III. MABLAG’LAR, MOL-MULK VA FOYDANI TAQSIMLASH




Download 41.5 Kb.
bet4/6
Sana04.04.2017
Hajmi41.5 Kb.
#2907
1   2   3   4   5   6
III. MABLAG’LAR, MOL-MULK VA FOYDANI TAQSIMLASH
11. Kompaniyaning mablag’lari daromaddan, shu jumladan, xorijiy valyutadagi daromaddan tashkil etilgan ustav, sug’urta va boshqa jamg’armalardan iborat bo’ladi.
12. Ustav jamg’armasining ish faoliyatini ta’minlashga mo’ljallangan dastlabki hajmi 10 (o’n) million AQSh dollari va 200 million so’m belgilanadi va Respublika valyuta fondi hamda respublika byudjeti mablag’laridan shakllantiriladi. Ustav jamg’armasining hajmi kompaniya direktorlar kengashi taqdimi asosida respublika Hukumati qaroriga binoan o’zgartirilishi mumkin. (O’zR VM 24.05.1996 y. 191-sonli Qarori tahriridagi band)
13. Kompaniyaning sug’urta ishlari bo’yicha ehtimol tutilgan zararlarini qoplashga mo’ljallangan sug’urta jamg’armasi 500 (besh yuz) million AQSh dollari va 500 (besh yuz) milliard milliy valyuta hajmida belgilanadi hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi. Zaxira jamg’armaning muayan qismi (Kompaniya beradigan sug’urta to’loviga ko’ra) birinchi darajali chet el banklarida) joylashtiriladi hamda birinchi darajali chet el banklarining sug’urta va yuridik kompaniyalarning rahbariyatidan vakillar qatnashadigan Kuzatuvchi Kengash kuzatuvi va nazorati ostida bo’ladi.
14. Kompaniya boshqa jamg’armalarni ham tashkil qiladi, ularni shakllantirish va sarflash tartibi to’g’risidagi nizomni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlaydi.
15. Kompaniya moliyaviy xo’jalik faoliyatining asosiy umumlashtiruvchi ko’rsatkichi olingan daromadlar va qilingan xarajatlar (sug’urta to’lovlari, oldini olish chora-tadbirlari xarajatlari, sug’urta va boshqa zaxiralarga ajratmalar, ishlarni yuritishga qilingan xarajatlar va boshqa xarajatlar) o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan daromad (foyda)dir.

Byudjetga soliqlar to’langandan so’ng qoladigan daromad (foyda) Kompaniyaning daromadi (foydasi) hisoblanadi, undan maxsus maqsadli jamg’armalar va boshqa jamg’armalar shakllantiriladi.

Xo’jalik faoliyati natijasida yaratilgan yoki qonun bilan yo’l qo’yiladigan boshqa asoslarda xarid qilingan mol-mulk Kompaniya mulki hisoblanadi.



Download 41.5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 41.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. MABLAG’LAR, MOL-MULK VA FOYDANI TAQSIMLASH

Download 41.5 Kb.