Valyuta nima va u qanday ishlatiladi? Valyuta davlatning pul birligi bo‘lib, pul




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
Sana24.01.2024
Hajmi0,81 Mb.
#145137
Bog'liq
Xalqaro valyuta tizimi PDF



Valyuta nima va u qanday ishlatiladi? 
Valyuta – davlatning pul birligi bo‘lib, pul 
tizimining asosiy elementi hisoblanadi. U 
muomaladagi qonuniy to‘lov vositasi 
bo‘lib, tovarlar qiymatining o‘lchovi, 


hisoblash va to‘lash vositasi bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Har bir mamlakat o‘z milliy valyutasiga 
ega. Ayni paytda yer yuzida 250 dan ziyod 
davlat bor. Ulardan 195 tasi mustaqil 
mamlakatlar, qolganlari esa noaniq yoki 
maxsus maqomga ega. Dunyoda 160 ga 
yaqin valyuta mavjud. 
Valyuta konversiyasi - bir mamlakat 
valyutasini boshqa davlat valyutasiga 
ayirboshlashdir. Ushbu ayirboshlash 
boshqa mamlakatlarga sayohat qilish, 
xorijiy firma va kompaniyalar bilan savdo-
sotiq qilish va xorijiy onlayn-do‘konlardan 
tovarlar sotib olish imkonini beradi. 


Valyuta ayirboshlash to‘lovlarni 
jo‘natuvchi va qabul qiluvchi banklarning 
kursida amalga oshiriladi. Ayirboshlash 
uchun komissiya olinishi mumkin. Chet el 
valyutasida to‘lovni amalga oshirishdan 
oldin, ayirboshlash kursi hamda komission 
to‘lovlarga aniqlik kiriting. 


Emitentga qarab (valyutani muomalaga 
chiqaruvchi): 
Milliy valyuta – muayyan davlatning 
valyutasidir (so‘m, dollar, yevro, rubl’ va 
boshqalar). Mazkur davlat hududida 


foydalanish maqsadida Markaziy bank 
tomonidan muomalaga chiqariladi; 
Xorijiy valyuta – xorijiy davlatlarda 
muomalada bo‘lgan va qonuniy to‘lov 
vositasi hisoblangan valyutalar, 
shuningdek, kreditlash va to‘lovlarni 
amalga oshirish vositalari (banknotalar, 
g‘azna biletlari, tangalar, cheklar, 
veksellar); 
Jamoaviy valyuta – bu ma’lum bir 
davlatlar guruhi va xalqaro tashkilotlar 
tomonidan moliyaviy amaliyotlarni 
amalga oshirish uchun foydalaniladigan 
valyutadir. Masalan, 1999 yilning 1 
yanvarida Yevropa Ittifoqi (EI) davlatlari 
yagona valyuta – Yevroni naqdsiz 
shaklda, 2002 yilning 1 yanvaridan esa 


banknotalar va tangalar ko‘rinishida 
muomalaga kiritdilar. 
Qanday turdagi konvertatsiya mavjud: 
Erkin konvertatsiya bo‘ladigan – boshqa 
valyutalarga almashtirish jarayonida 
hech qanday cheklovlar mavjud 
bo‘lmagan valyuta. Bu kabi valyutalarga 
egalik qiluvchi davlatlar ushbu 
valyutalar bilan amaliyotlarni 
bajarishga hech qanday to‘siqlar 
qo‘ymaydi. Bunday valyutalarga AQSh 
dollari, yevro, Shveysariya franki, 
Britaniya funti, Yaponiya yenasi va 
boshqalar kiradi. 
Konvertatsiya bo‘lmaydigan valyuta – 
mamlakat hukumati tomonidan 
valyutalarni sotish va sotib olishga yoki 


boshqa operatsiyalarni amalga 
oshirishga cheklovlar o‘rnatilgan 
bo‘ladi. Bu Shimoliy Koreya voni va 
Kuba pesolaridir. Bunday pullar 
muomalasiga faqat mamlakat ichida 
ruxsat etiladi. 
Qisman konvertatsiya bo‘ladigan 
valyuta – bular emitent mamlakatdan 
tashqarida muomalasi cheklangan 


milliy banknotalardir. Masalan, 
O‘zbekistonda so‘m qonuniy to‘lov 
vositasi hisoblanadi. Mamlakat 
tashqarisida esa so‘mni ayirboshlash 
bo‘yicha cheklovlar mavjud bo‘lib, faqat 
ayrim xorijiy valyutalarga 
ayirboshlanishi mumkin. 
Masalan, bir kishi Malayziyaga safar 
qilmoqchi va uning Malayziya ringitiga 
almashtirmoqchi bo‘lgan ma’lum 
miqdordagi o‘zbek so‘mi bor, lekin 
Malayziyaning valyutasi kamyob valyuta 
bo‘lib, uni banklarda sotib olish 
imkoniyati yo‘q. Buning uchun o‘zbek 
so‘mini, masalan, AQSh dollariga 
almashtirish kerak. Malayziyaga 
kelgach, erkin almashtiriladigan valyuta 
bo‘lgan dollarlarni Malayziya ringitiga 


bemalol almashtirish mumkin. Bu holat 
qisman konvertatsiya qilinadigan 
valyutalarni ayirboshlashga misol bo‘la 
oladi. 
Valyuta kotirovkasi nima? 
Kotirovka – bu xorijiy valyutaning milliy 
valyutadagi narxi. Bir valyuta birligining 
boshqasiga nisbatan kursi bevosita 
aniqlanmagan taqdirda, talab va 
taklifga muvofiq birjada kotirovka 
kross-kurs orqali aniqlanadi. 
Kross-kurs nima? 
Kross-kurs – bu ikki valyuta qiymatining 
o‘zaro nisbati bo‘lib, ularning uchinchi 


valyutaga nisbatan kurslari orqali 
aniqlanadi. 
Amalda, kross-kursni hisoblash 
quyidagicha bo‘ladi. Faraz qilaylik, 
Xorvatiya kunasining o‘zbek so‘miga 
nisbatan kursini bilmoqchimiz. 
O‘zbekiston banki kuna qiymatini 
belgilamaydi, shuning uchun siz kross-
kursdan foydalanishingiz kerak. 
Xorvatiya milliy banki kunaning dollarga 


nisbatan kursini (USD/HRK), 
O‘zbekiston banki esa o‘z navbatida 
so‘mning dollarga nisbatan kursini 
(USD/UZS) o‘rnatadi. Ushbu kurslarni 
bir biriga (USD/UZS ni USD/HRK) bo‘lish 
orqali, kunaning so‘mga nisbatan 
kursini aniqlash mumkin. Masalan, 
18.03.2020 yil holatiga dollarning 
so‘mga nisbatan kursi 9520.34 so‘m (1 
AQSh dollari – 9520.34 so‘m) hamda 
dollarning kunaga nisbatan kursi 6.97 (1 
AQSh dollari – 6.97 kuna) bo‘lgan. Shu 
kuni kunaning sumga nisbatan qiymati 
quyidagicha bo‘lgan: 
(9520,34 USD/UZS) / (6,97 USD/HRK) = 
1365,90 HRK/UZS 
Bretton-Vuds tizimidan oldin (valyutalar 
kurslarini AQSh dollariga bog‘lash), 


“Oltin standart” tizimidan foydalanilgan 
(davlatlar tomonidan milliy valyutalarni 
rasmiy ravishda oltinga bog‘lashga 
asoslangan xalqaro valyuta tizimi bo‘lib, 
bunda Markaziy banklar milliy 
valyutalarni oltinga ayirboshlash orqali 
sotib olish va sotish majburiyatini 
olgan), tarixda ikki marotaba amal 
qilgan (1880-1914 va 1925-1931 
gacha). 
1971-1978 yillarda Bretton-Vuds tizimi 
o‘rnini erkin valyuta savdosiga (erkin 
valyutalar konvertatsiyasi) asoslangan 
Yamayka valyuta tizimi egalladi. 
Valyuta kodi – bu dunyodagi valyutalar 
uchun umumiy qabul qilingan belgi 


bo‘lib, u uchta harfdan iborat bo‘ladi. 
Bu valyutalarni matnlar va elektron 
tabloidlarda qisqa va aniq aks ettirishni 
osonlashtiradi. 
Dunyodagi eng qimmat valyuta: 
Quveyt dinari 
Valyuta kodi – KWD 
Quvayt – katta boylikka ega bo‘lgan 
kichik mamlakat. Valyutasining yuqori 
qiymati neft mahsulotlarining jahon 
bozoriga sezilarli darajada eksport 
qilinishi bilan izohlanadi. 


Dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan 
valyuta: 
AQSh dollari 
Valyuta kodi – USD 


Amerikaning jahon bozorida 
yetakchiligi tufayli uning valyutasi 
“jahon zaxira valyutasi” unvoniga 
erishdi. Boshqa so‘z bilan aytganda, 
dunyoning istalgan burchagida AQSh 
dollarini ishlatsangiz bo‘ladi va uni 
qabul qilishadi. 
Dunyodagi eng qadimgi va hali ham 
ishlatiladigan valyuta: 


Funt sterling 

Download 0,81 Mb.




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Valyuta nima va u qanday ishlatiladi? Valyuta davlatning pul birligi bo‘lib, pul

Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish