitlari" tushunchasini sanoatdagi alohida 
ish joylaridagi faqat mehnat sharoitlari xususiyatlarining yig‗indisi sifatida ko‗rib 
chiqish mumkin. 


108 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
Bugungi kunda ko‗mir qazib olishda asbob-uskunalar va texnologiyalar va 
konlarda qo‗llaniladigan kollektiv himoya vositalaridan foydalanilishiga qaramay 
konchilarni himoya qilish yetarli darajada ta‘minlanmagan, shu sababli 
shikastlanish, ӽamda kasallanish ko‗rsatkichlari yuqoriligicha qolmoqda.
Shu munosabat bilan, mehnat sharoitlarini boshqarish tizimida shaxsiy 
himoya vositalariga, xususan, kon sanoatiagi ish joylarida samaradorligi ko‗p 
jihatdan himoyaviy va ekspluatasion xususiyatlarida salbiy omillar ta‘sirini 
kamaytirish yoki yo‗q qilishiga qaratilgan maxsus ishi kiyimlarga muhim o‗rin 
berilishi kerak. 

Download 10.16 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   274




Download 10.16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston

Download 10.16 Mb.
Pdf ko'rish