• Material va metodlar
  • Usmonov Saidjon Abdusubxon o’g’li




    Download 20.45 Kb.
    Sana16.11.2022
    Hajmi20.45 Kb.
    #30624
    Bog'liq
    usmonov 1
    O\'razbayev Sh, amaliyot, Sayfullayev ilhomjon, Writing Answer Sheet

    BOLALARNI JISMONIY RIVOJLANISHINI FIZIKAVIY O’LCHASHLAR ORQALI BAHOLASH.
    Usmonov Saidjon Abdusubxon o’g’li
    Farg’ona jamoat salomatligini tibbiyot instituti “Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi
    Ishning maqsadi: Insonning fizik rivojlanishi deganda morfologik va funksional belgilar yig'indisi, o'zaro bir-biri bilan bog'liqligi tushuniladi. Bola organizmini shakllanish va rivojlanish jarayoni intensiv kechadi, tashqi muhitga alohida sezgirligini aniqlaydi. Bolaning jismoniy rivojlanishiga iqlim sharoiti, yashash sharoiti, kun tartibi, ovqatlanish xarakteri ta'sir qiladi, shuningdek o'tkazgan kasalliklari. Jismoniy rivojlanish tempiga irsiy omillar, konstitusiya turi, moddalar almashinuvi intensivligi, organizmning endokrin foni, qondagi fermentlar aktivligi va oziqlanish bezlari sekresiyasi ham ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli, fizikaviy o’lchashlardagi natijalar bolalarni jismoniy rivojlanishini tengligi ular sog'ligini ishonchli ko'rsatgichi bo'lib hisoblanadi.
    Material va metodlar: Bolalarni jismoniy rivojlanishini baholashda quyidagi ko'rsatkichlarni hisobga olish kerak:
    1. Morfologik ko'rsatkichlar: tana vazni va bo'yi, ko'krak qafasi aylanasi, 3
    yoshgacha bo'lgan bolalarda bosh aylanasi.
    2. Funksional ko'rsatkichlar: o'pkaning tiriklik sig'imi, barmoqlar mushak kuchi
    va boshqalar.
    3. Mushaklar va mushak tonusi rivojlanishi, qaddi-qomat holati, tayanch-harakat
    apparati, teri osti yog' qatlami rivojlanishi, to'qimalar turlari.
    Tana uzunligi. Tana uzunligi ko'rsatkichi jismoniy rivojlanish boshqa ko'rsatkichlarga nisbatan stabil hisoblanadi. Bola hayotining birinchi 3 oyligida bo'yi eng yuqori tempiga chiqadi. Bola to'g'ri rivojlanganda birinchi oylarida bo’yining o'sishi 11-12 sm, uch yoshligida - 8 sm, 4 yoshda - 6 sm. 4 yoshda bolaning boyi 100 sm ga yetadi.
    Natijalar: Keyingi davrlarda (10 yoshgacha) bo'yining o'sganligini aniqlash uchun quyidagi formuladan qo'llaniladi: Bola bo'yining uzunligi : R = 100 sm + 6 (n-4), n - bolaning yoshi, 6 - o'rtacha har yili qo'shiladigan bo'yi uzunligi, sm. Eng intensiv bo'yi 5-7 yoshga va jinsiy shakllanish boshlanish davriga to'g'ri keladi. Ushbu formulani ishlatishda avvalo fizikaviy o’lchashlarni yuqori aniqlikda amalga oshirish zarur, ya’ni bolaning antropometrik ko’rsatkichlarini fizikaviy o’lchov qurilmalarida absolyut va nisbiy xatologini imkon qadar 0% gacha aniqlikda o’lchab, olingan qiymatlarni formulaga kiritib, ifodani hisoblash va olingan natijalarni taqqoslab xulosalar chiqarish mumkin. Masalan: 8 yoshli bolaning bo’yi normal necha sm bo’lishini hisoblaylik: R = 100sm+6(8-4)=124sm.
    Xulosalar: R=100sm+6(8-4)=124sm. Ushbu qiymat bilan antropometrik ko’rsatgichi olingan bolaning bo’yini taqqoslab xulosa chiqarish mumkin. Agar olingan natija va bolaning bo’y o’lchamlari solishtirilganda keskin farqalansa bolaning jismoniy rivojlanishida yuqoridagi muayyan kamchiliklar bo’lishi to’g’risida xulosa qilish mumkin.
    Download 20.45 Kb.




    Download 20.45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Usmonov Saidjon Abdusubxon o’g’li

    Download 20.45 Kb.