|
Mavzu №1 - Web texnologiya asoslari
|
bet | 4/77 | Sana | 31.10.2023 | Hajmi | 5.58 Mb. | | #92126 |
Bog'liq TOPLAM WEB DIZAYN 111111 Bozarova Nigina Manfiy bo\'lmaganMavzu №1 - Web texnologiya asoslari.
REJA:
1. Gipermatnli axborot tizimi.
2. Webbrouzerlar.
3. Server, sayt, uy sahifasi.
4. Server anatomiyasi.
5. Web texnologiyada qo`llaniladigan dasturlash tillari.
6. Web dizaynning asosiy xususiyatlari.
Hozirgi vaqtda web dasturlash sohasi kosmik tezlik bilan rivojlanmoqda. Yangi texnologiyalar va g‘oyalar maxsus kompaniyalar va korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilishi bilan birga oddiy dasturchilar tomonidan ham yaratilmoqda. Gipermatnli axborot tizimi axborot uzellari to‘plamidan, bu uzellarda aniqlangan gipermatnli aloqalar to‘plamidan hamda uzel va aloqalarni boshqarish instrumentidan iboratdir(1.1- rasm).
World Wide Web texnologiyasi - bu internetda tarqatilgan gipermatnli tizimlarni boshqarish texnologiyasidir va bunga asosan, u gipermatnli tizimlarning umumiy qoidalariga mos kelishi kerak. Ya’ni yuqorida sanab o‘tilgan gipermatn tizimlarining tashkil etuvchilari web tizimida ham bo‘lishi kerak. (1.1-rasm).
Butun dunyo cho‘lg‘ami (pautina) Word Wide Web (WWW) yoki (W3) 1989 yili paydo bo‘ldi. Uning mohiyati Shveytsariyadagi CERN (The European Laboratory for partile physios - elementar zarrachalarning Evropa laboratoriyasi) deb nomlangan laboratoriyaning bir gurux olimlari ishlab chiqdilar. Ularning fikricha, har hil elektron xujjatlar o‘zaro almashuv paytida istagan kompyuterda bir xil ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak. Tabiiyki, bunday xujjatlar bilan ishlash muxiti etib Internet tanlangan. CERN global tarmoqdagi eng gavjum joylardan biri hisoblangan. Bu muammo bilan laboratoriya xizmatchisi fizik Tim Berners-Li shug‘ullandi va 1991 yil tugatdi. CERN olimlari navbatdagi avlod HTML (Hyper text Markup Language) va WWW larning rivojlanishini bilib bergan WWW (w3 consortium) deb nomlangan Konsortsium ning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ldilar.
Web – brouzerlar.
HTML - hujjatlarni ko‘rish uchun maxsus dasturiy ta’minot kerak bo‘lib, ular html - kodini dinamik qayta ishlash va web - sahifani ekranda aks ettirishga mo‘ljallanadi. Brouzer - web uzellarning tashkil etuvchi elementlarini ko‘rish uchun hamda html - hujjatlarni namoyon etish uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturdir. Brouzer gipermatn belgilash tilining interpretatoriga ega bo‘lib, u html - kodni websahifa ochilish jarayonida kompilyatsiya qiladi. Brouzerlarni foydalanuvchilarga taqdim etuvchi imkoniyatlariga asosan bir necha sinflarga bo‘lish mumkin. Turli brouzerlardagi HTML interpretatorlar bir xil ishlamaydi. Shuning uchun ba’zi bir html - hujjatlar brouzerlarda turlicha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Brouzerlarning html - kodlarni qayta ishlash algoritmlarini statistik taxlil qilish mumkin. Bu esa html - kodlarni turli brouzerlarda aks etish vaqtidagi mos kelmasligiga sabab bo‘lgan xatoliklarni bartaraf etish imkonini beradi. Web - brouzerlar - bu dunyoning har xil burchaklaridagi web - serverlar bilan tanishib chiqish imkonini beradigan, kompyuterga joylashtirilgan dasturiy ta’minotdir. Brouzerlar Internet bo‘ylab uzatiladigan matn va HTML teglami interpretatsiya qila oladi va ulami ekranda to‘g‘ri aks ettiradi. Brouzerlar kompyuterlarning turidan qat’iy nazar bir hil xizmat qiladi. Ular HTML ni yaxshi tushunadi va interpretatsiya qila oladi. Brouzerlarni foydalanuvchilarga taqdim etuvchi imkoniyatlariga asosan bir necha sinflarga bo‘lish mumkin. Zamonaviy brouzerlarning ko‘pgina qismini grafik elementlarni aks ettiruvchi sinfga taaluqli deb ko‘rsatish mumkin. (1.2-rasm).
|
| |