Harakatdagi sotali aloqa tizimining raqamli standartlari




Download 1,02 Mb.
bet11/38
Sana21.03.2017
Hajmi1,02 Mb.
#794
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
2.3. Harakatdagi sotali aloqa tizimining raqamli standartlari
1982 yilda konferensiyasining Yevropa Pochta va Elektron aloqa Ma’muriyati (SERT - Conference of European Posts and Telegraphs) Yevropaning yagona raqamli sotali aloqi standartini ishlab chiqish maqsadida 900 MGs chastota diapazoni ajratildi, 26 davlatni birlashtirib turuvchi bu tashkilot maxsus guruhni Groupe Special Mobile (GSM) yig‘di. GSM qisqartma yangi standartga nom berdi (keyinchalik, bu standart Dunyo bo‘yicha keng tarqalgandan so‘ng, GSM qisqartmani Global System for Mobile Communications – Mobil Aloqa uchun Global Tizim deb o‘qishadigan bo‘ldi). Bu guruh ishining natijalari 1990 yilda chop etildi, bunda GSM standartidagi sotali aloqa tizimiga qo‘yilgan talablarida yetakchi ilmiy-texnik markazlarining eng zamonaviy texnikalari qo‘llanilgan. Ularga kanallarni vaqt bo‘yicha taqsimlanishi, xabarlarni shifrlash, abonent ma’lumotlarini himoyalash, yig‘ish kodlashlarni qo‘llashda, modulyatsiyani GMSK (Gaussian Minimum Shift Keying – Gaussning minimal siljitishi) yangi turi kiradi.

1989 yilda, GSM standartining texnik asoslanishi chiqishdan bir yil oldin, Buyuk Britaniyaning savdo va ishlab chiqarish Departamenti (DTI - Department of Trade and Industry) «Harakatlanuvchi telefon» konsepsiyasini chop etdi, u keyinchalik qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng «Shaxsiy aloqa tarmog‘i» - PCN (Personal Communication Networks) nomini oldi. Bu konsepsiyani amalga kiritilishining maqsadi harakatdagi radio aloqa bozoridagi asosiy qatnashuvchilar orasida raqobatni yaratish edi.

Yevropadan Amerika ham qolishmasdi, «Shaxsiy aloqa xizmatlari» (PCS - Personal Communication Services) o‘z konsepsiyasini taqdim qildi. Bu konsepsiyaning maqsadi 2000 yilda davlat aholisini 50% ni o‘z ichiga olish edi. Bu konsepsiyani amalga oshirish uchun AQSh ning Federal aloqa komissiyasi 1,9 – 2,0 GGS diapazonida keng polosali PCS uchun uchta chastota polosasini va 900 MGs diapazonida tor polosali PCS uchun bitta chastota polosasini ajratdi.

1990 yilda AQSh da TIA (Telecommunications Industry Association) Amerikaning aloqa sohasidagi ishlab chiqarish Assotsiatsiyasi (TIA - Telecommunications Industry Association) raqamli sotali aloqaning IS-54 milliy standartini tasdiqladi. Bu standart D-AMPS yoki ADC qisqartmalar bilan kengroq ma’lum bo‘ldi. AQSh da Yevropadan farqi, shu bo‘ldiki, yangi chastota diapazonlari ajratilmadi, shuning uchun tizim oddiy AMPS umumiy chastota polosasida ishlashi lozim edi.

Qualcomm Amerika kompaniyasi bir xil vaqtda shovqinsimon signallarni va kanallarni kod bo‘yicha taqsimlanish (CDMA - Code Division Multiple Access) texnologiyasiga asoslangan, sotali aloqaning yangi standartini ishlab chiqarishni boshlagan.

1991 yilda Yevropada GSM standartining asosida DCS-1800 (Digital Cellular System 1800 MGs) standarti ishlab chiqildi. Buyuk Britaniya bu standartni aytib o‘tilgan PCN konsepsiyasidagi ishlab chiqarish uchun asos sifatida qabul qildi, bu esa yer shari bo‘yicha g‘olibona yurishining boshlanishi bo‘ldi.

Sotali aloqani rivojlanishi bo‘yicha AQSh va Yevropadan Yaponiya ham qolishmasdi. Bu davlatda D-AMPS Amerika standartining ko‘rsatgichlariga yaqin bo‘lgan, o‘zining JDC (Japanese Digital Cellular) sotali aloqa standartini ishlab chiqdi. JDC standarti 1991 yilda Yaponiya pochta va aloqa vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

1992 yilda Germaniyada GSM standartidagi birinchi sotali aloqa tizimi foydalanishga topshirildi.

1993 yilda AQSh da aloqa bo‘yicha ishlab chiqarish Assotsiatsiyasining bir qator muvaffaqiyatli sinovlaridan so‘ng, CDMA standartini IS-95 deb nomlab, ichki raqamli sotali aloqa standarti sifatida qabul qilindi. 1995 yil sentyabrda Gonkongda IS-95 standartining birinchi tarmog‘i foydalanishga topshirildi.

Keng polosali CDMA texnologiyasi 5 MGs yoki undan katta bo‘lgan chastota polosasini ishlatadi. Bunday polosa tanlanishining bir necha sabablari mavjud. Birinchisi uchinchi avlod sotali aloqa tizimini yaratishga qaratilgan, bunda uning uzatish tezligini 144 va 384 kbit/s gacha ko‘tarish mumkin. Bu tezliklar 5 MGs polosada va tarmoq sig‘imi yetarlicha bo‘lganda erishish mumkin. 2 Mbit/s tezlik ham bir necha qo‘shimcha chegaralashlar kiritilganda erishish mumkin. Ikkinchi sababi shundan iboratki, radio spektrdagi bo‘sh polosalar taqchilligini hisobga olish zarur va bu tizimni ikkinchi avlod tizimi ishlaydigan diapazonlar ishlaganda chastota polosasini kichikroq olishga to‘g‘ri keladi. Uchinchi sabab, bu 5 MGs chastota polasasida boshqa tor polosaga nisbatan ko‘p sonli nur tashkil etuvchilarini hosil qilish imkoni bo‘ladi, buning natijasida uzatish sifati yaxshilanadi. Bundan ham yuqoriroq chastota polosalarida ya’ni (10, 15 va 20 MGs) yuqoriroq uzatish tezliklarini ta’minlashda samarali ishlatish tavsiya etiladi.

CDMA texnologiyasiga asoslangan uchinchi avlod tizimining radio interfeysini standartlashtirish asosan ikki xil turdagi keng polosali CDMA uchun keltiriladi: asinxron va sinxron tarmoqlar. Asinxron tarmoqda BS lar sinxronlashtirilmagan bo‘ladi. Sinxron tarmoqda BS lar bir necha mikrosekundlarga aniqlik bilan sinxronlashtirilgan bo‘ladi. Asinxron tarmoqlarni, ya’ni WCDMA qurish bo‘yicha Yaponiya va Koreya tomonidan ikkita tavsiyanomalar qabul qilingan. Keng polosali CDMA ning sinxron tarmog‘ini, ya’ni cdma2000 standartini AQSh tomonidan tavsiya qilindi.

Yuqorida keltirilgan standartlarning asosiy texnik parametrlari 2.4-jadvalda keltirilgan.

2.4-jadvavl

Standartlarining asosiy texnik parametrlari



GSM-900, DCS-1800

D-AMPS 800 MGs (a) 1,8 GGs (b)

CDMA 800 MGs (a) 1,8 GGs (b)

WCDMA

BS larni uzatuvchi chastota polosasi, MGs

935... 960 (GSM)

1805... 1880 (DCS)


869...894 1930... 1990


869... 894

1930... 1990

1930... 1990



AS larni uzatuvchi chastota polosasi, MGs

890...915 (GSM) 1710...1785 (DCS)

824... 849 1850...1910


824... 849 1850...1910


1850...1910



Dupleks radio chastota kanallarning chastotalari farqi, MGs

45 (GSM)

95 (DCS)


45(a)

80(6)


45(a)

80(6)


80

Tashuvchi chastotalar orasidagi farq, kGs

200

30

1250

5000

Dupleks radio chastotali kanallarning umumiy soni

124 (GSM) 374 (DCS)

823 (a) 1985(6)

20 (a)

47(b)

12


BS ni maksimal EINQ, Vt; tashuvchi cho‘qqisi

300 (GSM)

30 (DCS)


300 (a) 1000(6)

(a)aniqlanmagan 1034 (b)

Aniqlanmagan

AS ni nominal uzatish quvvati, Vt

8; 1 (GSM)

1; 0,125 (DCS)


9,3; 0,0004


0,2; 0,01


0,25


Sota radiusi, km

minimal


maksimal

0,5


35

0,5


20

Aniqlanmagan

50

Aniqlanmagan

20


Ko‘p stansiyali ruxsat usuli

VTKSR

VTKSR

KTKSR

KTKSR

Bitta tashuvchiga trafikdagi kanallar soni: dastlabki loyihada

8

16


3

6


61

122


125

253


Modulyatsiya

MSGM

/4 4FM

KFMN NFMN 64-ortogonalli

KFMN NFMN

Nutqni kodlash algoritmi

RPE-LPT

VSELP

o‘zgaruvchan tezlikli CELP

ADIKM

ma’lumotlar uzatish tezligi, kbit/s

9,6 gacha

2,4; 4,8; 9,6; 28,8 gacha

13,3gacha

64 gacha

Tarqalish kechikishini tekislash imkoniyati, MKS

20

60 (a)

41,2(6)


Kod bilan chegaralangan

Kod bilan chegaralangan

Mavjud bo‘lgan analog tizimi bog‘lana olish imkoniyati

Yo‘q

bor AMPS bilan

bor AMPS bilan

Yo‘q




Download 1,02 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Download 1,02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Harakatdagi sotali aloqa tizimining raqamli standartlari

Download 1,02 Mb.