• KIRISH
  • Узбекское агентство связи и информатизации




    Download 2.89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/144
    Sana18.02.2023
    Hajmi2.89 Mb.
    #42675
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
    Bog'liq
    Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi N X Gultorayev
    3, 5, Учет аренды, Social-Media-Platforms-and-Their-Algorithms, Iqtisodiyotda axborot kommunikasiya texnologiyalari va tizimlari


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
    KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
     
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
    GULTURAEV N.X., BAYJONOVA L.E., DAVLETOVA X.R.
    TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINING ISHONCHLILIGI 
    5A350104 – Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi 
    mutaxassisligi talabalari uchun 
    darslik 
    Toshkent 2018 




    KIRISH 
     
    Keyingi o‘n yilliklarda telekommunikkatsiyalar vositalarini va hisoblash 
    texnikasidan birgalikda foydalanishga asoslangan turli infokommunikatsion tizimlar 
    inson faoliyatining turli jabhalariga (davlat boshqarishi, siyosat, mudofaa, 
    iqtisodiyot, moliya, tibbiyot va boshqalar) kirib bormoqda va ular uchun xayotiy 
    zarurat bo‘lib qolmoqda. Infokommunikatsiya tizimida an’anaviy telefoniyaga 
    nisbatan ishonchlilik va uzatish sifati bo‘yicha talablar hajmi keskin oshmoqda. 
    Bundan kelib chiqib, telekommunitsiya vositalarining ishonchsizligi (raddiyalari) 
    foydalanuvchilar 
    yo‘qotishlarini 
    sezilarli 
    darajada 
    ortishiga, 
    bu 
    esa 
    telekommunikatsiya ishonchligiga talablarni kuchayishiga olib kelmoqda.
    Telekommunikatsiyaning yangi xizmatlari va vositalarini loyixalash va joriy 
    etishda ishonchlilikni ta’minlash bilan bog‘liq tadbirlar (ishonchlilikni istiqbollash, 
    komponentlarning ishonchliligini ta’minlash, ishonchlilikni optimallashtirish, 
    ishonchlilikni baxolash va tasdiqlash va boshqalar) majmuasini (kompleksini) 
    amalga oshirishni taqozo etmoqda.
    Zamonaviy texnik vositalarni, jumladan optik-tolali telekommunikatsiya 
    liniyalarini, sinxron raqamli ierarxiya (SDH), (WDM) tizimi, katta sig‘imli raqamli 
    kommutatsion stansiyalar, dasturlanadigan kommutatsiya tizimi (Softswitch), 7-son 
    umumiy kanal signalizatsiya (7-son UKS) tizimi va boshqalarning joriy etilishi hatto 
    bitta raddiyadan yo‘qotishlar bir necha marta ortishiga olib kelmoqda.
    Texnik yangiliklar telekommunikatsiyaning yanada takomillashtirilgan va 
    ishonchli tarmoqlarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, ular tarmoq raddiya 
    bardoshligini ta’minlash bo‘yicha maxsus chora tadbirlarni qo‘llagan xoldagina o‘z 
    afzalliklarini namoyon etishlari mumkin. Bu chora - tadbirlar tarmoq elementlari 
    raddiya berganlarida uni rekonfiguratsiyalashni nazarda tutadi, bunda liniyalarning 
    zahiraviy sig‘imlaridan foydalanish va raddiya bergan elementlarni va ortiqcha 



    yuklangan uchastkalarni aylanib o‘tadigan marshutizatsiyaning yangi algoritmlarini 
    qo‘llash amalga oshirilishi kerak.
    Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi va yashovchanligini 
    oshirish uchun soxa mutaxassislari nafaqat telekommunikatsiya tizimlarining 
    tuzilish soxasi bo‘yicha yuqori darajali tayyorgarlikka ega bo‘libgina qolmay, 
    telekommunikatsiya tizimlarining ishonchliligi va yashovchanligini oshirish 
    yo‘llarini xam bilishlari lozim. 
    Darslik telekommunikatsiya tarmoqlari ishlash barqarorligini aniqlovchi va 
    ularning ishlash samaradorligini baholash imkoniyatini beruvchi ishonchlilik va 
    yashovchanlik xarakteristikalarini aniqlash va hisoblash bo‘yicha mutaxassislikka 
    mos ravishda talabalarda bilimlar, ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilishi 
    lozim.
    “Telekommunikatsiya 
    tarmoqlarining 
    ishonchliligi” 
    fani 
    bo‘yicha 
    tayyorlangan mazkur darslik “Telekommunikatsiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 
    bakalavrlar, 
    magistrlar 
    tayyorlashda 
    telekommunikatsiya 
    tarmoqlarining 
    ishonchliligi masalalari va muammolariga diqqat e’tiborni qaratishga mo‘ljallangan.
    Darslik 5A350104 – Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot 
    xavfsizligi mutaxassisligi talabalari uchun tayyorlandi. 




    Download 2.89 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




    Download 2.89 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Узбекское агентство связи и информатизации

    Download 2.89 Mb.
    Pdf ko'rish