Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston




Download 10.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/274
Sana23.02.2023
Hajmi10.16 Mb.
#43313
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   274
Bog'liq
2-TOM NAMMTI YSMKT
Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2.2 reja, 2.2 docx
Kalit so‟zlar: kompakt ip, tenzometrik, tola, ROTORCRAFT, ip xossalari, standart, 
chastota, pishitilganlik. 
 
Abstract: In this article, changes in the initial moments of loading and unloading of 
yarn samples with the help of a newly created special strain gauge were studied.In the initial 
period of loading, the deformation of compact yarn is twice as slow as that of ordinary yarn (4 
seconds), on the contrary, during unloading, ordinary yarn is slower (2 seconds), and compact 
yarn shrinks twice as fast (in 1 second) that in the experimental yarn the fibers are arranged 
more correctly. On the basis of Yu. N. Rabotnov's theory of creep, the change in the state of 


197 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
fibers in a thread during suspension of a load is theoretically determined and confirmed by the 
results of tensometric measurements. 
 
Key words: compact yarn, strain gauge, fiber, rotorcraft, yarn properties, standard, 
frequency, pulping. 
 
Ipning deformasiyalanishi pishiqligi bo‗yicha talab darajasida yigirilishda 
muhim o‗rin tutadi. Ip va tolalar texnologik jarayonlardan o‗rkazilganda yoki 
ekspluatasiya davrida turli mexanik ta‘sirlar (cho‗zish, egish, burash va ezish) 
natijasida deformasiyalanadi. Ma‘lumki, ipga buram berilganda ko‗ndalang kesimi 
chetidagi tolalar ko‗proq cho‗ziladi. Ip cho‗zilganda ko‗ndalang kesimi 
markazidagi tolalar nisbatan kam zo‗riqadi. Ip markazidagi tolalarni ham buramda 
faol qatnashtirish uchun ma‘lum chora tadbirlar qo‗llash asosiy masala 
hisoblanadi, pishitish uchburchagi parametrlarining ip strukturasi va xossalariga 
ta‘siri tahlili o‗rganilgan [1]. Pishitish uchburchagida tolalarning joylashish 
holatini ROTORCRAFT firmasi mutaxassislari 1 – rasmda ko‗rsatilganidek tahlil 
qilishgan. Demak, pishitish uchburchagi tolalarning ipda joylashish holatini 
belgilaydi. Ko‗ndalang kesimidagi chekka tolalar tarangligi katta, markazga qarab 
borgan sari tolalar tarangligi kamayadi. Shuni inobatga olib, tolalar har xil 
taranglikda bo‗lganligi uchun ip strukturasi ham notekis, cho‗zuvchi kuchlarga 
qarshiligi past bo‗ladi. Bu holatni amalda isbotlash maqsadida ip 
deformasiyalanishi o‗rganildi [2] 
Iplar xossalarini aniqlash uchun standart usullardan foydalanildi. Shu 
maqsadda sinaladigan ip namunalari kondision muhitda 24 soat davomida saqlandi 
va har bir namunaning chiziqiy zichliklari, pishiqligi va pishitilganligi aniqlandi. 
Urchuq aylanish chastotasining turlicha qiymatlarida (13000 min-1 va 17000 min-
1) da hamda ikki xil pishitilganlik (740 b/m va 860 b/m) larda yigirilgan kompakt 
va oddiy iplarning 50 smli kesmalarining strukturalaridagi o‗zgarishlari aniqlandi. 
Buning uchun ya‘ni ma‘lum og‗irlik ta‘sirida uzilish vaqtlari qayd etildi. 
Urchuqning aylanishlar chastotasi 13000 min-1, pishitilganlik esa 740 b/m 


198 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
bo‗lgan oddiy ipning 50 sm li kesmasiga 210 g yuk osilganda 5,7 sekundda uzilishi 
aniqlandi 
Urchuqning aylanishlari chastotasi va pishitilganlik o‗zgartirilmay olingan 
kompakt ip esa 260 g yuk osilgandan so‗ng 6 sekundda uzildi. Kompakt ip oddiy 
ipga nisbatan kattaroq (210 g o‗rniga 260 g) og‗irlikka qarshilik ko‗rsatdi. 
Urchuqning aylanishlar chastotasi 17000 min-1 da yigirilgan, pishitilganlik 
esa 740 b/m bo‗lgan oddiy ipga 210 g yuk osilganda 4,1 sekundda uzildi. Urchuq 
aylanishlarining xuddi shu chastotasi va pishitilganlikni ham o‗zgartirmay 
yigirilgan kompakt ipga 260 g yuk osilganda 3,1 sekundda uzildi. Tajribalarni 
davom ettirib ipga osilgan yuklarning og‗irligini 30 g ga kamaytirilganda, kompakt 
va oddiy ip namunalarining uzishgacha qarshilik ko‗rsatish vaqti ortdi. Urchuqning 
aylanishlar chastotasi 13000 min-1 da yigirilgan pishitilganligi esa 740 b/m 
bo‗lgan oddiy ipga 210 g o‗rniga 180 g yuk osilganda, namuna 34,7 sekundda 
uzildi. Xuddi shu tajriba kompakt ipda 260 g o‗rniga 230 g yuk osilganda namuna 
50,8 sekundda uzildi. Bunday o‗zgarishlar urchuqning aylanishlar chastotasi 13000 
min-1 va 17000 min-1da yigirilgan, pishitilganligi 860 b/m ga ega bo‗lgan 
kompakt va oddiy ip namunalarida ham aniqlandi. Uzilish vaqtining osilgan yuk 
Kompaktlash 
zo‘nasi 
Pishitish 
uchburchag 
zo‘nasi 
Tarangligi katta tolalar 
Tarangligi kam tolalar 
Tolalar bir xil taranglikda 
Cho‗zish 
zo‘nasi 
1-rasm. Pishitish uchburchagining ip strukturasiga ta‘siri. 


199 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
kattaligiga qarab o‗zgarishi ip strukturasida tolalar joylashishidagi holatining 
o‗zgarishi bilan izohlanadi.
Ip strukturasida sodir bo‗ladigan o‗zgarishlarni aniqlash maqsadida, yuklash 
va yuksizlantirishning dastlabki onlarida ip namunalari uzayishidagi holati 
o‗rganildi. Urchuqning aylanish chastotasi 13000 min-1, ipning pishitilganligi 740 
b/m da yigirilgan oddiy va kompakt ip namunalari sinaldi. Namunaga yuk ta‘sir 
etayotgan boshlang‗ich vaqtlardagi deformasiyalarini topish uchun 50 g 
og‗irlikdagi yuk ta‘sirida ularning o‗zgarishi o‗rganildi[3]
Ipda strukturaviy o‗zgarish jarayonlari yuklash vaqtining boshlang‗ich 
onlarida ro‗y beradi. Ipning asosiy fizik-mexanik xossalari parametrlariga erishish 
uchun ma‘lum vaqt o‗tishi zarur. Bu davrda shakllangan ipda tolalar ma‘lum 
oriyentasiyaga o‗tib, ular orasida bo‗shliqlar tashqi kuch va burovchi moment 
ta‘sirida yo‗qola boradi va ip ma‘lum mustaxkamlikka ega bo‗ladi. Agar tashqi 
kuch uzoq muddatga qo‗yilsa, uning qiymatiga qarab, ip o‗zining qarshilik 
ko‗rsatish resursini vaqt o‗tgan sari asta-sekin, chekli vaqt oralig‗ida esa qarshilik 
ko‗rsatish qobiliyatini butunlay yo‗qotadi. Agar bu vaqtni t
0
bilan belgilasak, uning 
qiymati ipning fizik-mexanik xossa parametrlari va tashqi kuchning qiymatiga 
bog‗liq bo‗ladi. Shuni ta‘kidlash kerakki, ipning deformasiyalanish qonuniyatlari 
har xil bo‗lib ularning qaysi biri deformasiyalanishni adekvat aks ettirishini 
aniqlash o‗ta dolzarbdir. Bunday jarayonlarni tahlil qilish uchun adabiyotlarda 
ma‘lum bo‗lgan Yu.N.Rabotnov va boshqalar tomonidan taklif etilgan polzuchest 
nazariyasidan foydalanamiz. Bu nazariyaga ko‗ra, o‗zgarmas kuch ta‘siri ostida 
ipning bir o‗lchovli deformasiyasining vaqt bo‗yicha o‗zgarishi kuchlanish orqali 
quyidagi qonun asosida aniqlanadi 
Tajriba natijalari shuni ko‗rsatadiki, ipning deformasiyasi kuch ta‘siri ostida 
ma‘lum vaqtga cho‗zilib so‗ngra sekinlashadi va amalda o‗zgarmay qoladi. Bu 
holda polzuchest jarayoni tugagan vaqt bo‗yicha sekin o‗zgaradigan reologik 
xossalar namoyon bo‗ladi. Bu davrda deformasiyaning vaqt bo‗yicha o‗zgarishini 


200 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
eng sodda hollarda K.Foygt modeli yordamida aniqlasa bo‗ladi. Bu oraliqda 
deformasiyani ε=εi(t) deb olsak, u holda bu modelga ko‗ra quyidagi ifodani olamiz 
Tajribaviy va tavsiya etilayotgan model asosida hisoblab olingan natijalar 
mutloq qiymatlarga aylantirilib 1-jadvalda keltirilgan. Ular solishtirilganda 
natijalar orasidagi nisbiy farq kompakt ip uchun 6 %, oddiy ip uchun 11 % ni 
tashkil etishi ma‘lum bo‗ldi
1- jadval 
Yuklashning boshlang‗ich onlarida ip defformasiyasining vaqt 
bo‗yicha o‗zgarish qiymatlar 
Chiziq 
nomi 
Ip turi 
Vaqt, sekunt, t

0,5 

1,5 

2,5 

3,5 

Tajribav
iy
Kompa
kt

0,00
06 
0,00
16 
0,00
34 
0,00

0,00
74 
0,01 
0,01

0,01
26 
Oddiy 0 
0,00
26 
0,00

0,01
34 
0,01
46 
0,01
46 
0,01
46 
0,01
46 
0,01
46 
Nazariy
Kompa
kt

0,00
21 
0,00
33 
0,00
48 
0,00
64 
0,00
84 
0,01 
0,01
09 
0,01
14 
Oddiy 0 
0,00
34 
0,00
72 
0,01
12 
0,01
56 
0,01
56 
0,01
56 
0,01
56 
0,01
56 
Parametrlar α, A
0
va β lar quyidagi qiymatlarga teng bo‗lib chiqqan. 
Kompakt ip uchun α=94, t
n
=3,3 sek, A
0
=0,183, β=1,8 , oddiy ip uchun α=20, 
t
n
=1,8 sek, А
0
=0,134, β=5 
Xulosa. Tajribaviy va nazariy chiziqlarning ustma-ust tushishi ip 
strukturasidagi o‗zgarishini ifodalab, yuk osilganda tolalar holatining o‗zgarishini, 
ularning to‗g‗rilanishi Yu.N.Rabotnovning polzuchest nazariyasi to‗liq ko‗rsatishi 
aniqlandi.
Yangi yaratilgan maxsus tenzometrik asbob yordamida ip namunalarini 
yuklash va yuksizlantirishning dastlabki onlaridagi o‗zgarishi baholandi 


201 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
Yuklashning boshlang‗ich davrida kompakt ip deformasiyalanishi oddiy 
ipga nisbatan ikki marta sekinroq (4 sekund), yuksizlanganda aksincha oddiy ip 
sekinroq (2 sekund), kompakt ip esa ikki marta tez (1sekundda) qisqarishi asosida 
tajriba ipida tolalar tartibliroq joylashgani isbotlandi. 

Download 10.16 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   274




Download 10.16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston

Download 10.16 Mb.
Pdf ko'rish