VIII. SUG’URTALOVCHINING REGRESS
TARTIBIDA TALAB QILISH HUQUQI
78. Sug’urtalovchi zarar yetkazgan shaxsga (sug’urta qildiruvchiga, fuqarolik javobgarligi majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalangan boshqa shaxsga) o’zi to’lagan sug’urta to’lovi miqdorida quyidagi hollarda regress tartibida talab qilish huquqiga ega, agar:
a) mazkur shaxsning qasdi oqibatida jabrlanuvchining hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan bo’lsa;
b) zarar transport vositasi mazkur shaxs tomonidan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko’rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida boshqarilayotganda yetkazilgan bo’lsa;
v) mazkur shaxs o’zi foydalanayotganda zarar yetkazgan, transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo’lmagan bo’lsa;
g) mazkur shaxs yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan joydan yashiringan bo’lsa;
d) mazkur shaxs transport vositasini boshqarishga ruxsat etilgan shaxs sifatida majburiy sug’urta shartnomasiga kiritilmagan bo’lsa (transport vositasidan faqat majburiy sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan haydovchilar foydalanishi sharti bilan majburiy sug’urta shartnomasi tuzilganda);
ye) sug’urta hodisasi mazkur shaxs transport vositasidan majburiy sug’urta shartnomasida nazarda tutilmagan aniq davrda foydalanayotganda sodir bo’lgan bo’lsa (transport vositasidan majburiy sug’urta shartnomasida nazarda tutilgan davrda foydalanish sharti bilan majburiy sug’urta shartnomasi tuzilganda). Bunda sug’urtalovchi mazkur shaxsdan sug’urta hodisasini ko’rib chiqishda qilingan xarajatlarni qoplashni ham talab qilishga haqlidir.
|