Vita hayot,darmon dori tirik organizmning hayot faoliyati va normal




Download 115.74 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.10.2022
Hajmi115.74 Kb.
#27476
Bog'liq
Vitaminlar - Vikipediya(1)



Vitaminlar
Vitaminlar (
lotincha
: vita — hayot),darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal
moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga
ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal
boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qadimiy Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida
qayd etilgan. V.ni ilmiy nuqtai nazardan oʻrganish XVIII asrda boshlangan. Ingliz vrachi J. Lind
(1757), fransuz fiziologi F. Majandi (1816), rus vrachi N. I. Lunin (1880), golland vrachi Eykman
(1897), ingliz olimi F. Xopkins (1906)lar V.ni oʻrganishga juda katta hissa qoʻshdilar. Organizmda
V. sintez qilinmaydi, kishi oʻzi uchun zarur V.ni turli ovqat moddalari bilan oladi. Ovqatda V.
yetishmaganda gipovitaminoz, mutlaqo boʻlmaganda avitaminoz paydo boʻladi. V.ning asosiy
manbai oʻsimliklardir (qarang Vitaminli oʻsimliklar). V. hosil boʻlishida mikroorganizmlar ham
katta rol oʻynaydi. V.ning biologik ahamiyati moddalar almashinuviga rostlovchi taʼsir etishdan
iborat. V. organizmda sodir boʻladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq
moddalarni oʻzlashtirishiga taʼsir koʻrsatadi, hujayralarning normal oʻsishiga va butun
organizmning rivojlanishiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning
normal funksiyasi va faolligini taʼminlaydi. V. organizmda energiya almashinuvida (V,, V2 V.),
aminokislotalar (V6, V12 V.) va yog kislotalar (pantotenat kislota) biosintezida, fotoresepsiya
jarayonida (A vitamin), qon ivishida (K vitamin) va kalsiyning oʻzlashtirilishida (D vitamin)
ishtirok etadi. Shunday qilib, organizmda biror vitamin yetishmasa yoki butunlay boʻlmasa,
moddalar almashinuvi buziladi. Oziq-ovqatda V. yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati
pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda tashqi muhitning noqulay taʼsiriga chadami
kamayadi. Vitamin yetishmovchiligiga ovqat tarkibida V. kam boʻlishigina emas, balki ularning
ichakda soʻrilishi, toʻqimalarga yetkazib berilishi va biologik faol shaklga aylanishi
jarayonlarining buzilishi ham sabab boʻladi. Lekin baʼzi V.ning fiziologik ehtiyojdan ortiqroq
boʻlishi gipervitaminozga olib kelishi ham mumkin. Keyingi yillarla 30 dan ziyod vitaminning
kimyoviy tuzilishi toʻla oʻrganilib, koʻplari sintez qilindi (qarang Vitamin sanoati).


Dastlab V. shartli ravishda lotin alifbosining bosh harflari: A, V, S, D, Ye, R va h.k. bilan
belgilangan. Keyinchalik V.ning kimyoviy tuzilishiga binoan xalqaro standartlashtirishning
yagona nomi qabul qilindi. V.suvda eriydigan, yogʻda eriydigan va vitaminsimon birikmalarga
ajratiladi. Yogʻda eriydigan V.ga A, D,"1 Ye va K, suvda eriydiganlariga V kompleksi vitaminlari va
S, RR kiradi. V.dan tashqari organizmda turli oʻzgarishlarga uchrab V.ga aylanadigan moddalar —
provitaminlar ham bor. Provitaminlarga karotinlar (A provitamin), D vitaminga aylanadigan baʼzi
bir sterinlar (ergosterin va b.) kiradi. Odamning V.ga boʻlgan bir kunlik ehtiyoji organizmning
umumiy holatiga, mehnat tarziga, sogʻ yoki kasalligiga bogʻliq. Odam hayoti uchun V.dan ayniqsa
A, V, V2, S, D, RR ning ahamiyati katta.
Quyida koʻproq qoʻllaniladigan V. tavsifi keltirildi.
Retinol (A vitamin) tabiatda keng tarqalgan. Oʻsimlik toʻqimalarida A provitamin (organizmda
retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar) holida uchraydi. Koʻrish pigmentlari hosil boʻlishida
qatnashib, organizmning normal oʻsishini, koʻzning turli darajadagi yorugʻlikka moslashishini
taʼminlaydi. Organizmda retinol yetishmasa, teri qurishib oqaradi, qipiqlanadi, muguzlanadi, unda
mayda toshmalar paydo boʻladi, terining yiringli kasalliklari avj oladi, soch quruq, xira boʻlib,
toʻkila boshlaydi, tirnoq moʻrtlashib qoladi. Yoruqqa qaray olmaslik, shabkoʻryaik, konʼyunktivit,
blefaritta asosan A vitamin yetishmasligi sabab boʻladi. A provitamin (karotin) oʻsimliklarda,
ayniqsa ularning yashil barglarida, A vitamin hayvon va baliq jigarida, baliq moyida koʻp.
Tiamin (V, vitamin) — koʻpgina oziqovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi
va qobigʻi (kepagi)da boʻladi. Tiamin organizmda uglevodlar almashinuvida muhim ahamiyatga
ega; ovqat uglevodlarga serob boʻlsa, ularni oʻzlashtirish uchun tiamin koʻproq talab qilinadi.
Tiamin boʻlmasa, polinevrit kasalligi roʻy beradi. Organizmda bu vitamin boʻlmasa yoki
yetishmasa, nerv sistemasining ogʻir kasalligi — beri-beri paydo boʻladi, shuningdek ichak
B vitamini qadoqlash


peristaltikasi susayadi, qabziyat, muskullar boʻshashishi, jismoniy va ruhiy ish qobiliyatining
pasayishi kuzatiladi. Riboflavin (V2 vitamin)— oʻsish jarayonida qatnashadi va oʻstiruvchi
omillarga kiradi. Oqsil, yogʻ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Markaziy nerv sistemasi
holatini rostlaydi, koʻz gavharidagi moddalar almashinuviga taʼsir etadi, yorugʻlikni sezish va
rang ajratishga yordam beradi. Riboflavin organizmga oziq-ovqat bilan kiradi, ovqatda riboflavin
yetishmasa ogʻiz burchagi, lab yoriladi (qarang Lab bichilishi), soch toʻkiladi, konʼyunktivit va
blefarit kuzatiladi. V2 vitamin asosan hayvon mahsulotlari — tuxum, pishloq, sut, goʻsht hamda
galla va dukkakli oʻsimliklarda moʻl-koʻl.
Piridoksin (V6 vitamin)— koʻpgina oʻsimlik va hayvon mahsulotlari: achitqi, bugʻdoy murtagi,
jigar, baliq, mol goʻshti va dukkakli donda boʻladi. U oqsil va yogʻning normal hazm boʻlishini
taʼminlab, azot almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar
oʻsmay qoladi, meʼda-ichak ishi buziladi, kamqonlik roʻy beradi. Homiladorlarda stomatit,
terining yalligʻlanishi, qoʻzgʻaluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi uchun zarur
miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari taʼsirida hosil boʻladi.
Nikotinamid, nikotin kislota (RR vitamin) hujayralarning nafas olishida, oqsillar almashinuvida
qatnashadi, organizmda oʻsimlik oqsillarining hazm boʻlishini tezlashtiradi, meʼdaning sekret va
harakat faoliyatini normallashtiradi, meʼda osti bezi ishlab chiqaradigan sekret va shira tarkibini
yaxshilab, jigar ishini barqarorlashtiradi. Organizmda nikotin kislota yetishmasa pellagra
kasalligi roʻy beradi. Nikotin kislota uy parrandasi, mol goʻshti, jigari, buyragida, achitqi, guruch
kepagi, bugʻdoy murtagida koʻp boʻladi.
Folat kislota (V, vitamin) baʼzi aminokislotalar almashinuvida va sintezida, shuningdek nuklein
kislotalar sintezida qatnashadi, koʻmikning qon yaratish funksiyasini kuchaytiradi, V12 vitamin-
ning yaxshi oʻzlashtirilishiga yordam beradi. Folat kislota oʻsimlik va hayvon mahsulotlarida,
ayniqsa, jigar, buyrak va yashil barglarda koʻp. Ichak mikroorganizmlari folat kislotani koʻp
miqdorda sintezlaydi.
Siankobalamin min) — yuqori biologik faol modda. Metionin, nuklein kislotalar sintezida va qon
yaratilishi jarayonida qatnashadi. Organizmga ovqat bilan kiradi, u organizmda yetishmasa,
kamqonlik paydo boʻladi. Siankobalamin mol jigarida ayniqsa koʻp. Tibbiyotda, chorvachilik va
parrandachilikda keng qoʻllaniladi.
Pantotenat kislota (V5 vitamin) — oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida koʻp. Nerv sistemasi hamda
buyrak usti va qalqonsimon bezlar faoliyatini normallashtiradi.
Askorbin kislota (S vitamin) — moddalar almashinuvida, biriktiruvchi toʻqimalarning
oʻzlashtirilishida, bu toʻqimalarning normal holatda tutib turilishi va tiklanishida muhim
ahamiyatga ega. Organizmda S vitamin yetishmasa, togʻay va suyak toʻqimalari tuzilishi
buziladi, lavsha (singa) kasalligi roʻy beradi. Organizmda askorbin kislota hosil boʻlmaydi va


toʻplanmaydi. S vitamin sabzavot va mevalarda boʻladi. Askorbin kislota turli polivitamin
preparatlari tarkibiga kiradi.
Kalsiferol (D vitamin) moddalarning mineral almashinuviga, suyak hosil boʻlishiga taʼsir
koʻrsatadi. U yosh bolalar skeletining jadal oʻsishi va suyaklanishi davrida ayniqsa zarur.
Organizmda D vitamin yetishmasa raxit kasalligi paydo boʻladi. Tunes, treska va b. baliqlar moyi
kalsiferol manbai hisoblanadi.Bundan tashqari, sut, tvorog, sariyogʻ, jigar va tuxum sarigʻida
koʻp boʻladi. Tishlarni ham asraydi.
Tokoferol (Ye vitamin, koʻpayish vitamini) muskul va jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi, ichki
aʼzolarda, yogʻda eriydigan barcha V., ayniqsa retinol toʻplanishiga yordam beradi.
Oʻsimliklarning yashil qismi hamda ulardan olinadigan moyda (mas., kungaboqar moyida) moʻl
boʻladi.
Filloxinon (K vitamin) — qon ivishining asosiy omillaridan biri. Organizmda K vitamin
yetishmaganda turli aʼzolar (burun, milk, meʼda-ichak va b.)dan qon ketishi kuzatiladi. Filloxinon
salat, karam, ismaloq, qichitqi oʻtning yashil qismida boʻladi. Yuqorida aytib oʻtilgan V.dan
tashqari, organizm uchun zarur boʻlgan boshqa biologik faol moddalar (vitaminsimon birikmalar)
ham bor. Bularga bioflavonoidlar, xolin, inozit, lipoat, orot, pangamat, paraaminbenzoat kislotalari
va b. moddalar kiradi.
Meva, sabzavot va b. masalliqlar uzok, saqlanganda va notoʻgʻri pishirilganda V. kamayadi.
V.dan eng beqarori askorbin kislota boʻlib, uni oftob, issiq va nam havo buzib qoʻyadi. Ovqat
pishirganda V., ayniqsa askorbin kislota yaxshi saqlanishi uchun sabzavotni tez artib, yuvib.
toʻgʻrab, qaynab turgan suvga solish, qozon qopqogʻini yopib qoʻyish kerak. V. preparatlari
dorixonalarda mavjud, ammo biologik taʼsiri kuchli boʻlgani uchun V.ni faqat vrach maslahati bilan
qabul qilish lozim.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Adabiyotlar


Soʻnggi tahrir 1 oy avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
title=Vitaminlar&oldid=2862194

dan olindi

Download 115.74 Kb.




Download 115.74 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vita hayot,darmon dori tirik organizmning hayot faoliyati va normal

Download 115.74 Kb.
Pdf ko'rish