Murojaatlarni hal qilish va ular buyicha habar berish tartibi




Download 125,5 Kb.
bet4/7
Sana12.06.2021
Hajmi125,5 Kb.
#14973
1   2   3   4   5   6   7
4. Murojaatlarni hal qilish va ular buyicha habar berish tartibi
18. Murojaatlarni hal qilish davlat organi rahbarlari yoki soha bo’yicha o’rinbosarlari tomonidan ustxat (rezolyutsiya) qo’yish va ijrochiga ko’rsatma berish yo’li bilan belgilanadi.

19. Murojaatlarni to’liq va holisona hal etilishini ta’minlash maqsadida zarur hollarda tekshirishlarga tegishli mutaxassislar hamda murojaat mualliflari yoki ularning qonuniy vakillari jalb etilishi mumkin.

20. Joylardagi davlat organlarida uzoq vaqt davomida o’z yechimini topmay kelayotgan, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq hamda erkinliklarining jiddiy kamsitilishi, qonunlarni qo’pol tarzda buzilishi haqidagi murojaatlar, qoida tariqasida, joylarga chiqib, tegishli mutaxassislar va murojaat mualliflari ishtirokida tekshiriladi.

21. Murojaatlarda bayon qilingan vajlarni tekshirish jarayonida qo’shimcha ma’lumotlar, tegishli me’yoriy hujjatlar, harakati(xarakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor yoki boshqa shaxslarning tushuntirishlari olinadi.

22. Tekshirish natijasiga ko’ra ma’lumotnoma tuzilib, murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini to’la yoki qisman tiklash choralari ko’rilsa-qanoatlantirish, murojaatda bayon qilingan vajlar tasdiqlanmasa-rad etish yoki huquqiy masalalar bo’yicha qonun talablarini tushuntirish to’g’risida to’xtamga kelinadi.

23. Murojaat davlat organlari tomonidan ko’rib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs murojaat ko’rib chiqilishining borishi haqida axborot olish, shaxsan vajlarini bayon etish va tushuntirishlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda uni ko’rib chiqish natijalari bilan tanishish, qo’shimcha materiallar taqdim etish yoki ularni boshqa organlardan so’rab olish to’g’risida iltimos qilish, advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.

Murojaatni ko’rib chiqayotgan davlat organlarining mansabdor yoki boshqa vakolatli shaxslari jismoniy va yuridik shaxsga ularning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan, agar ularda davlat sirini yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mavjud bo’lmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi shart.

24. Murojaatlar, agar ularda bayon qilingan masalalar qonun talablariga muvofiq ko’rib chiqilgan va mualliflarga yozma shaklda javob berilgan bo’lsa, hal qilingan deb hisoblanadi.

Murojatlarni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha bir to’xtamga kelish hamda ularga javob xati yuborish tegishli davlat organlari rahbarlari va ularning o’rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.

25. Murojaatni qanoatlantirmasdan qoldirish haqidagi qaror tegishliligi bo’yicha faqat davlat organlari rahbarlari tomonidan qabul qilinadi va ular tomonidan javob beriladi.

Qanoatlantirilmay qoldirilgan murojaatlar yuzasidan fuqarolarga yuqori turuvchi organga shikoyat berish huquqi tushuntiriladi.

26. Hal etilishi yuqori turuvchi organ tomonidan nazoratga olingan murojaatlar bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslarga javoblar faqat yuqori turuvchi organga axborot berilganidan keyingina yuboriladi.

27. Har bir davlat organi rahbari, uning o’rinbosari murojaatlarni qonunda belgilangan muddatlarda va mazmunan ko’rib chiqilishiga shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Murojaatlarni ko’rib chiqishning belgilangan tartibi va muddatlarining uzrsiz sabablar bilan buzilishi, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish va murojaatlarning ko’rib chiqishning noqonuniy ravishda rad etilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy hayoti to’g’risidagi mansabdor shaxslarga ma’lum bo’lgan ma’lumotlarning oshkor qilinishi aybdor shaxslarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi.



Download 125,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 125,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Murojaatlarni hal qilish va ular buyicha habar berish tartibi

Download 125,5 Kb.