Video materiallarga ishlov berish
Nazariy qism
Kundalik turmushda ovozli(audio) yoki video ma’lumotlardan keng foydalanamiz.
Ya’ni musiqa eshitamiz, kino, kliplar va biror bir dasturni, yangiliklarni tomosha
qilamiz. Bunday axborotlar aniq bir ssenariy asosida audio va video tahrirlagichlar
yordamida yaratilgandir. Shu singari chet tillarini o’qitishda, o’rgatishda yoki
o’qitish jarayonini samarali olib borishda ham ko’pincha bunday ma’lumotlarga
murojaat qilamiz. Chunki audio va video uyg’unlashgan holda yaratilgan
materiallarni qo’llash ya’ni elektron resurslardan foydalanish til o’rganish va til
o’rgatishda, umuman darsni tashkil qilish sifatini oshiradi.
Interaktiv vositalar axborotni taqdim qilishning turli xil vositalarini - tekst, statik
va dinamik grafiklar, video va audio yozuvlarni bir butun majmuaga birlashtirish
imkoniyatini yaratadi, bu esa ta’lim oluvchini o’quv jarayonida faol ishtirokchi
bo’lishiga yo’l beradi, modomiki, axborotlarni taqdim qilish ta’lim oluvchining
harakatiga muvofiq javob sifatida yuz beradi.
Multimediadan foydalanish axborotni o’zlashtirishning o’ziga xos hususiyatlarini
maksimal darajada hisobga olishga imkon beradi, bu pedagog tomonidan ta’lim
oluvchiga komypyuter vositasida o’quv axborotlarini etkazib berishda juda ham
muhimdir. Yaratilayotgan ko’pchilik elektron ta’lim resurslari axborotlarning turli-
tuman tiplari bilan ishlashga yo’naltirilgan. Ular fotosur’atlar, tovushli fragmentlar
va albatta, animatsiya va video bo’lishi mumkin.
Audio va video fayllarni yaratish yoki qayta ishlash ya’ni ularga ishlov berish
uchun maxsus dasturlar(tahrirlagichlar) kerak bo’ladi. Hozirgi kunda bunday
dasturlarning turi juda ko’p. Quyida biz ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Odatda audio fayillar - WMA Audio (.wma), WAVE Audio (.wav), MPEG-4
Audio (.m4a), Free Lossles Audio Codec (.flac), Digital Surround Audio (.dts),
SUN AU Format(.au), Monkey’s Audio Format (.ape), Apple Lossles Audio
(.m4a), AIFF Audio (.aiff), AC3 Audio (.ac3), AAC Audio (.aac), OGG Vorbis
Audio (.ogg), MP3 Audio (.mp3), MP2 Audio(.mp2) va h.k. kengaytmadan iborat
bo’lishi mumkin. Maxsus dasturlar (“video convertor” lar yoki audio
tahrirlagichlar) yordamida bir kengaytmadan boshqasiga o’tkazish mumkin
bo’ladi.
WAVE (.wav) - juda keng tarqalgan ovozli fayl formatlaridan biri. Windows
operatsion muhitida ovozli ma’lumotlarni saqlashda qo’llaniladi.
AU (.au, .snd) - Sun firmasi ishchi stansiyalarida (.au) va NeXT operatsion
tizimida (.snd) qo’llaniladigan ovozli fayllar formati.
MPEG-3 (.mp3) - Bugungi kundagi eng ommabop ovozli fayllar formati. Inson
nutqidan farq qiluvchi tovushlarni saqlash uchun yaratilgan. Musiqiy yozuvlarni
raqamlashtirishda qo’llaniladi.
MIDI (.mid) - Musiqa asboblarining raqamli interfeysi (Musical Instrument Digital
Interface). Bu standart 1980 yillar boshida elektron musiqa asboblari va
kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan.
MOD (.mod) - alohida notalar uchun shablon sifatida ishlatish mumkin bo’lgan
raqamlangan ovoz namunalari saqlanuvchi musiqali format.
IFF (.iff) - Interchange File Format - dastlab Amiga kompyuter platformasi uchun
yaratilgan format.
AIFF (.aiff) - Audio Interchange File Format - ovozli ma’lumotlar almashish
uchun format, Silicon, Graphics va Mac kompyuter platformalarida qo’llaniladi.
RealAudio (.ra, .ram) - Internetda ovozni real vaqtda ijro etish uchun Real
Networks (www.real.com) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan format.
Ovozli fayllarga maxsus dasturlar yordamida ishlov berish uchun yuqorida
keltirilgan kengaytmali fayllar mavjud bo’lish kerak. Agar mavjud bo’lmasa ularni
yozish kerak bo’ladi. Masalan, Windows 7 muhitida ovozlarni yozishda o’zining
standart dasturidan foydalanish mumkin. Uni “Пуск” - “Все программы” -
“Стандартные” - “Звукозапись” ketma - ketlikni bajarib ishga tushiriladi.
Ovozni yosish uchun “Начать запись” tugmasini yoki “Alt+S” tugmalarini bosish
kerak bo’ladi. Agar shaxsiy kompyuterdan foydalansak unda ovoz yozish uchun
mikrofon qurilmasidan foydalanishiz kerak bo’ladi. Agarda foydalanayotgan
kompyuterimiz Noutbook bo’lsa, u holda uning mikrofoni o’zida joylashgandir.
Yuqoridagi vazifalarni bajarib yetarli ma’lumot yozib bo’lingandan so’ng
rasmdagi oynadan “Остановить запись” tugmasini yoki “Alt+S” tugmalarini
bosiladi
|