Vazirlar Mahkamasining




Download 41.5 Kb.
bet2/6
Sana04.04.2017
Hajmi41.5 Kb.
#2907
1   2   3   4   5   6
I. UMUMIY QOIDALAR
1. "O’zbekinvest" Milliy sug’urta kompaniyasi (keyingi o’rinlarda matn bo’yicha Kompaniya deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 apreldagi 206-son qarori asosida tashkil etilgan.
2. Kompaniya davlat sug’urta kompaniyasi bo’lib, O’zbekiston Respublikasining mulki hisoblanadi.
3. Kompaniya faoliyatining asosiy vazifasi Hukumatning investitsiyalarni O’zbekiston Respublikasiga jalb qilish bo’yicha siyosatini amalga oshirish, respublikaning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, investorlarning O’zbekiston Respublikasidagi manfaatlarini, o’zbekistonlik investorlar va eksporterlarning xorijiy mamlakatlardagi manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xalqaro sug’urta agentliklari bilan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashdir.
4. Kompaniya o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Ustavga amal qiladi.
5. Kompaniya yuridik shaxsdir, alohida ajratilgan mulkka egalik qiladi, mustaqil balansga, bank muassasalarida schyotlarga ega, o’z nomidan shartnomalar tuzishga, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni xarid qilishga hamda majburiyatlar olishga, sudlarda da’vogar va javobgar bo’lishga haqlidir.
6. Kompaniya O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan, o’z nomi o’zbek va ingliz tillarida qayd etilgan muhrga, blanklarga va tovar belgisi (xizmat ko’rsatish belgisi)ga ega.
7. Kompaniya o’z majburiyatlari bo’yicha amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko’ra da’vo qilinishi mumkin bo’lgan o’ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi.
8. Kompaniya O’zbekiston Respublikasi majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi. O’zbekiston Respublikasi Kompaniya majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi, bundan tomonlar bitimida belgilangan hollar mustasno.
9. Kompaniya o’z faoliyatini to’liq xo’jalik mustaqilligi shartlarida amalga oshiradi.



Download 41.5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 41.5 Kb.