“  Involta” Innovation Scientific Journal




Download 462.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana31.10.2022
Hajmi462.05 Kb.
#28629
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
46-51
xamdamov iti prezintatsiya new, Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari, 1-Topshiriq(1), 10 - маъруза (4), Планы, Тақдимот учун-2, Mavzu Ochlovchi moddalar saqlagan dorivor simliklar, Marfologiya Ma\'ruza№13, Bug‘latish qurilimalarining klassifikatsiyasi Tayanch iboralar , 1 БОБ (1), 2-Mavzu Zamonaviy kompyuter va ularning arxitekturasi. Reja-fayllar.org, 18.04.2023 maktab to\'garak, Psixologiya, result-1
“ 
Involta” Innovation Scientific Journal Vol. 1 No.8 July (2022)
47 
ISSN 2181-2632
www.involta.uz 
Shu o‘rinda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar hozirga kelib qanday darajalarga kelib 
qolganligi haqida qisqacha to‘xtalish zarurati bor. Ikkinchidan, o‘tgan asrning 70 - yillariga kelib AQSH, 
Kanada va Yevropa davlatlarida ommaviy turizmning keskin rivojlanishi ham nafaqat tabiiy resurslar 
inqirozini kuchaytirdi balki, ijtimoiy-madaniy resurslarning butun saqlanishiga xavf sola boshladi. 
[Xaitboyev.R 22-23b] Ekoturizmning mustaqil turizm sohasi sifatida yuzaga kelish davri. XVIII - asrning 
oxiri - XIX asrning boshlarida Yevropaning yaxlit qit’asiga ingliz turistlari mahalliy aholining madaniyati, 
tarixini o‘rganish bilan bir qatorda ajoyib tabiatini ko‘rib ketish uchun sayohat qilganlar. Chunki Alp 
tog‘lari landshaftlari yoki Karpatning tog‘li o‘rmonlari Angliyada uchramaganligi uchun ham turizmning 
asosiy obyekti sifatida qaralgan. Lekin ushbu turizm kompleks turistik marshrutlar bilan qo‘shib olib 
borilgan. Inglizlarning tabiat qo‘yniga qilinadigan sayyohlikka qiziqishini inobatga olib shveysariyalik 
ishbilarmonlar “Grand - tur” tarkibida tabiiy turizm xizmatini tashkil etganlar va u tashkilotchilarga juda 
katta miqdorda moliyaviy foyda keltirgan. Shu davrda (1913-yillar) Shveysariyada davlatning alohida 
e’tibori bilan qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar ajratildi. Qo‘riqxonalarga qilinadigan sayohat garchand 
ekoturizm deb nomlanmasada, ular «tabiatga yo‘naltirilgan turizm” sifatida yuzaga kela boshladi. 
Bugungi kunda tabiat muhofazasida va insonlarda ekologik ong va madaniyatni shakllantirishda 
ekoturizmning muhim o‘rnini dastavval tushungan davlatlar qayd qilingan metodlar va xalqaro modellarni 
hech ikkilanmasdan qabul qildilar va o‘z davlatlarida ekoturizmni jadal suratlar bilan rivojlantirib 
bormoqdalar. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «O‘zbekiston 
Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2016 yil 
2 dekabrdagi PF - 4861 sonli Farmoni mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda tub burilishni, yangi 
bosqichning zaminini, istiqbolli islohatlarning sharoitlarini yaratdi. Prezident farmonida: «Mamlakatda 
turizmni jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanishda 
ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish 
va amalga oshirish»; Respublikaning barcha mintaqalarida zamonaviy jahon standartlariga, turistlarning 
talablari va ehtiyojlariga javob beradigan turizm industriyasi ob’ektlarini rivojlantirish belgilangan. Shunga 
mutonosib xolda, Qashqadaryo havzasi ham ekoturizimda o’ziga xos hususiyatga ega. Tog‘ va tog’oldi 
ekoturizmi bevosita tabiat bilan inson o‘rtasida o‘zaro to‘qnashuvi qay tarzda kechishi bilan bog‘liq. 
Yurtimizdagi ko‘plab tabiat go‘shalari borki, u bevosita sayyohlarning dam olish va sog‘lomlashtirish 
vazifasini bajaradi. Binobarin tog‘ va tog’oldi hududidagi hushmanzara joylar chet ellik sayyohlar uchun 
ochilmagan qo‘riqdir. 
Biz ularni qiziqtira olsak, har bir sayyohni tabiat qo‘ynida dam olish va sog‘lig‘ini tiklashga erisha 
olsak ekoturizmning imkoniyatlari nihoyatda kengayadi. Ammo buning uchun ekologik vaziyat va turizm 
xizmatini yaxshilash talab etiladi. Mahalliy sayyohlarning mavsumiy dam olish paytlaridagi tartibsizligi 
natijasida o‘simlik va xayvonot dunyosining payhon qilinishi, lola, ravoch, kiyik o‘ti, tog‘ piyozi kabi 
noyob, tibbiyotda foydalaniladigan o‘simliklarning yo‘q qilinishi shu joylarda noxush ekologik vaziyatni 
yuzaga keltiradi. Bunday hududlarni qo‘riqlash, avaylab asrash, dam olishni va turistik marshurutlarni 
to‘g‘ri tashkil etish lozim. SHu maqsadda ekoturistik tadqiqotlar o‘tkazish va quyidagi tadbirlarni amalga 
oshirish maqsadga muvofiqdir. 



Download 462.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 462.05 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“  Involta” Innovation Scientific Journal

Download 462.05 Kb.
Pdf ko'rish