Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




Download 2,03 Mb.
bet23/111
Sana20.05.2024
Hajmi2,03 Mb.
#246571
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   111
Axborot xavfsizligi siyosatining turlari. Tashkilotda axborot xavfsizligini rejalashtirish, loyihalash va amalga oshirishda siyosat muhim hisoblanib, ular foydalanuvchilarga xavfsizlik maqsadlariga erishishda mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini taqdim etadi. Bundan tashqari, xavfsizlik siyosati tashkilotdagi dasturiy ta’minot va jihozlar vazifasini tavsiflaydi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi korxonalarda quyidagi xavfsizlik siyosatlari qo‘llaniladi:

  • Tashkilot axborot xavfsizligi siyosati (Enterprise Information Security Policies, EISP): mazkur siyosat turi tashkilot xavfsiz muhitini, unga g‘oya, maqsad va usullarni taklif qilish orqali, madadlaydi. U xavfsizlik dasturlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va boshqarish usullarini belgilaydi. Bundan tashqari, ushbu siyosat taklif etilgan va talab qilingan axborot xavfsizligi strukturasi talablarini kafolatlaydi.

  • Muammoga qaratilgan xavfsizlik siyosatlari (Issue-Specific Security Policies, ISSP): bu siyosatlar tashkilotdagi aynan xavfsizlik muammosiga qaratilgan bo‘lib, ushbu xavfsizlik siyosatlarining qamrovi va qo‘llanilish sohasi muammo turi va unda foydalanilgan usullarga bog‘liq bo‘ladi. Unda profilaktik choralar, masalan, foydalanuvchilarning foydalanish huquqini avtorizasiyalash uchun zarur bo‘lgan texnologiyalar ko‘rsatiladi.

  • Tizimga qaratilgan xavfsizlik siyosatlari (System-Specific Security Policies, SSSP): mazkur xavfsizlik siyosatini amalga oshirishda tashkilotdagi biror tizimning umumiy xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutiladi. Bunda tashkilotlar tizimni madadlash maqsadida muolajalar va standartlarni o‘z ichiga olgan SSSP siyosatini ishlab chiqadilar va boshqaradilar. Bundan tashqari, tashkilot tomonidan foydalanilgan texnologiyalar tizimga qaratilgan siyosatlarni o‘z ichiga oladi. Bu siyosat texnologiyani amalga oshirish, sozlash va foydalanuvchilar harakatlarini hisobga olishi mumkin.

Tashkilotlarda turli maqsadlarga qaratilgan ko‘plab xavfsizlik siyosatlari mavjud bo‘lishi mumkin. Quyida ularning ayrimlari keltirilgan.
Internetdan foydalanish siyosati. Mazkur siyosat Internetdan foydalanishdagi cheklanishlarni aniqlab, xodimlar uchun Internet tarmog‘idan foydalanish tartibini belgilaydi. Internetdan foydalanish siyosati o‘z ichiga Internetdan foydalanish ruxsati, tizim xavfsizligi, tarmoqni o‘rnatish, AT xizmati va boshqa yo‘riqnomalarni qamrab oladi.
Internetdan foydalanish siyosatini quyidagi to‘rtta kategoriyaga ajratish mumkin:

  1. Tartibsiz siyosat (Promiscuous Policy): ushbu siyosat tizim resurslaridan foydalanishda hech qanday cheklovlarni amalga oshirmaydi. Masalan, bu siyosatga ko‘ra foydalanuvchi istalgan saytga kirishi, istalgan dasturni yuklab olishi, masofadagi kompyuterdan yoki tarmoqdan foydalanishi mumkin. Bu siyosat korporativ tashkilotlarning ofislarida ishlovchi yoki tashkilotga kelgan mehmonlar uchun foydali hisoblansada, kompyuterni zararli dasturlar asosidagi tahdidlarga zaif qilib qo‘yishi mumkin. Ya’ni, Internetdan foydalanishda cheklanishlar mavjud bo‘lmagani bois, foydalanuvchilar bilimsizligi natijasida zararli dasturlar kirib kelishi mumkin.

  2. Ruxsat berishga asoslangan siyosat (Permissive Policy): Bu siyosatga ko‘ra faqat xavfli xizmatlar/ hujumlar yoki harakatlar blokirovkalanadi. Masalan, ruxsat berishga asoslangan Internet siyosatida qator keng tarqalgan zararli xizmatlar/ hujumlardan tashqari Internet trafigining asosiy qismi ochiq bo‘ladi. Faqat keng tarqalgan hujumlar va zararli dasturlar blokirovkalanganligi tufayli, ma’mur joriy holatdagi zararli harakatlarga qarshi himoyani ta’minlay oladi. Bu siyosatda har doim yangi hujumlarni va zararli dasturiy ta’minotlarni tutish va bazaga kiritib borish talab etiladi.

  3. Paranoid siyosati (Paranoid Policy): Paranoid siyosatga ko‘ra barcha narsa blokirovkalanadi va tizim yoki tarmoqdan foydalanuvchi tashkilot kompyuterlarida qat’iy cheklovlar mavjud bo‘ladi. Bu siyosatga ko‘ra foydalanuvchi Internetga umuman ulanmagan yoki qat’iy cheklovlar bilan ulangan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda, foydalanuvchilar odatda siyosatdagi qoidalarni aylanib o‘tishga harakat qiladilar.

  4. Ehtiyotkorlik siyosati (Prudent Policy): Ehtiyotkorlik siyosati barcha xizmatlar blokirovkalanganidan so‘ng amalga oshirilib, unda xavfsiz va zarur xizmatlarga ma’mur tomonidan individual ravishda

ruxsat beriladi. Bu maksimal xavfsizlikni ta’minlab, tizim/ tarmoq faoliyatiga oid barcha hodisalarni qaydlaydi.
Maqbul foydalanish siyosati. Maqbul foydalanish siyosati tarmoq va web sayt egalari tomonidan qaror qilingan qoidalardan iborat va u hisoblash resurslaridan to‘g‘ri foydalanishni belgilaydi. Ushbu siyosatda foydalanuvchilarning o‘z akkauntlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni himoya qilish majburiyati ko‘rsatilgan bo‘lib, foydalanuvchidan tarmoqdan yoki Internetdagi kompyuterdan foydalanishida siyosat cheklovlarini qabul qilishi talab etiladi. Ehtiyotkorlik siyosati prinsiplar, taqiqlar, qayta ko‘rib chiqish va jazo choralarini o‘z ichiga olib, foydalanuvchini, shaxsiy sabablarga ko‘ra, korporativ resurslardan foydalanishini taqiqlaydi.
Maqbul foydalanish siyosati axborot xavfsizligi siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda, tashkilotlar, o‘zlarining yangi xodimlariga axborot resurlaridan foydalanishga ruxsat berishdan oldin, maqbul foydalanish siyosati bo‘yicha tanishganligi xususida kafolat imzosi olinadi. Maqbul foydalanish siyosati foydalanuvchilarni axborot texnologiyalari infrastrukturasida nimalarni bajarish kerak va nimalarni bajarmaslik kerakligi haqidagi asosiy jihatlarni o‘z ichiga oladi.
Maqbul foydalanish siyosati to‘g‘ri amalga oshirilganiga ishonch hosil qilish uchun ma’mur doimiy ravishda xavfsizlik auditini olib borishi kerak. Masalan, aksariyat tashkilotlar o‘z saytlarida va pochtalarida siyosatga aloqador va diniy mavzularda muzokaralar olib borilishini taqiqlaydi. Maqbul foydalanish siyosatlarining aksariyatida siyosatni buzganlik uchun jazolar tayinlanadi. Bunday jazolar foydalanuvchi akkauntini vaqtincha yopib qo‘yishdan tortib qonuniy jazo choralarigacha bo‘lishi mumkin.



Download 2,03 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   111




Download 2,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

Download 2,03 Mb.