• X. SUG’URTALOVCHILARNING FAOLIYATI TO’G’RISIDAGI AXBOROTNI JAMG’ARMA TOMONIDAN OLISH VA OSHKOR QILMASLIK KAFOLATI
  • XI. JAMG’ARMANI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH
  • IX. JAMG’ARMA MABLAG’LARINI




    Download 50.5 Kb.
    bet10/10
    Sana10.04.2017
    Hajmi50.5 Kb.
    #3780
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    IX. JAMG’ARMA MABLAG’LARINI

    SARFLASH TARTIBI
    43. Mablag’larni tasdiqlanmagan smetasiz, shuningdek Jamg’arma xarajatlari prognozida nazarda tutilmagan chora-tadbirlarga yoki ham umuman smeta bo’yicha, ham xarajatlarning alohida turlari bo’yicha smeta vazifalaridan ortiq bo’lgan summalarda sarflash taqiqlanadi, eng kam oylik ish haqi miqdori oshirilgan hollar bundan mustasno.
    44. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun Jamg’arma hisob raqamidan mablag’larni o’tkazish va vaqtincha olib qo’yish taqiqlanadi.

    X. SUG’URTALOVCHILARNING FAOLIYATI

    TO’G’RISIDAGI AXBOROTNI JAMG’ARMA

    TOMONIDAN OLISH VA OSHKOR

    QILMASLIK KAFOLATI
    45. Jamg’arma va maxsus vakolatli davlat organi Jamg’arma o’z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo’lgan axborotni doimiy ravishda ayirboshlaydi.
    46. Jamg’arma, agar sug’urtalovchilarning faoliyati, ularning mijozlari to’g’risidagi axborot Jamg’arma o’z funksiyalarini amalga oshirayotganda unga ma’lum bo’lsa, ko’rsatib o’tilgan axborot oshkor qilinmasligini kafolatlaydi, qonunga muvofiq axborotning oshkor qilinishiga yo’l qo’yiladigan hollar bundan mustasno.
    47. Jamg’arma tomonidan ko’rsatib o’tilgan axborot oshkor qilingan taqdirda huquqlari buzilgan shaxs Jamg’armadan bunday oshkor qilish orqali o’ziga yetkazilgan zararni qoplashini talab qilishga haqlidir.

    XI. JAMG’ARMANI QAYTA

    TASHKIL ETISH VA TUGATISH
    48. Jamg’arma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

    "O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2008 yil, 26-27-son, 251-modda.

    Download 50.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 50.5 Kb.