• VI. HISOB, HISOBOT VA FAOLIYATNI TAFTISH QILISH
  • VII. FAOLIYATNI TO’XTATISH
  • V. KOMPANIYANING KUZATUVCHI KENGASHI




    Download 41.5 Kb.
    bet6/6
    Sana04.04.2017
    Hajmi41.5 Kb.
    #2907
    1   2   3   4   5   6
    V. KOMPANIYANING KUZATUVCHI KENGASHI
    23. Kompaniyaning Kuzatuvchi Kengashi O’zbekiston Respublikasining rasmiy vakillaridan, shuningdek, birinchi darajali chet el banklari, sug’urta va yuridik kompaniyalarining rahbarlaridan tashkil etiladi.

    Kompaniyaning Kuzatuvchi Kengashi:

    Kompaniyaning sug’urta to’lovlari bo’yicha majburiyatlari ijrosining kafolatchisi hisoblanadi;

    Kompaniya Direktorlar Kengashi topshirig’iga ko’ra sug’urta jamg’armasining chet elga joylashtiriladigan qismini boshqaradi;

    Kompaniya sug’urta jamg’armasining chet elga joylashtiriladigan hajmi to’g’risida Kompaniya Direktorlar Kengashining ko’rib chiqishi uchun takliflar kiritadi;

    Kompaniya sug’urta majburiyatlari shartlariga ko’ra o’ziga boshqarish uchun berilgan mablag’lardan sug’urta to’lovlari bo’yicha hakamlik qarorlarini ijro qiladi.



    Kompaniya Kuzatuvchi Kengashini shakllantirish va uning ishlash tartibini, shaxsiy tarkibini Direktorlar Kengashi belgilaydi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

    VI. HISOB, HISOBOT VA FAOLIYATNI TAFTISH QILISH
    24. Kompaniya amalga oshirilayotgan faoliyat bo’yicha hisob va hisobotni O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlaydi.
    25. Kompaniyada hisobot yili 1 yanvarda boshlanib 31 dekabrda tugaydi. Har bir yil yakunida matbuotda e’lon qilinadigan foyda va zararlar balansi hamda schyoti tuziladi.
    26. Kompaniya faoliyatini taftish qilish va tekshirishni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi, mustaqil auditor tashkilotlari va qonunchilik hujjatlariga ko’ra bunday tekshirishlarni amalga oshirish vakolati berilgan boshqa nazorat organlari amalga oshiradilar.

    VII. FAOLIYATNI TO’XTATISH
    27. Kompaniyaning faoliyati O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga binoan to’xtatiladi.

    Download 41.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 41.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V. KOMPANIYANING KUZATUVCHI KENGASHI

    Download 41.5 Kb.