• Vektorli grafika Rastrli (nuqtali) grafika
  • Adobe Photoshop va Paint
  • MathCad, MathLab, Maplelarni
  • Kompyuter grafikasi turlari




    Download 6.05 Mb.
    bet2/3
    Sana27.10.2022
    Hajmi6.05 Mb.
    #28245
    1   2   3
    Bog'liq
    3. Kompyuter grafikasi
    rtrtetwt, ADABIYOTLAR RO\'yxati, Оборотно сальдовая ведомость за 2023 г ООО 105 22 Малика Очилова (6)
    Kompyuter grafikasi turlari
    Hozirgi kunda kompyuter grafikasi asosan uch turga bo’lib o’rganiladi:
    • rastrli grafika;
    • vektorli grafika;
    • fraktal grafika.

    • Ular o’rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o’tish usulidan iborat. Shuningdek ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog`ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubkalarga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan traektoriya bo’ylab bir marta chopib o’tadi, uning izi esa ekranda keyinga buyruq berilguncha saqlanib qoladi.

    Vektorli grafikaning asosiy elementi – chiziqdir. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga mo’ljallangan. Vektorli grafika muxarrirlariga misol qilib Adobe Illustrator, Corel Draw va Macromediya Flashlarni keltirish mumkin.
    Ushbu dasturiy vositalarda ishlangan rasmlar nuqtalar koordinatalari xamda ushbu nuqtalardan o’tuvchi chiziqlar xamda vektorlar formulalaridan iborat bo’ladi. Vektorli grafikada yaratilgan tasvirlar logotip, illyustratsiyalar va zastavkalar yaratishda foydalaniladi.
    Vektorli grafika
    Rastrli (nuqtali) grafika deb - bir xil o’lcham va yacheykalarga ega bo’lgan nuqtalar (piksellar) to’plami orqali tasvirlangan tekis geometrik shakllarga aytiladi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo’ljallangan ko’pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo’ljallangan.
    Rastrli grafika muxarrirlariga misol kilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarni keltirish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat - piksellardan iborat bulib mozaika holatida rasmni xosil qiladi. Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi.
    Rastrli (nuqtali) grafika
    Fraktal grafika – bu hisoblash grafikasidir. Tasvir formula asosida quriladi. Kompyuter xotirasida tasvir emas formula saqlanadi. Uning yordamida cheksiz xar-xil tasvirlarni olish mumkin. Fraktal grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalarga misol qilib MathCad, MathLab, Maplelarni keltirish mumkin.
    Fraktal grafika - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir. Fraktal grafika odatda o’yin dasturlarini yaratishda ko’proq qo’llaniladi. Fraktal grafikada tasvirlar tenglamalar yordamida quriladi. Bunda tenglama koeffitsientlarini o’zgartirish yordamida har xil rasmlarni olish mumkin.
    Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo’lib, uning vektorli grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday ob`ektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar o’zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi.
    Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan.
    Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo’llaniladi.

    Download 6.05 Mb.
    1   2   3




    Download 6.05 Mb.