Variant- 6. Kimyoviy asoslar, moddalar almashinuvi, ko’payish




Download 498 Kb.
bet6/23
Sana24.03.2017
Hajmi498 Kb.
#1664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Variant- 6. Kimyoviy asoslar, moddalar almashinuvi, ko’payish

1. Hujayra tarkibida nechtaga yaqin biogen elementlar mavjud?

A) 37. V) 46. S) 70.

D) 90. E) 98.

2. H2PO -4 va HPO42- anionlari hujayrada qanday funksiyani bajaradi?

A) Hujayra tashqarisidagi suyuqlikda buferlik vazifasini bajaradi.

V) Hujayraning ichki muhit buferligini ta’minlaydi..

S) Qonda buferlik vazifasini bajaradi.

D) A va S.

E) A, V, S.

3.Ruh bir qator fermentlar tarkibiga kirib qanday jarayonda ishtirok etadi?

A) Qon hosil bo’lishida.

V) Hayvonlarda biologik katalizatorlar tarkibida biokimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishni ta’minlaydi.

V) Hujayra membranalari orqali turli xil moddalarni o’tkazishni ta’minlaydi.

D) Jinsiy gormonlarning faolligini oshiradi.

E) Kislorodni o’pkadan to’qimalarga olib boradi.

4. Nima uchun hujayra ichidagi harorat deyarli o’zgarmaydi yoki hujayra atrofidagi muhitga nisbatan juda kam miqdorda farqlanadi?

A) Hujayra molekulasidagi zaryadlarning notekis taqsimlanganligi sababli

V) Suv molekulasining bir chekkasi kuchsiz musbat zaryadga, ikkinchisi manfiy zaryadga ega bo’lganligi sababli.

S) Suv katta issiqlik sig’imiga va issiqlikni yaxshi o’tkazish xususiyatiga egaligi sababli.

D) Suv qutblangan moddalar uchun yaxshi erituvchi hisoblamganligi sababli.

E) Barcha javoblar to’g’ri.

5. Qaysi elementlar hujayra membranalari orqali turli xil moddalarni o’tkazishni ta’minlaydi?

A) Ca va P.

V) Na, K, Cl.

S) Ca, K, Na.

D) K, Cl, P.

E) Mg, Ca.

6. Odam hayot faoliyati tufayli

1 yilda taxminan qancha kislorod va ozuqani o’zlashtirishi aniqlangan?

A) 1,5 tonna.

V) 2,1 tonna.

S) 0,81 tonna.

D) 2 tonna.

E) Miqdori aniqlanmagan

7.Odam organizmidagi qaysi hujayralar embrional rivojlanish davri tugagandan keyin bo’linmaydi va organizmning butun umri davomida o’z funksiyasini bajaradi?

A) Suyak iligi, qon hujayralari.

V) Epidermis, ichak epiteliysi, suyak iligi hujayralari.

S) Qon, muskul, nerv hujayralari.

D) Muskul, ichak epiteliysi, qon hujayralari.

E) Nerv, muskul, epidermis.

8. Quyidagilardan qaysi biri oddiy lipid hisoblanadi?

A) Glikolipid.

V) Mum.

S) Fosfolipid.

D) A va S.

E) A, V, S.

9. Biopolimerlar vazifasiga ko’ra, 3 guruhga ajratilgan bo’lib, ularning uchinchi guruhi qanday funksiyani bajarishga moslashgan va nimalardan tashkil topgan?

A) Axborot saqlovchi informatsion polimerlar bo’lib, nuklein kislotalardan tashkil topgan.

V) Hosil qiluvchi biopolimerlar bo’lib, polisaxaridlar va ayrim oqsillardan tarkib topgan.

S) Biologikfunksiyalarni , bajaruvchi biopolimerlar bo’lib, ularga asosan oqsillar kiradi.

D) Axborotni tashuvchi biopolimerlar bo’lib asosan polisaxaridlardan tashkil topgan.

E) T.J.Y.

10. Mikroelementlar hujayra massasining necha foizini tashkil etadi?

A) 10%. V) 0, 28%. S) 0,02%

D) 2%. E) 0,12%

11. Mitoz bosqichi qancha vaqtgacha davom etadi?

A) 1 soatdan 3 soatgacha.

V) 30 daqiqadan 3 soatgacha.

S) 30 daqiqadan 4 soatgacha.

D) 2 soat. E) 10-20daqiqa.

12. Gulli o’simliklardagi qo’sh urug’lanish hodisasini kashf etgan olimni belgilang.

A) S.G.Navashin.

V) J.Uotsin.

S) T.Morgan.

D) K.Ber.

E) M.S.Navashin.

13. Hujayra tarkibidagi kichik molekulali organik moddalarga qaysilar kiradi?

A) Gormon.

V) Nukleotid.

S) Pigment.

D) Aminokislota.

E) Barchasi.

14. Quyidagi hayvonlardan qaysi birida vegetativ ko’payishni kuzatish mumkin?

A) yomg’ir chuvalchangida.

V) Baqada.

S) Oq planariyada.

D) A va S

E)Forel balig’ida.

15. Nerv hujayaralarida hosil bo’ladigan qo’zg’alishlarni o’tishi qaysi elementlarning yordamida amalga oshiriladi?

A) Ca va P.

V) Mg, Ca

S) Ca, K, Na.

D) K, Cl, P.

E) Na, K, Cl..

16.Oqsil tarkibidagi qaysi elementning miqdori 16% ni tashkil qiladi?

A) Fosfor.

V) Azot.

S) Vodorod.

D) Kislorod.

E) Uglerod.

17.Mitozning qaysi bosqichida sitokinez jarayoni kuzatiladi?

A) Profaza.

V) Metafaza.
S) Anafaza.

D) Telofaza.

E) A va D.

18. Ikki molekula sut kislotani kislorodli sharoitda to’liq parchalanishida necha molekula ATF hosil bo’lishini belgilang.

A) 18 molekula.

V) 36 molekula.

S) 72 molekula.

D) 38 molekula.

E) 76 molekula.

19.Oqsil molekulalari qanday shakllarga ega bo’ladi?

A) Yumaloq.

V) Duksimon.

S) Ipsimon.

D) Ovalsimon.

E) A va S

20. Suyak to’qimalarini hosil qilishda hamda ularning mustahkamligini ta’minlashda ishtirok etuvchi elementlarni belgilang.

A) Ca va P.

V) Na, K, Cl.

S) Ca, K, Na.

D) K, Cl, P.

E) Mg, Ca.

21. Bokiralik yo’li bilan ko’payuvchi hayvonni belgilang.

A) Gidra.

V) Oq planariya.

S) Kalibra qushi.

D) Asalari.

E) Oqcha baliq.

22.Ko’p hujayrali organizmlarda o’rtacha suvning miqdori qanchaga teng?

A) 10%. V) 90% S) 80%

D) 70%. E) 84%

23. Toza distillangan suvda eriydigan oqsilni belgilang.

A) Globulin.

V) Xromoprotein.

S) Albumin.

D) Lipoprotein.

E) A va S.

24.Mitozning qaysi bosqichida xromatidlar mustaqil xromosomaga aylanadi?

A) Anafaza.

V) Metafaza.
S) Profaza.

D) Telofaza.

E) A va D.

25. .... qonning normal ivishini ta’minlovchi omil hisoblanadi.

A) Ca. V) Na. S) P.

D) K. E) Mg.

26. Organik birikmalar tirik organizmlar hujayrasining o’rtacha necha foizini tashkil qiladi?

A) 10-15%.

V) 20-30%.

S) 20-25%.

D) 5-10%.

E) 50%.


27. Dezoksiriboza nimasi bilan ribozadan farq qiladi?

A) Tarkibida 2 atom vodorod yetishmasligi bilan.

V) Tarkibida bir atom karbon yetishmasligi bilan.

S) Tarkibida bir atom kislorod yetishmasligi bilan.

D) Tarkibida bir atom vodorod ko’pligi bilan.

E) Hech qanday farq yo’q.

28. Quyidagilardan qaysi biri hujayra membranasining hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega?

A) Fosfolipidlar.

V) Xromoprotein.

S) Albumin.

D) Steroid.

E) A va S.

29.Odamlarda postembrional rivojlanish nechta davrga bolinadi?

A) 2. V) 5. S) 4. D) 3. E) 7.

30. Hayvonlarda biologik katalizatorlar tarkibida biokimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishni ta’minlovchi elementni belgilang.

A) Ca. V) Na. S) P.

D) K. E) Mg.

31. Avtotrof organizmlarni belgilang.

A) Yashil o’simliklar.

V) Suvo’tlari.

S) Ba’zi bakteriyalar.

D) A, V, S.

E) A va S.

32. Fotosintez jarayonida hosil bo’ladigan va atmosferani boyitadigan molekulyar kislorod manbai nima hisoblanadi?

A) Quyosh energiyasi.

V) Xlorofil pigmenti.

S) Suv.

D) Yashil o’simliklar.

E) A va S.

33. Biologik faolligi yuqori bo’lgan moddalarni belgilang.

A) Gormonlar.

V) Vitaminlar.

S) Fermentlar.

D) Makroelementlar.

E) A, V, S javoblar.

34. Hujayra faoliyati tufayli hosil bo’lgan moddalar nima yordamida tashqariga chiqariladi?

A) Yog’lar.

V) Sitoplazma.

S) Gormon.

D) Fermentlar

E) Suv.

35. Qaysi kimyoviy element B12

vitaminining zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi?

A) Ca. V) Zn. S) Co.

D) K. E) Mg.

36.Hujayra massasining necha foizini makroelementlar tashkil etadi?

A) 78%. V) 90%. S) 30%.

D) 98%. E) 84%.




1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 498 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Variant- 6. Kimyoviy asoslar, moddalar almashinuvi, ko’payish

Download 498 Kb.