Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan zararli va xavfli faktorlar




Download 1,32 Mb.
bet3/4
Sana13.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#229436
1   2   3   4
Bog'liq
Avtomatik qurilmalardan foydalanishda havfsizlik chora tadbirlari

Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan zararli va xavfli faktorlar


Kuchaygan ko’rish zo’riqishi. Ortiqcha ekranga qarash uzoqni ko’ra olmaslik kasalligiga yo’liqishiga, ko’zni charchashiga, bosh og’rishiga, havotirlanishni kuchayishiga, asabni buzulishiga, stress yuzaga kelishiga olib keladi.
Hisoblash texnikasi operatorining ko’rishiga salbiy ta`sir ko’rsatadigan sabablar majmuasidan, birinchi navbatda, ekrandagishakllarning vaqt va fazoviy bir maromda emasligi bilan bog’liq kontrasti yetarlicha bo’lmasligi, monitorni keragidan ortiq ravshanligi, xamda displey yuzasidan qaytgan nurni aks etishini ajratish joizdir.

Hisoblash texnikasi bilan ishlovchilarda konyuktivit va blefarit bilan og’riganlar soni, bular bilan ishlamaydiganlardan ikki barobar ortiq uchraydi. Yana shu vaziyat ogoxlantiradiki, kompyuterlarning elektromagnit nurlanishi kataraktaga olib kelishi mumkin.


Olimlarning ko’pgina izlanishlari nafaqat ultrabinafsha nurlanish, balki havorang-binafsha yorug’likning ortiqcha kattaligi xam ko’zning optik muhitini xiralashuviga olib kelishini ta`kidladi. Bu vaqt-soatida ko’z to’r pardasining turli shakllarni aniqligini yomonlashtiradi.

Operatorlarning ish xarakteristikalari xaqida keltirilgan sub`ektiv ma`lumotlar ob`ektiv izlanish ma`lumotlari bilan tasdiqlanadi. "Arifmetik amallar" testini bajarish natijasida tekshirilganlarning 33 % da aqliy toliqish qayd etilgan.


Yaxshi ish sharoitida (optimal mikroiqlim, optimal sun`iy yoritilganlik, ekrandagi shakllar aniq va ravshan ko’ringanlik, ish joyiratsional tashkil qilingan) ikki soat bir xil ishni bajargan ma`lumotlarni kirituvchi operatorlarning psixofiziologik ahvolini tekshirish qiziq natijalarni berdi.
Tekshirilganlarning (jami 12 kishi) 80%da (elektroentsefalogramma ko’rsatkichlari bo’yicha). 45-60 minut uzluksiz ishlaganidan so’ng ish qobiliyati va miya faolligi pasayib, so’ng ko’tarilib, ish tugashiga yaqin o’z xolatiga yaqinlashadi.

Download 1,32 Mb.
1   2   3   4




Download 1,32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan zararli va xavfli faktorlar

Download 1,32 Mb.