|
Windows operatsion tizimlari
|
bet | 11/30 | Sana | 02.03.2022 | Hajmi | 420 Kb. | | #354 |
Otobrajat chasi (Soatni aks ettirish) holati masalalar panelida soat indikatorini ko`rsatadi.
Ish stoli fon vazifasini bajaruvchi biror rasm bilan qoplangan bo`ladi. Bu rasmni almashtirish uchun quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
- ish stoli fonining kontekst menysidan Svoystva (Xususiyatlar) buyrug`ini ishga tushirish yoki Panel upravleniya [Control Panel -Boshqarish paneli] papkasidagi Ekran obyektining oynasini ochish kerak;
- Ochilgan muloqot oynasining Fon sahifasiga o`tamiz (Fonning rasmi sifatida tasvirni (muloqot oynasining Fonoviy uzor (Fonning tasviri) sohasi yoki oboy (bezaklar)ni (muloqot oynasining Risunok (Rasm) sohasi) tanlash mumkin;
- OK yoki Primenit (Qo`llash) tugmasini bosamiz.
Oboy har doim fon tasvirining ustidan yopib turadi. Shuning uchun ham oboyni o`rnatgan vaqtda Fonoviy uzor (Fon tasviri) sohasidagi (net) (yo`q) elementini tanlashga hojat yo`q.
Odatda oboylar tasvirdan ko`ra chiroyliroq ko`rinadi. Lekin shuni esda tutish kerakki, Windows ishlashi davomida bu rasmlar operativ xotirada joy egallab turadi. Rasm qancha sifatli va katta bo`lsa, unga shuncha ko`p xotira kerak bo`ladi.
Monitor ekranining pauzasi
Odatda kompyuterda vaqtincha ishlamaganda uni o`chirish tavsiya qilinmaydi. Bu vaqtda monitor ekrani ma'lum vaqtdan so`ng o`zi o`chib, ekranda biror bir rasm yoki harakatdagi tasvir paydo bo`ladi. Bu tasvir ekran zastavkasi deb ataladi. Monitor ekranining o`chish xususiyatlarini Svoystva: Ekran (Ekran xususiyatlari) muloqot oynasining Bu sahifa ochilgandan so`ng quyidagi ishlarni bajarish kerak:
– Oynaning Zastavka sohasida o`zingizga yoqqan tasvirni tanlash kerak;
– Parametri buyrug` tugmasini bosib, zastavka parametrlari o`rnatiladi;
– kompyuter ishsiz turgan holatda ekranning o`chishigacha bo`lgan vaqt o`rnatiladi;
– OK yoki Primenit tugmasi bosiladi.
Agar monitor ekranining pauzasi vaqtida boshqa foydalanuvchining kompyuterda ishlashini xohlamasangiz ekran zastavkasini o`chirishga parol qo`yishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi:
1) Zastavka [Screen Saver-Zastavka] sahifasida Parol [Password Protected-Parol] satrida sichqoncha bir marta bosiladi;
2) Smenit [Change-Almashtirish] buyrug` tugmasi bosiladi
3) ochilgan Izmeneniye parolya muloqot oynasida
– Noviy parol [ New password-Yangi parol] maydonida parol kiritiladi;
– Podtverjdeniye [Confirm new password-Yangi parolni ta'kidlash] maydonida yangi parol qaytadan kiritiladi. Parolning har bir belgisi monitor ekranida yulduzcha «**» ko`rinishida akslanadi;
|
| |