II. Boshqarmaning vazifalari va funktsiyalari




Download 70.5 Kb.
bet2/4
Sana24.03.2017
Hajmi70.5 Kb.
#1977
1   2   3   4
II. Boshqarmaning vazifalari va funktsiyalari
4. Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari va funktsiyalari hisoblanadi:

boshqaruv apparati faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlashni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo’li bilan ishlar sifatini yaxshilashni amalga oshirish;

tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritish va arxiv ishlarini tashkil etishni ta’minlash, tushadigan hujjatlar (xat-xabarlar)ni qabul qilish, ro’yxatdan o’tkazish, hisobga olish, taqsimlash va mansubligiga ko’ra yuborish, chiquvchi hujjatlar (xat-xabarlar)ni qabul qilish va jo’natishni tashkil qilish;

xalq deputatlari Kengashi, hokim va uning o’rinbosarlarining, boshqaruv apparati tarkibiy bo’linmalarining hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish, hisobga olish, rasmiylashtirish, ko’paytirish va shu jumladan elektron pochta orqali jo’natishni ta’minlash;

hokimning yordamchisi va hokim o’rinbosarlarining kotibiyatlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko’rib chiqishni tashkil qilish;

boshqa tarkibiy bo’linmalar bilan birgalikda xalq deputatlari Kengashi sessiyalariga va boshqa yig’ilishlarga texnik xizmat ko’rsatishni tashkil qilish;

hokimlikning faoliyatini moliyaviy-xo’jalik va moddiy-texnik ta’minlashni tashkil qilish, hokimlik xodimlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish tadbirlarini amalga oshirish, moliya intizomiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

maxfiylik rejimini va davlat sirlari hisoblanadigan ma’lumotlarni, qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirlarni himoya qilishni ta’minlash;

viloyat hokimligi binolarining, inshootlarining, muhandislik kommunikatsiyalari va asbob-uskunalarining yaxshi holda ishlashini va xizmat ko’rsatishini ta’minlash, bino va inshootlarning joriy va kapital ta’mirlanishini tashkil etish;

viloyat hokimligi binosida texnika va yong’in xavfsizligi hamda ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;

viloyat hokimligiga tashrif buyuradigan mehmonlar va delegatsiyalarni kutib olish va kuzatish, mehmonxonaga joylashtirish, ularga xizmat ko’rsatilishini hamda harakatlanishlari uchun avtotransport vositalari biriktirilishini tashkillashtirish;

tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartibda xarid qilinishi, qabul qilinishi, kirimga olinishi, maqsadli va tejamli ishlatilishi, saqlanishi, moddiy javobgar shaxslar biriktirilishi, belgilangan tartib va muddatlardan xatlovlardan o’tkazilishi va hisobdan chiqarilishi ustidan idoraviy nazoratni ta’minlash;

boshqaruv apparatida ish yuritishni tashkil etish uchun tegishli muhrlar, shtamplar va blankalarni tayyorlash, ularning hisobga olinishi va saqlanishini ta’minlash;

boshqaruv apparati xodimlarini xizmat guvohnomalari bilan ta’minlash.

Boshqarma qonunchilik hujjatlariga va viloyat hokimining hujjatlari (topshiriqlari)ga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshiradi.



Download 70.5 Kb.
1   2   3   4




Download 70.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Boshqarmaning vazifalari va funktsiyalari

Download 70.5 Kb.