|
Vii-bob. Python dasturlash tilining asosiy konstruksiyalariBog'liq Pytonk = str("Samsung") # str (satr turi)
y = int(23) # int (butun son turi)
L =list(["samsung", "apple"]) # list (ro’yxat turi)
Shunday qilib, ushbu mavzuda Python dasturlash tilida ishlatiladigan asosiy
operatorlar va ma’lumotlar turlari bilan tanishdik. Mazkur operatorlardan va
ma’lumotlarning aniq turlaridan foydalanib, dasturchi qo’yilgan muammolarni
yechishda samarali va sodda sintaksisga ega bo’lgan dastur kodlari yaratadi.
7.6. Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish.
Barcha dasturlash tillarida ma’lumotlarni kirtish va chiqarishni to’g’ri
tashkil etish masalasi alohida ahamiyatli hisoblanadi. Avval ma’lumotlarni
kiritishni qaraymiz. Yuqoridagi barcha misollarda o’zgaruvchilarga tayyor
qiymatlar berildi. Endi foydalanuvchidan biror ma’lumot kiritishni so’rashimiz
ham mumkin. user input ana shunday xizmat bo’lib, u input() funksiyasi
yordamida ishlaydi.
Misol:
ism = input(‘Ismingizni kiriting: ‘)
Bu holatda input funksiyasi foydalanuvchi bilan muloqotni o’rnatadi. Ya’ni
qiymat kiritishimizni kutadi. Biz kiritgan ismni ‘ism’ o’zgaruvchisiga beradi.
So’ngra
print("Sizning ismingiz: "+ism)
komandasi orqali ekranga quyidagi matnni chiqaradi:
Sizning ismingiz Aisha!
Demak, input ga kiritilgan barcha ma’lumotlar str tipida deb qabul qilinadi.
Foydalanuvchi nafaqat matn balki sonli tipdagi ma’lumotlarni ham kiritishi
mumkin. Shunda mazkur sonlar ustida amal bajarish imkoni paydo bo’ladi:
Dastur kodlari
Natija
a=int(input('a='))
b=int(input('b='))
c=a+b
d=a*b
print('c=',c,'d=',d)
|
| |