• Lokal (maxalliy) tarmoq
  • Internet tarixi
  • Uz-Warez ucoz ru




    Download 0.68 Mb.
    bet1/15
    Sana10.05.2022
    Hajmi0.68 Mb.
    #20640
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Kompyuter (hisoblash) tarmog’i
    1. Tarmoq qurilmalari

    Kompyuter (hisoblash) tarmog’i — bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog’langan kompyuter va terminallar majmuasidir.
    Тarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’ektlar tarmoq ob’ektlari deyiladi. Тarmoq ob’ektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo’lishi mumkin.
    Axborotlarni territorial joylashuviga ko’ra kompyu­ter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo’lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (maxalliy) tarmoqlar.
    Lokal (maxalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km bilan cheklash mumkin.
    Global kompyuter tarmoqlari
    INTERNET tarmog’i. IP/TCP protokollari. Tarmoqning jarayonli tizimlari.
    NETWAREtarmoq operatsion tizimi. Global kompyuter tarmoqlarining tijoratda
    qo’llanishi. Moliyaviy faoliyatdagi global kompyuter tarmoqlari. SprinNettarmog’i.
    Bank tarmoqlari va banklararo hisob - kitoblar tizimi. Banklararo ma’lumotlarning
    halqaro tarmog’i. Qimmatbaho qog’ozlar bilan operatsiyalar o’tkazishdagi kompyuter
    tarmoqlari. INTERNETda PING, FTR, Archie va WWW – dasturlari. PING, FTR,
    Archie va WWW – dasturlari haqida umumiy ma’lumotlar va ular bilan ishlash. Telnet
    protokoli ish tartibi. Gipermatnlar bilan ishlash. NTTR sxemalari. Elektron pochtani
    qo’llash. Elektron pochtani jo’natish va pochtani olish. Internetiqtisodiy resurslar
    ombori. Veb sahifalar yaratish va Veb saytlar bilan ishlash.
    Internet tarixi



    1- rasm. Lourens Roberts.

    Kompyuterlarni tarmoqqa ulash g’oyalari birinchi bo’lib, 1960-yillarning boshlarida paydo bo’la boshladi. 1965 – yili Lourens Roberts va Tomas Merrvill Kaliforniya va Massachusets shtatlarida joylashgan ikki kompyuterni bir-biriga bog’lashdi.


    Bog’lanish telefon yo’llari orqali amalga oshirilib, dunyo tarixida birinchi kompyuter tarmog’i bo’ldi. Bu texnologiya bilan AQSH Mudofaa Vazirligining „DARPA“ agentligi qiziqib, ularga harbiy qo’shinlarni bir tarmoqqa birlashtirish g’oyasi yoqib qoldi. „Darpa“ agentligi mutaxassislari bu g’oya bo’yicha qattiq ishlar olib borib, 1969-yili „ARPANET“ tarmog’ini yaratishdi.



    2- rasm. ARPANET komandasi.

    3- rasm. ARPANET chizmasi.
    Dastlab „ARPANET“ tarmog’i 4-ta shtat unversitetelarida joylashgan to’rt kompyuterdan iborat edi.

    4- rasm. ARPANET haritasi.
    „DARPA“ agentligi o’zining tadqiqotlarini maxfiy tutmasdan, aksincha, majlis va namoyishlar o’tkazib, yana tadqiqotlarga boshqa ilmiy guruhlarni ham taklif etib bordi. Shu bois ARPANETga ulangan kompyuterlar soni tez oshib boraverdi.

    Rasm 5. 1969-1975 yillarda ARPANETning rivojlanishi.
    1972-yili Internetning asosiy xizmatlaridan biri – elektron pochta paydo bo’ldi va bu umumjahon tarmog’iga zo’r impuls, turtki bo’ldi.

    6- rasm. Ray Tomlinson.
    1971-yil oktabr oyida insoniyat tarixida ilk marotaba BBN kompaniyasi xodimi Ray Tomlinson elektron pochta orqali xabar yubordi. Matn klaviaturaning yuqori qatoridagi QWERTYUIOP harflardan iborat bo’lib, Tomlinsonning o’ziga yuborilgan. 1972-yilning mart oyida Tomlinson SNGMSG va READMAIL elektron xabarlarni yuborish va o’qish dasturlarini yaratdi. O’sha paytning o’zida ARPANET ning barcha foydalanuvchilariga yuborilgan xatda elektron manzillarning @ yordamida tuzilish asoslarini bildirdi (login_name@host_name).
    1974-yili tarmoq rivojlanish tarixida TCP/IP(transmission control protokol/internet protokol) tarmoqlararo protokol ishlab chiqarilishi natijasida keskin yuksalish sodir bo’ldi. Bu kashfiyotning mualliflari – Robert Kan va Stenford universitetining professori Vinton Serf.

    7- rasm. Vinton Serf.
    Umuman, Internet tushunchasi 1980-yillarning boshida shakllandi. Bu vaqtda TCP/IP – ma’lumotni paketga bo’lib uzatish protokoli joriy qilinishi boshlandi. Bu protokol hozirda ham asosiy protokol bo’lib qo’llanib kelmoqda.
    1977-yil tarmoq tarixida yana bir muhim voqea sodir boldi. Chikagolik ikki student Uord Kristensen va Rendi Syuess modem qurilmasi yordamida, telefon orqali bir-biriga ma’lumot jo’natish tizimini joriy qilishdi. Bu jasoratning asosiy sababi Chikagoning sovuq qishi edi. Shaharning bir joyidan boshqa joyiga dasturlarni olib borish ularning jonlariga tegdi. Natijada, butun dunyoga ajoyib ixtironi sovg’a qilishdi. 1979-yil XModem-protokoli yaratilib, fayllarni to’g’ridan to’g’ri host tizimisiz kompyuterlarga uzatish imkoniyati paydo bo’ldi.

    8- rasm. Uord Kristensen.
    1983-yili ARPANET ikki tarmoqqa bo’lindi. Harbiy aloqa uchun MILNET tarmog’i va tadqiqotlarga mo’ljallangan tarmoqqa ARPANET nomi qoldirildi. Ikkala tarmoq haqida gap ketganda, “Internet” so’zi qo’llanilgan edi.
    1990-yillarning boshlarida Amerika va Yevropa qit’alarida yuzlab tarmoqlar birlashtirilgan edi. Internetning rivojlanish sur’ati xuddi tog’da sodir bo’ladigan qor ko’chishiga oxshab, uni hech kim boshqara olmay qoldi.
    Internetga yanada ommaviy mashhurlikni Yevropa elementar zarrachalar fizika laboratoriyasining xodimi Tim Berners-Li -ning tadqiqoti olib keldi.

    9- rasm. Tim Berners-Li.
    Bu kashfiyotdan avval tarmoqdagi ma’lumotlar faqat matn ko’rinishida uzatilar edi. Berners-Li va uning hamkasblari WWW nomi bilan mashhur texnologiyani yaratishdi. Bu texnologiya rang-barang web sahifalarni yaratishga yo’l ochib, giperko’rsatkichlar yordamida Internetda boshqa sahifalar bilan bog’lashga imkoniyat yaratdi.
    1993-yili Mark Andrisen (Marc Andreesen) Illinois shtati universitetida “Mosaic” nomli web-sahifalarini ko’rish dasturini yaratdi.

    10- rasm. Mark Andrisen.

    11- rasm. Birinchi Internet-brauzer.
    1995-yili AQSH ning bir necha yillar davomida Internetni qo’llab-quvvatlab kelayotgan “Milliy fan jamg’armasi” moliyaviy sarfini to’xtatdi va bundan keyin Internet mustaqil bo’lib, hech kimga qaram bo’lmay qoldi.

    Download 0.68 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0.68 Mb.