Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 iyundagi 141-son qaroriga




Download 213.5 Kb.
bet13/22
Sana15.03.2017
Hajmi213.5 Kb.
#152
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
IX. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
79. Majburiy sug’urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
80. Sug’urtalovchilar va To’lovlarni kafolatlash jamg’armasi tegishli so’rov bo’yicha huquqni muhofaza qilish organlaridan, sudlardan, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlaridan va boshqa tashkilotlardan sug’urta tovoni miqdorini aniqlash maqsadida sug’urta hodisasining sodir bo’lish sabablari va holatlari hamda yetkazilgan zarar to’g’risidagi masalalarni hal etish uchun zarur bo’lgan hujjatlar va xulosalarni olishga haqlidir. (O’zR VM 07.06.2011 y. 163-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
81. Majburiy sug’urta bo’yicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish transport vositalarini ro’yxatdan o’tkazishda (qayta o’tkazishda), ularning majburiy texnika ko’rigini tashkil etishda va yo’l harakati qoidalariga, shuningdek yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilishga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Transport vositasi haydovchisi o’z yonida sug’urta polisini olib yurishi va uni tekshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq bunga vakolatli bo’lgan davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga ko’rsatishi shart.

Chet davlatlarda ro’yxatdan o’tkazilgan va O’zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari tomonidan majburiy sug’urta bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish bojxona organlari va davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.


82. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’lishadi.



Download 213.5 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Download 213.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 iyundagi 141-son qaroriga

Download 213.5 Kb.