“  Involta” Innovation Scientific Journal




Download 462.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana31.10.2022
Hajmi462.05 Kb.
#28629
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
46-51
xamdamov iti prezintatsiya new, Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari, 1-Topshiriq(1), 10 - маъруза (4), Планы, Тақдимот учун-2, Mavzu Ochlovchi moddalar saqlagan dorivor simliklar, Marfologiya Ma\'ruza№13, Bug‘latish qurilimalarining klassifikatsiyasi Tayanch iboralar , 1 БОБ (1), 2-Mavzu Zamonaviy kompyuter va ularning arxitekturasi. Reja-fayllar.org, 18.04.2023 maktab to\'garak, Psixologiya, result-1
“ 
Involta” Innovation Scientific Journal Vol. 1 No.8 July (2022)
48 
ISSN 2181-2632
www.involta.uz 
⮚tog‘lardagi hushmanzara va noyob tabiat go‘shalarini ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish, buning uchun 
maxsus qo‘riqxona va milliy bog‘lar (parklar) tashkil etish; 
⮚hududlarni turistik rayonlashtirish va ularni ekoturistik nuqtai nazardan baholash; 
⮚sog‘liqni saqlash xodimlari tomonidan shifobaxsh joylarni o‘rganib chiqish; 
⮚tog‘ ekoturizmini rivojlangan davlatlar tajribalaridan kelib chiqqan holda yo‘lga qo‘yish 
Qashqadaryo havzasi va uni shimolda, shimoli-sharqda va janubi-sharqda o’rab turgan tog‘ va 
tog’oldilari tashkil etadi. Mutloq balandligiga ko‘ra past, o‘rtacha balandlikdagi va baland tog’lardan iborat 
bo‘lgan bu tog’lar, Qashqadaryo, Surxondaryo va Zarafshon daryosi vodiylarining suv ayirg‘ichlarini 
tashkil etgan. Zarafshon va Hisor tizmalariga mansub bo’lgan bu tog’larga Qoratepa, Chaqilkalon, Sumsar, 
Shertog’, Tagimatmon, Hazrati Sulton, Osmantarosh, Beshnov va Chaqchar tog‘lari kiradi. G‘arbda 
Qashqadaryo havzasi sharqdan g’arbga tomon qiyalashib boradi. Shu yo’nalishda Qashqadaryo havzasi 
Qarshi cho’li bilan tutashadi, ammo bu tabiiy-geografik regionlar orasidagi chegara relyefda yaqqol 
ifodalanmagan. Qashqadaryo havzasini o’rab turgan tog’lar landshaft iqlim sharoitlariga ko‘ra mavsumiy 
va yil mobaynida foydalanish mumkin bo’lgan juda katta ekoturistik imkoniyatlariga ega. Bu yerda 
ekoturizimning barcha funksional turlarini (sog’lamlashtirish, davolash, sport, sayohat va b.) tashkil etish 
va rivojlantirish uchun qulay tabiiy imkoniyatlar mavjud. Hozirgi paytda tog’ va tog‘li rayonlarning 
ekoturizim imkoniyatlari asosan yoz oylarda ko’proq foydalanilmoqda. Holbuki o’rtacha balandlikdagi 
tog’larning landshaft iqlim sharoitlari sanatoriylar va kurortlar uchun juda ham qulay va mosdir. Bu yerda 
bulutsiz quyoshli kunlarning ko’p bo‘lishi, havoning tozaligi va fitonsidlarga boyiganligi miniral va 
shifobaxsh buloq suvlari bilan davolash va salomatlikni tiklash uchun juda qulay imkoniyat yaratadi. Tog’ 
va tog’oldi manzilari yozgi iqlim sharoitlariga ko‘ra Kavkaz va Qrimning mashhur kurort rayonlari bilan 
raqobat qila oladi. Shuningdek, tog‘ va tog’oldi landshaftlari piyoda yurish, otda yurish, sport, sayohat va 
ekskursiyalar uyushtirish uchun ham foydalanilishi mumkin. Qulay ekoturizim imkoniyatlari, noyob tabiiy 
landshaftlar va tabiat yodgorliklari, mineral suvlari, shifobaxsh balchiqlarning mavjudligi turli kurort 
sayohat muassasalarini (tog‘ekoturizim majmuasini) barpo etish imkonini beradi. Ammo tog‘li 
landshaftlarining ekoturizim imkoniyatlari yetarlicha foydalanilmayotir.
Hozirgi paytda bu yerda “Mingchinor”, “Qiziltepa”, “Xo‘jaipok”, “Miraki” kabi davolash maskanlari 
va sanatoriylar mavjud. Ushbu sanatoriylarni infirasuturukturasni yaxshilash hisobiga bu erga tashrif 
buyuruvchi turislar sonini ko’paytirish mumkin, chunki bizning o’lkamizda issiq kunlarning ko’p bo’lishi 
bu yerga kelib ketuvchi turislar ortishiga imkon berdi. Yoz davrida tog‘ va tog’oldi landshaftlarining 
ekoturizim imkoniyatlari asosan talabalarning o’quvdala amaliyoti va maktab o‘quvchilarining mavsumiy 
hordiq chiqarishida foydalanilmoqda. Tog‘ va tog’oldi landshaftlarining ekoturizim xususiyatlari 
(havoning tozaligi, tekisliklardagiga nisbatan ob-havoning salqinligi va b. ko‘rsatkichlar) kurort sanatoriya 
majmualarini barpo etish uchun qulay. Bunday hordiq chiqarish davolash muassasalarida o’pka. asab, qon 
- tomir kasalliklarini davolash mumkin. Bundan tashqari. qishki ob-havo sharoitlari hordiq chiqarish uchun 
sayyohatlar tashkil etish sport maqsadlarida foydalanilishi mumkin. 



Download 462.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 462.05 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“  Involta” Innovation Scientific Journal

Download 462.05 Kb.
Pdf ko'rish