Virtualizatsiyaning afzalliklari




Download 106,25 Kb.
bet4/6
Sana19.02.2024
Hajmi106,25 Kb.
#158804
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Ma\'ruza VT

Virtualizatsiyaning afzalliklari

  • 1. Hisoblash resurslaridan samarali foydalanish. 5-20%yuklangan 3 ta, hatto 10 ta server o'rniga siz 50-70% yuklanadigan bir serverni ishlatishingiz mumkin. Boshqa narsalar qatorida, bu ham energiya tejash, hamda moliyaviy investitsiyalarning sezilarli kamayishidir, ya'ni 5-10 server vazifasini bajaradigan bitta yuqori texnologiyali server sotib olinadi. Virtualizatsiya yordamida siz umumiy infratuzilma resurslarini birlashtirish orqali resurslardan ancha samarali foydalanishga erishishingiz va "har bir server uchun bitta dastur" modelidagi cheklovlarni yengishingiz mumkin.
  • 2. Infratuzilma xarajatlarini kamayishi: Virtualizatsiya ma'lumotlar markazida serverlar va ular bilan bog'liq IT -uskunalar sonini kamaytirishi mumkin. Natijada, moddiy resurslarni saqlash, quvvatlantirish va sovutish talablari kamayadi va ITga ancha kam mablag' sarflanadi.
  • 3. Dasturiy ta'minot xarajatlarini kamaytirish. Ba'zi dasturiy ta'minot sotuvchilari, ayniqsa, virtualizatsiya qilingan muhit uchun alohida litsenziyalash sxemalarini joriy qilishdi. Masalan, Microsoft Windows Server 2008 Enterprise uchun bitta litsenziyani sotib olsangiz, siz uni bir vaqtning o'zida 1 ta fizik serverda va 4 ta virtualda (bitta server negizida) ishlatish huquqiga ega bo'lasiz, ammo Windows Server 2008 Datacenter da faqat protsessorlar soni litsenziyalangan bo'lib unda bir vaqtning o'zida cheksiz miqdordagi virtual serverlardan foydalanish mumkin.

4. Tizimning moslashuvchanligi va ta'sirchanligini oshirish: Virtualizatsiya IT -infratuzilmani boshqarishning yangi usulini taklif qiladi va IT - administratorlariga ishga tushirish, sozlash, kuzatish va texnik xizmat kabi takrorlanadigan vazifalarga kamroq vaqt sarflashga yordam beradi.

  • 4. Tizimning moslashuvchanligi va ta'sirchanligini oshirish: Virtualizatsiya IT -infratuzilmani boshqarishning yangi usulini taklif qiladi va IT - administratorlariga ishga tushirish, sozlash, kuzatish va texnik xizmat kabi takrorlanadigan vazifalarga kamroq vaqt sarflashga yordam beradi.
  • 5. Bir biriga mos kelmaydigan ilovalar bitta kompyuterda ishlashi mumkin. Virtualizatsiyani serverda ishlatganda, bir server negizida linux va windows serverlari, shlyuzlar, ma'lumotlar bazalari va boshqa mutlaqo bir biriga mos kelmaydigan ilovalarni o'rnatish mumkin.
  • 6. Ilovalarga ulanish imkoniyligini oshirish va korxona ishining uzluksizligini ta'minlash. Ishonchli zaxiralash va xizmatlarning uzilishisiz butun virtual muhitni ko'chirish imkoniyati buzilishlar sodir bo'lganda rejalashtirilgan ta'mirlash muddatlarini qisqartirish va o'ta og'ir vaziyatlarda tizimning tez tiklanishini ta'minlash mumkin. Bitta virtual serverning "qulashi" qolgan virtual serverlarning yo'qolishiga olib kelmaydi. Bundan tashqari, bitta jismoniy server ishlamay qolganda, uni avtomatik ravishda zaxira serveriga almashtirish mumkin.
  • 7. Oson arxivlash imkoniyati. Virtual mashinaning qattiq disklari, odatda, ba'zi bir jismoniy muhitda joylashgan, ma'lum formatdagi fayl sifatida tasvirlanganligi sababli, virtualizatsiya butun virtual mashinani arxivlash va zaxiralash vositasi sifatida bu faylni zaxira muhitiga osongina ko'chirishga imkon beradi. Serverni arxivdan butunlay qayta tiklash qobiliyati yana bir ajoyib xususiyatdir. Joriy serverni yo'q qilmasdan, arxivdan serverni ko'tarishingiz va o'tgan davrdagi holatni ko'rishingiz mumkin.
  • 8. Infratuzilmani boshqarishni takomillashtirish: virtual infratuzilmani markazlashtirilgan boshqarish yordamida serverlarni boshqarish vaqtini qisqartirish, yuklamani muvozanatlash va virtual mashinalarning jonli ko'chishini ta'minlash mumkin.

Download 106,25 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 106,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Virtualizatsiyaning afzalliklari

Download 106,25 Kb.