Massivlarni tezkor saralash




Download 297,23 Kb.
bet6/9
Sana15.02.2024
Hajmi297,23 Kb.
#157371
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Masivlarni tashkil etish
Mobil guruhi faoliyati haqida kunlik ma\'lumot, I0qmrxPmDIbp4mB3c81rOjXXITypnRrCbMf31plr, Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev), 02.00.02-Analitik-kimyo, topshiriq 1, Документ Microsoft Office Word, 1-mavzu, english 3, KURS ISHI JABBOROV SHUXRATBEK, 6txOlxxpnphgvlTX7TtwbWxCyTnvh0GH7QicURxd, 1-Mustaqil ish Xurramov 3 (1), Amaliyot hisoboti, amir temur 2, PDF 20230407 04.20.14, KO’phadlarning haqiqiy ildizlarini aniqlash haqidagi teoremalar-fayllar.org
2.2 Massivlarni tezkor saralash.


Ichki saralash modeli. Ma’lumotlar EHM xotirasida muayyan tartibda saqlanadigan bo‘lsa, axborotga ishlov berish va uni izlash bilan bog‘liq ko‘p masalalar oddiyroq, tezroq va samaraliroq hal qilinadi. Bir qator hollarda ma’lumotlarning tartibga solinganligidan foyda aniq bo‘lib, maxsus isbotlashlarni talab etmaydi. Agar lug‘at yoki telefon ma’lumotnomasida so‘zlar va familiyalar alifbo tartibida joylashtirilmaganda ulardan foydalanish qanchalik qiyin bo‘lishini tasavvur etish mumkin. Lekin ma’lumotlarni tartiblash zaruriyati masalasi har safar muayyan vazifaga nisbatan hal qilinishi zarur. Bunda tashqi xotira qurilmalari imkoniyatlari, operativ xotira hajmi, ma’lumotlarga murojaat qilish tezligi, ularni yangilab turish tezligi va ishlov berish xarakteri kabilarni tahlil qilish zarur. Turli ilovalarda tartibga solishning turli mezonlaridan foydalaniladi.

Ma’lumotlar ularga murojaat qilish ehtimolining qiymati, qancha tez-tez murojaat etib turilishiga ko‘ra tartibga solinishi mumkin. Odatda, tartibga solish kalit bo‘yicha amalga oshiriladi.


Axborot tizimlari bilan ishlov beradigan ma’lumotlar birligi bir qator axborot maydonlaridan iborat bo‘lgan yozuv hisoblanadi. Kalit bitta yozuv maydoni ichidagi yoki



11


muayyan maydonlar majmuidan iborat bo‘lishi mumkin. Keyingi holda kalit tarkibiy deb ataladi. YOzuv faqat bittagina maydondan iborat bo‘lishi mumkin va bu holda u kalitli hisoblanadi. Tartibga solish natijasida yozuvlar kalitlarning qiymati ortib borishi yoki kamayib borish bo‘yicha joylashadi. Bunday tartibga solish jarayoni tartiblash deb ataladi. Masalan, fakultet talabalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan yozuvlar talabalarning reyting daftarchalari nomerlari bo‘yicha tartibga solingan bo‘lishi mumkin.

Ichki tartiblashning ko‘plab usullari mavjud va ularning har biri o‘z afzalli texnikalari va texnik kamchiliklariga ega bo‘lib, ma’lumotlar va apparaturaning muayyan konfigurasiyalarida boshqalaridan samaraliroq bo‘lishi mumkin ekan. Tartiblash usullarining tavsiflarini baholash har bir muayyan holatda bu usullardan birini to‘g‘ri tanlash texnik imkonini beradi.





Download 297,23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 297,23 Kb.