• Vitamin A
  • Vitaminlarning aniqlash uslublari.
  • Vitaminlarning tabiatda tarqalishi, ahamiyati




    Download 489 Kb.
    bet2/3
    Sana15.05.2023
    Hajmi489 Kb.
    #59894
    1   2   3
    Bog'liq
    Vitaminlar ishlab chiqarish texnologiyasi
    Модель ОСИ, 18-ma\'ruza, xfx

    Vitaminlarning tabiatda tarqalishi, ahamiyati.

    • Vitaminlar-ovqat tarkibida uchraydigan oziqa omillari bo’lib, butun organizmda moddalar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadigan, biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni normal kechishini ta’minlaydigan moddalardir. Bu moddalarni tuzilishi, funksiyasi, mikdoriy o’zgarishlarini o’rganuvchi fan vitaminologiya deyiladi.
    • Moddalar va energiyani almashinuv jarayonini me’yor darajada kechishini izdan chiqishi ko’pincha vataminlarning organizmga kirib kelishini yetarli bo’lmasligi yoki umuman oziqa tarkibida bo’lmasligi bilan bog’liq.
    • Vitaminning organizmga kirib kelishini umuman to’xtashi avitaminoz kasalligini, ularning yetarlicha kirib kelmasligi-gipovitaminoz kasalligini keltirib chiqaradi. Odamda amaliy jihatdan kasallikning ikki xili uchraydi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning ayrim xududlarida aholi ko’pincha o’simlik mahsulotlaridan iborat bo’lgan va hamisha bir xil oziq-ovqatlarni iste’mol qiladilar. Shu sababli bu vohalarda vitaminlarning tanqisligi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar uchraydi.

    Vitamin A

    Endogen omillar bilan bog’lik gipo- va avitaminoz kasalliklari o’ziga xos sabablarga bog’lik holda kelib chiqadi.

    • Ular jumlasiga:
    • Ba’zi fiziologik xolatlarda vitaminlarga bo’lgan extiyojni oshishi. Bunga xomiladorlik, laktasiya, tireotoksikoz va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
    • Ichakda mikrofloraning rivojlanishi ya’ni infeksion jarayonlar tufayli vitaminlarni parchalanib ketishi.
    • Ichakni sekretor va motor funktsiyasini izdan chiqishi tufayli vitaminlarni so’rilishini susayishi.
    • Jigar, oshqozon osti bezi kasalliklari tufayli o’t yo’lini to’sib qo’yilishi natijasida yog’lar so’rilishini va bu orqali yog’da eruvchi vitaminlarning so’rilishini izdan chiqishi.

    Vitaminlarning aniqlash uslublari.

    • Vitaminlar xilma-xil kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan hamda asosan o’simliklar, qisman mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadigan past molekulali organik moddalar hisoblanadi.
    • Ba’zi xollarda vitaminlar hayvonlar to’qimalarida ham provitaminlardan kimyoviy almashinuv reaksiyalari natijasida hosil bo’lishi mumkin. Provitaminlarga yaqqol misol sifatida o’simliklarning organlarida uchrovchi bo’yoq maxsulotlar-karotin (α, β, γ) larni keltirish mumkin. Ulardan hayvon organizmi to’qimalarida vitamin A, (retinol) hosil bo’ladi. Vitaminlar uchun ularning molekulyar tuzilmasidagi maxsuslik xususiyati alohida ahamiyat kasb etadi. Ko’pincha vitaminlarning molekulasi tuzilmasida qisman o’zgarish paydo bo’lishi (qo’sh bog’ning siljishi, bir xil radikalning boshqa radikalga almashinishi h.k.z. lar) biologik faollikni o’zgarishini keltirib chiqaradi.
    • Vitamin B

    Download 489 Kb.
    1   2   3




    Download 489 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vitaminlarning tabiatda tarqalishi, ahamiyati

    Download 489 Kb.