• «Rasmlarni toʻgʻri joylashtir» metodi
  • Wsrjournal com 1 boshlang`ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish




    Download 309.43 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/7
    Sana25.02.2023
    Hajmi309.43 Kb.
    #43548
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    BOSHLANG`ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
    Iteratorlar va ularning vazifalari, 2-mustaqil ish sertifkatlashtirish, sezgi a\'zolari, tex ijod oraliq, maxsulot tayyorlash sirtqi uchun topshiriq 2022 , mashina-choki-turlari-birlashtiruvchi-choklar-ziy-choklar, mustaqil ish makroiqtisodiyot, Mustaqil ishi-3, 5-amaliy mashg\'ulot, masalalar to`plami 2008, sdasturlash tilini organish, KT fanidan test savol namunasi, Pedagogika va psixalogiya 1-mustaqil ish, Ms Power Pointda giperssilkalar o’rnatish. Mavzulashtirilgan sha-fayllar.org
    «3/3» («4/4», «5/5», ...) metodi 
    Mazkur metod ham yuqorida qayd etilgan metodlarning muqobili hisoblanib, tahsil 
    oluvchilardan oʻrganilayotgan mavzu (yoki boʻlim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish
    shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Unga koʻra 
    oʻqituvchi mavzu (boʻlim, bob) yuzasidan uchta (toʻrtta, beshta va hokazo) toʻgʻri va unga teng 
    nisbatda (uchta, toʻrtta, beshta) boʻlgan va nooʻrin qoʻllanilgan tushunchalar (soʻzlar, belgilar, 
    tasvirlar va boshqalar)dan iborat tizimni shakllantiradi. Tahsil oluvchilar ushbu tizimdan mavzu 
    (boʻlim, bob)ga taalluqli boʻlmagan tushunchalarni ajratadilar va harakatlarining mohiyatini 
    izohlaydilar.
    Metodni qoʻllashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi: 
    - oʻqituvchi oʻzaro teng nisbatda mavzu (boʻlim, bob)ga oid va oid boʻlmagan asosiy 
    tushunchalar tizimi yaratadi;
    - tahsil oluvchilar mavzu (boʻlim, bob)ga oid va oid boʻlmagan asosiy tushunchalarni 
    aniqlaydilar va daxldor boʻlmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar; 
    - tahsil oluvchilar oʻz harakatlarining mohiyatini izohlaydilar. 
    Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda tahsil oluvchilar tomonidan mavzuning 
    puxta oʻzlashtirilishini ta'minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish 
    mumkin.
     «Rasmlarni toʻgʻri joylashtir» metodi 
    Kichik guruhlarda ishlashda ushbu metoddan foydalanish ham ijobiy natijalarni 
    kafolatlaydi. Metodni qoʻllashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 
    - oʻqituvchi tomonidan oʻrganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketmaketlikda 
    yoritishga
    - xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi (har 
    bir kartochkaning orqa tomoniga mavzu mohiyatini yorituvchi «yadro» tushunchaning bittadan 
    harfi joylashtiriladi va maxsus qoplama bilan berkitiladi); 
    - har bir guruhga maxsus kartochkalarning alohida majmusi topshiriladi va kartochkalarni 
    ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy ketmaketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi; 
    - guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib boʻlingach, kartochkalarning orqa tomoni 
    oʻgiriladi va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay darajada toʻgʻri bajarilganligi 
    aniqlanadi.
    Agar topshiriq guruhlar tomonidan toʻgʻri bajarilgan boʻlsa, yakuniy jarayonda 
    kartochkalar orqa tomonga oʻgirilganda mavzuning mohiyatini yorituvchi «yadro» tushuncha 
    hosil boʻladi. 
    Metoddan foydalanishning afzalligi shundaki, bu jarayonda tahsil oluvchilarda mavzuni 
    muayyan qismlarga boʻlib oʻrganish va qismlar oʻrtasidagi mantiqiy bogʻliqlik hamda 
    aloqadorlikni analiz va sintez asosida aniqlash koʻnikmalari hosil qilinadi.

    Download 309.43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 309.43 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Wsrjournal com 1 boshlang`ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish

    Download 309.43 Kb.
    Pdf ko'rish