• Mundarija
  • Web dasturlash”




    Download 1.54 Mb.
    bet1/3
    Sana25.10.2022
    Hajmi1.54 Mb.
    #28044
      1   2   3
    Bog'liq
    paradigma
    Yangiboyev Zokir Hisobot, 11-amaliy mashg‘ulot, Akrom, Амелий № 3, JQ Koьп таш этиш 2022-2023 uzb, Maruza-1, 1-lab Ravshan, Амелий №1, 4 lab Ravshan, 3-seminar mashg‘ulot Mavzu O‘qish darslarida ilmiy–ommabop asar, KRIPTOGRAFIK USULLAR OQUV QOLLANMA, 1.1, 1-M, Tenglamalar tizimi ko’rinishidagi ekonometrik model

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    FARG’ONA FILIALI TT va KT fakulteti Dasturiy injinering yo’nalishi
    651-20 guruh talabasi Asror Turdaliyev
    Web dasturlash”
    fanidan
    Mashg’ulot ishi


    Topshirdi: A.Turdaliyev
    A.Mirzaxmedov
    Qabul qildi: B.Uzaqov

    Mundarija


    Kirish 4
    Asosiy qism 8
    Header 8
    Main section 12
    Footer 23
    Xulosa 26
    Foydalanilgan adabiyotlar: 28



    Reja:

    1. Kirish

    2. Asosiy qisim

    1. Header

    2. Main

    3. Footer

    1. Xulosa







    Kirish


    Men o’z loyiha ishimni HTML, CSS, va dasturlash tillaridan JAVA SCRIPT dasturlash tilidan foydalanib yaratim. HTML bu dasturlash tili hisoblanmaydi bu inglizchada Hypertext Markup Language ya’ni gipermatinli belgilash tili. HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qoʻshildi.
    HTML versiyalari:
    RFC 1866 – HTML 2.0 standarti (22-sentabr 1995-yil)
    HTML 3.2 – 14-yanvar 1996-yil
    HTML 4.01 – 24-dekabr 1999-yil
    ISO/IEC 15445:2000
    So’ngi versiya 15-may 2000-yil
    CSS bu Cascading Style Sheets ya’ni Kaskadli uslublar jadvallari ya’ni stillar jamlamasi CSS ning toʻliq shakli 1997-yil tashkil topgan boʻlib, „WWW Consorcium“da qoʻllab quvvatlangan va foydalanishga taqdim etilgan. Dastlab, CSS kodlarini Netscape Navigator 4.0 va Internet Explorer 4.0 brauzerlari tushuna olgan, hozirgi kunda CSS kodlarni istalgan brauzerlar qoʻllab quvvatlay oladi.
    CSS elementlarni ekranda, qogʻozda va yoki boshqa medialarda koʻrinishini tasvirlaydi. CSS veb sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. Hamda bir vaqtning oʻzida bir nechta veb sahifalarni dizaynini oʻzgartirish mumkin. Biror bir veb sahifani turli xil qurilmalarda turli xil koʻrinishini ham taʼminlaydi. CSS file .css formati orqali tashqi xotira saqlab qoʻyishingiz va kezi kelganda veb sahifaning HTML kodini oʻzgartirmasdan, faqat CSS faylni oʻzgartirish orqali veb sahifaga yangidan koʻrinish berishimiz mumkin. Qisqacha qilib aytadigan boʻlsak, HTML faqat veb sahifani kodlarini yozish uchun ishlatiladi, HTML da ham veb sahifaga dizayn bersa boʻladi, lekin bu juda uzoq jarayon talab qilgani bois, CSS bu vazifani oʻz boʻyniga olgan.
    CSS ning boshqa tillardan bitta ustun tarafi shundan iboratki, CSS kodlarini kompilatsiya qilish uchun, hech qanday kompillyatorlar, redaktorlar yoki biror bir dasturlar shart emas. Bizga oddiygina Internet Explorer va shu kabi brauzerlar kifoya. Brauzerlar orqali biz CSS kodlarini bemalol tahlil qilishimiz, natijamizni toʻgʻridan toʻgʻri koʻrishimiz mumkin.
    Java script bu juda yosh va juda tez rivojlanayotgan dasturlash tili hisoblanadi hozirda Java script nafaqat veb yo’nalishida balkim backend, android, o’yinlar yaratishda va h.k. Java script frontend yo’nalishida yagona dasturlash tili hisobanadi
    Imkoniyatlar - Ushbu dastur Liveware Javascript tilining avlodi boʻlib, Netscape serveri tomonidan ishlovchi vosita boʻladi. Ammo Javascript tilini mashhur qilgan narsa bu xaridor tomonidan dasturlashdir. Javascriptning asosiy vazifasi — HTML konteynerlar atributlarining qiymatlarini va koʻrsatuvchi muhitining xossalirini HTML sarlavhalarni koʻrish jarayonida foydalanuvchi tomonidan oʻzgartirish imkoniyatlarida, boshqacha aytganda ularni dinamik sarlavhalar qilish (DHTML) tushuniladi. Yana shuni aytish joizki, sarlavhalar qayta yuklanmaydi. Amalda buni, masalan, quydagicha ifodalash mumkin, sarlavhaning fonining rangini yoki hujjatdagi rasmni oʻzgartirish, yangi oyna ochish yoki ogohlantirish oynasini chiqarish.
    „JavaScript“ nomi Netscape kompaniyasining xususiy maxsuloti hisoblanadi. Microsoft tomonidan amalga oshirilgan til rasman Jscript deb nomlanadi. Jscript versiyalari Javascriptning mos versiyalari bilan mos keladi (aniqroq qilib aytganda oxirigacha emas).
    Javascript, ECMA (European Computer Manufacturers Association — Yeropa kompyuter ishlab chiqaruvchilar assotsiyatsiyasi) tomonidan standartlashtirilgan. Mos standartlar quydagicha nomlanadi: ECMA-262 va ISO-16262. Ushbu standartlar bilan Javascript 1.1ga taqriban ekvivalent ECMAScript tili aniqlanadi. Eslatish joizki, bugungi kunda Javascript ning hamma versiyalari ham ECMA standartlariga mos kelavermaydi. Mazkur kurs yoki qoʻllanmada barcha hollarda biz Javascript nomidan foydalanamiz.
    Xususiyatlar - Javascript, bu Internet uchun katta boʻlmagan xaridor va server ilovalarni yaratishga moʻljallangan nisbatan oddiy jismga yoʻnaltirilgan til. Javascript tilida tuzilgan dasturlar HTML hujjatning ichiga joylashtirilib ular bilan birga uzatiladi. Kurish dasturlari (brauzerlar va hokazo) Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer hujjat matniga joylashtirilgan dasturlarni (Scriptkod) uzatishadi va bajarishadi. Shunday qilib, Javascript — interpritatorli dasturlash tili hisoblanadi. Javascriptda tuzilgan dasturlarga foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan maʼlumotlarni tekshirayotgan yoki hujjatni ochganda yoki yopganda biror bir amallarni bajaruvchi dasturlar misol boʻlishi mumkin.
    JavaScriptʼda yaratilgan dasturlarga misol sifatida foydalanuvchi tomonidan kiritilgan maʼlumotlarni tekshiruvchi, hujjatni ochish yoki yopish vaqtida qandaydir amallarni bajaruvchi dasturlarni keltirish mumkin. Bunday dasturlar foydalanuvchi tomonidan berilgan koʻrsatmalarga — sichqoncha tugmachasini bosilishiga, maʼlumotlarni ekran orqali kiritishiga yoki sichqonchani sahifa boʻylab siljitilishiga koʻra ish bajaradi. Bundan tashqari JavaScript dagi dasturlar brauzerning olzini va hujjatning atributlarini ham boshqarishi mumkin.
    JavaScript dasturlash tili sintaktik jihatdan Java dasturlash tiliga, jismli modellashni istisno qilgan holda, oʻxshab ketsada, lekin maʼlumotlarni statik turlari va qatʼiy tiplashtirish kabi xususiyatlarga ega boʻlmaydi. JavaScript, Java dasturlash tilidan farq qilib, sinf tushunchasi bu tilning asosiy sintaktik qurilmasi hisoblanmaydi. Bunday asos sifatida foydalanilayotgan tizim tomonidan qolllab-quvvatlanayotgan, oldindan aniqlangan maʼlumot tiplari: sonli, mantiqiy va satrli; mustaqil ham boʻlishi, jismning usuli sifatida ham ishlatilishi mumkin bollgan funksiyalar; katta sondagi uz xossalariga va usullariga ega boʻlgan hamda oldindan aniqlangan jismlardan iborat jismli model va yana dastur ichida foydalanuvchi tomonidan yangi jismlarni berish qoidalari hisoblanadi. JavaScriptʼda dasturlar yaratish uchun hech qanday qoʻshimcha vositalar kerak boʻlmaydi, faqatgina tegishli versiyadagi JavaScript qoʻllanishi mumkin boʻlgan brauzer va DHTML hujjatlarni yaratishga imkon beruvchi matn muharriri kerak boʻladi.


    Download 1.54 Mb.
      1   2   3




    Download 1.54 Mb.