• 5.9 Mahsulot xususiyatlari Mahsulot xususiyatlari ikki tilda to’ldirilishi kerak: o’zbek tilida (lotin alifbosi) va rus tilida (kirill alifbosi).
  • 5.10 Xarakteristikalar Tovar xarakteristikalari ikki tilda to’ldirilishi kerak: o’zbek tilida (lotin alifbosi) va rus tilida (kirill alifbosi).
  • Tovarlarning qisqacha tavsifi ikki tilda to’ldirilishi kerak: o’zbek tilida (lotin alifbosi) va rus tilida (kirill alifbosi)




    Download 116.13 Kb.
    bet17/41
    Sana16.05.2023
    Hajmi116.13 Kb.
    #60086
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
    Bog'liq
    UZUM manuals website text (1)
    POPOVA Day2 Part2, Otaniyozov.O.O-1, Хитой 1945-2010 йилларда-fayllar.org
    Tovarlarning qisqacha tavsifi ikki tilda to’ldirilishi kerak: o’zbek tilida (lotin alifbosi) va rus tilida (kirill alifbosi).
    Ushbu maydon matni mahsulotingiz reklamalarini uchinchi tomon saytlarida ko'rsatishda ishlatiladi. Ushbu maydonni mahsulotning mohiyatini aks ettiruvchi qisqa savdo matni (1-2 jumla) bilan to'ldiring.
    Qisqa tavsif mahsulot kartalarini loyihalashning umumiy qoidalariga mos kelishi kerak.
    #5.9 Mahsulot xususiyatlari
    Mahsulot xususiyatlari ikki tilda to’ldirilishi kerak: o’zbek tilida (lotin alifbosi) va rus tilida (kirill alifbosi).
    Mahsulot xususiyatlari uning o'ziga xos fazilatlari va asosiy xususiyatlari hisoblanadi.
    Ushbu bo'limda xaridor mahsulot haqida to'liq tasavvurga ega bo'lishi uchun eng muhim xususiyatlarni ko'rsating.
    Bular quyidagilar bo'lishi mumkin: material, o'lchamlar, yosh cheklovlari, ishlab chiqarilgan mamlakat, quvvat, tarkib, kafolat va boshqalar.
    Yorliqqa mahsulotning xususiyatlari haqidagi ma'lumotni albatta kiriting. Kartadagi kamida 3 xususiyatni ko’rsating. Agar mahsulotingiz qanday xususiyatlarga ega ekanligini bilmasangiz, shu mahsulot toifasida mumkin bo'lgan variantlar uchun boshqa onlayn-do'konlarni ko'rib chiqing.
    Mahsulotning xususiyatlarini qanchalik batafsil tasvirlab bersangiz, uni sotib olish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi.
    Mahsulot xususiyatlari mahsulot kartalarini loyihalashning umumiy qoidalariga mos kelishi kerak.
    #5.10 Xarakteristikalar
    Tovar xarakteristikalari ikki tilda to’ldirilishi kerak: o’zbek tilida (lotin alifbosi) va rus tilida (kirill alifbosi).
    Xususiyatlarni qo'shish orqali siz bir xil turdagi, lekin turli parametrlarga ega mahsulotlarni bitta kartada birlashtira olasiz. Misol uchun, agar siz bir xil telefon modelini turli xil xotira hajmi (64/128/256 GB) va bir nechta rangda (qizil va oq) sotsangiz, har bir variant uchun alohida karta yaratishingiz shart emas. Shu bilan birga, har bir konfiguratsiya uchun o'z narxingizni belgilashingiz mumkin.
    Muhim: Turli kartalardagi oldin yaratilgan SKU'larni bitta kartaga birlashtirish mumkin emas. Ya'ni, agar siz bir xil mahsulotni turli xil ranglarda alohida mahsulot kartalarida sotsangiz, ularni birlashtira olmaysiz.
    Xarakteristikalar yordamida siz turli xil modellarni bitta kartaga birlashtira olasiz. Masalan, siz Micro-USB va Type-C ulagichlarilik simlarni, yoki bir nechta smartfonlarga mos keladigan himoya oynasini sotyapsiz. Buning uchun xarakteristikalar ro'yxatidan "Yangi xarakteristikani qo'shish" bandini tanlang, uning nomini kiriting va saqlang. Shundan so'ng, siz kiritgan nomli tugma paydo bo'ladi. Ushbu tugmani bosib, siz mos qiymatlarni qo'shishingiz mumkin.
    Shu bilan birga, bitta kartochkaga turli nomdagi va turdagi tovarlarni (telefon uchun himoya oynasi va g’iloflar, yuz kremi va niqoblari, kompyuter klaviaturasi va sichqonchalari, yana boshqalar) joylashtirish taqiqlanadi.
    Muhim: xarakteristikalar guruhlari (masalan, rang, o'lcham, hajm) faqat tovarlarni omborga birinchi jo'natishdan oldin qo'shilishi yoki olib tashlanishi mumkin. Tovarlar sotuvga qo'yilgandan so'ng, avval yaratilgan xususiyatlar guruhlarining faqat yangi qiymatlarini qo'shish mumkin bo'ladi (masalan, oldindan mavjud "Rang" guruhidagi yangi ranglar yoki o'lcham oralig'idagi yangi ko'rsatkichlar). Xarakteristikani o'zgartirish uchun siz tovarlarni omborga qaytadan topshirishingiz kerak bo'ladi, shuning uchun bu masalada xato qilmaslikka harakat qiling.
    Mahsulot kartasida siz faqat 5 ta xarakteristika guruhini yaratishingiz mumkin, ulardan 3 tasi noyob xususiyatlar bo'lishi mumkin.
    #

    Download 116.13 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




    Download 116.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tovarlarning qisqacha tavsifi ikki tilda to’ldirilishi kerak: o’zbek tilida (lotin alifbosi) va rus tilida (kirill alifbosi)

    Download 116.13 Kb.