xususiyatlari uni matematika va ilm-fan sohasidagi testlardan butkul ajratib
turadi. Birinchidan, ushbu test avval oʻrgatilgan bilimni qoʻllashga emas, yangi
gʻoyalarni yaratishga urgʻu beradi.
Ikkinchidan, oʻquvchining yondashuv va
yechimlarining oʻziga xosligi baholanadi (agar javoblar yaroqli deb topilsa).
Uchinchi farq yagona mukammal yechimi boʻlmagan ochiq savollardan
foydalanishdan iborat. Nihoyat, ushbu test oʻquvchining ilmiy kontekstda
kreativ fikrlash jarayonlariga – yaʼni “toʻgʻri” yoki “eng maʼqul” yechimni
topish qobiliyatiga emas, ochiq muammolar yechimiga ay tarzda yondashishiga
e’tiborni qaratadi. Ilmiy muammoni hal qilish domenidagi
test savollar turli
ilmiy kontekstdagi kreativ fikrlashning farqli jihatlarini qamrab oladi. Umuman
olganda, oʻquvchilardan quyidagilar soʻraladi: ilmiy kontekstda ochiq shakldagi
muammoni yechish; taqdim etilgan ssenariyga asoslangan holda, ilmiy
mohiyatga ega muammolarga yechim yoki gipoteza (farazlar, taxminlar)
gʻoyasini berish; avvaldan berilgan tayyor yechimni yanada takomillashtirish
haqida taklif berish. Ehtimoliy vazifalarda ilmiy fenomen borasida kuzatuvlar
taqdim etilib, oʻquvchidan farqli tadqiqot predmeti
yoki muammoni ifodalab
berish uchun gipoteza soʻralishi; laboratoriya muhitida turli jihozlar orqali biror
narsani kashf etish ham soʻralishi mumkin. Ko‘proq matematik yo‘nalishga ega
bo‘lgan topshiriqlar guruhi o‘quvchilardan ma’lumotlar yoki geometrik
shakllarning berilgan xususiyatlarini namoyish qilish uchun turli usullarni ishlab
chiqishlarini talab qilishi yoki ma’lumotlarning berilgan to‘plamidan iloji
boricha ko‘proq xulosa chiqarishlarini so‘rashi mumkin. Shuningdek, ushbu
topshiriqlar guruhida innovativ yechimni talab
etadigan ochiq muhandislik
muammo yoki takomillashtirilishi lozim boʻlgan tizim ham taqdim etilishi
mumkin. Interaktiv simulatsiya va oʻyinlar ilmiy muammoni hal qilishdagi
kreativ fikrlashni baholashda ayniqsa qoʻl keladi, chunki bunday muhitda
oʻquvchiga uning tanlovi va harakatlari borasida darhol aks bog‘lanish yuz
beradi; oʻquvchilar ushbu aks bog‘lanishga qanday munosabat bildirishini
kuzatish ilmiy innovatsiyaning ajralmas qismi boʻlgan magʻlubiyat va kashfiyot
bilan oʻquvchilarning munosabati borasida munosib maʼlumot beradi.
Mazmun
sohasiga tayyorgarlikning muhimligi bu – shubhasiz shu sohada tasavvur qilish
mumkin bo‘lgan aksar topshiriqlarni yechishda muqarrar paydo bo‘ladigan
muammodir. Validliksiz originallik qiymatga ega emas, validlik esa, o‘z
navbatida, hech bo‘lmaganda, asosiy bilimlarning ba’zi darajalarini yoki asosiy
ilmiy tamoyillarni anglashni taqozo etadi.