• 2-tamoyil. Adolatli raqobat
  • 3-tamoyil. Uzluksiz rivojlanish
  • 4-tamoyil. Dostona munosabat va mijozlarga e’tiborlilik
  • Uzum Business qanday ishlaydi




    Download 116.13 Kb.
    bet2/41
    Sana16.05.2023
    Hajmi116.13 Kb.
    #60086
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Bog'liq
    UZUM manuals website text (1)
    POPOVA Day2 Part2, Otaniyozov.O.O-1, Хитой 1945-2010 йилларда-fayllar.org
    Uzum qanday ishlaydi

    Kompaniyamiz qadriyatlarini yetkazish uchun biz to'rtta asosiy tamoyilni ishlab chiqdik va hamkorlar bilan ishlashda ularga amal qilamiz.
    1-tamoyil: Maksimal samaradorlik Biz yetkazib beruvchilarimiz hamda mijozlarimizning resurslarini qadrlaymiz, shuning uchun sifat va tezlikni saqlagan holda buyurtmani bajarish xarajatlarini doimiy ravishda kamaytirib boramiz. Boshqa platformalar oqibatlarga qarshi kurashayotgan bir paytda, Uzum jamoasi hamkorlar va mijozlar manfaatlarini himoya qilish uchun nostandart yechimlarni qidirib topadi.


    2-tamoyil. Adolatli raqobat Biz mahsulotlar va do'konlarni tartiblashning eng shaffof va adolatli tizim yaratdik. Har qanday sotuvchi umumiy vositalardan foydalanish va doimiy ravishda o'z do'konini yaxshilash orqali o'z sohasida №1 bo'lishi mumkin. Bizda hech qachon maxsus shartlarga ega bo'lgan yetkazib beruvchilar bo'lmaydi - hamma teng sharoitda raqobatlashadi. Platformamizda har qanday nohaq raqobat bostiriladi. Biz adolatli biznes tarafdorimiz!


    3-tamoyil. Uzluksiz rivojlanish Biz har bir hamkorga ichki bilimlar bazasidan foydalanish imkoniyatini beramiz. Miqyosni kengaytirish, daromadni oshirish, onlayn-do’konni samarali boshqarish va brendni rivojlantirish istagida bo’lganlar uchun bizda Uzum Akademiyasi – elektron tijorat sohasidagi mutaxassislar tomonidan amaliy mashg’ulotlar va taqdimotlardan iborat intensiv trening mavjud. Shuningdek, biz doimiy ravishda yangilanishlarni kiritib boramiz: biz "Shaxsiy kabinet" ni takomillashtiramiz, dasturni rivojlantirish ustida ishlaymiz, logistika jarayonlarini optimallashtiramiz, ishlanmalarni amalga oshiramiz - masalan, foizsiz va ortiqcha to'lovlarsiz to'lash usulini kiritdik.


    4-tamoyil. Do'stona munosabat va mijozlarga e’tiborlilik Biz uchun tajovuzkorlik, dushmanchilik va ishonchsizliksiz muhit yaratish muhimdir. Uzum jamoasining barcha a'zolari har bir hamkor va mijozni hurmat qiladi va qadrlaydi. Biz bir xil yo'nalishda izlanamiz va har qanday muammoga birgalikda yechim topishni maqsad qilganmiz. Kompaniya ushbu tamoyilga rioya qilmagan sheriklar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish huquqini o'zida saqlab qoladi.


      1. Download 116.13 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 116.13 Kb.