X I bob. Sim siz aloqa tk 1m larida axborot him oyasi




Download 393.36 Kb.
bet3/3
Sana31.10.2022
Hajmi393.36 Kb.
#28632
1   2   3
Bog'liq
rmav mustaqil iw
Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq
Rouming shunday funksiya - birorta operatorning abonentiga boshqa bir operator tizimida xizmat ko‘rsatish protsedurasidir. Rouming atamasi ingliz tilidan “roam” – darbadorlik, sang‘ib yurish, ko‘chib yurish ma’nosini bildiradi, ya’ni rouming xizmatidan foydalanuvchi abonentni roumer deb ataladi (ingliz tilida “roamer”). Roumingni amalga oshirish uchun uni hosil qilish imkonini beradigan texnik taxmin bo‘lishi shart. Ya’ni, eng sodda holda ikkala foydalanuvchi tizimlarda bir xil standartli sotali aloqa bo‘lishi zarur va ta’luqli kompaniya-operatorlar orasida rouming xizmatini ko‘rsatish o‘zaro kelishuv shartnomasi ishlashi kerak. Mobil aloqaning taraqqiyoti evaziga tizimlari orasida ham rouming imkoniyati vujudga keladi.
Roumingni barpo etish uchun KSATlar bir xil standartda ishlashi kerak, ko‘chma aloqaning kommutatsiya markazlari va abonent joylanish haqidagi ma’muriy almashishi uchun maxsus aloqa kanallari bilan bog‘langan bo‘lishi zarur. Rouming taqdim qilish uchun quyidagi uchta shart bajarilishi kerak:

  • talab qilinuvchi mintaqalarda radiotelefon sotib olingan kompaniya standartiga moslashtirilgan KSAT mavjudligi;

  • abonentlarga rouming xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy va iqtisodiy shartnomalar bo‘lishi;

  • rouming abonentlariga tovush va boshqa axborot uzatishni ta’minlovchi aloqa kanallarining tizimlar orasida mavjudligi.

Uch xil rouming bir-biridan farq qiladi:

  • avtomatik;

  • yarim avtomatik – bu yerda abonent biror bir xudud xizmatidan foydalanishi uchun u bu haqida o‘zining operatorini oldindan bildirib qo‘yishi zarur;

  • qo‘lda, ya’ni radiotelefonni boshqa operatorning KSATiga ulanganiga almashtirish.

Roumingni tashkil etishning ideal va juda soddalashtirilgan sxemasi quyidagicha bo‘lishi mumkin. Masalan sotali aloqa abonent rouming xizmat ko‘rsata biladigan boshqa “begona” tizimning hududiga borib oddiy yo‘l bilan xuddi “o‘zining” xududidagi tizim joylashgan kabi chaqiriq jo‘natadi, ya’ni biror nomerga telefon qiladi.
Kommutatsiya markazi esa uning xonadon registrida bo‘lgan abonent ro‘yxatida yo‘qligini aniqlab “mehmon” registri roumer sifatida kiritib qo‘yadi. Bir vaqtning o‘zida (yoki biror kechikish bilan) “o‘zining” tizimidagi xonadon roumer registridan uning haqidagi va xizmatni amalga oshirish (shifr, tisdiqlangan shartnomalar) ma’lumotlarni so‘raydi va ayni paytda qaysi tizimda roumer joylashganligi haqida xabar beradi, so‘ngi axborot roumeri asli xonadon registrida qayd etiladi. Bundan so‘ng roumer huddi o‘zining uyida kabi sotali aloqadan foydalanadi. Undan chaqiruvchi chaqiriqlarga odatdagidek, unga ta’luqli ma’lumotlar xonadon registrida emas, balki mehmon registrida, uning nomeriga kelib tushuvchi chaqiriqlar (vatanidagi) uyidagi tizim orqali roumer mehmon bo‘lib turgan joyning tizimiga qayta adreslanadi. Roumer o‘zining hududiga qaytib kelgandan so‘ng xonadon registridagi oldingi tizimning adresi o‘chiriladi, va roumerning u tizimdagi saqlanib qolgan ma’lumotlari o‘chiriladi. Rouming xizmat to‘lovi abonent o‘zining tizimini to‘laydi. Kompaniya operatori o‘z navbatida shartnoma asosida xizmat ko‘rsatgan boshqa hudud tizimiga to‘lovni o‘tkazadi.
Bayon qilingan sxema avtomatik roumingga ta’luqlidir. Buni yakunlash uchun bu sxema kompaniyalararo hisob-kitobni avtomatik yo‘l bilan bajaruvchi tizim bilan qo‘shib to‘ldirilgan bo‘lishi lozim. Bu masala o‘zining echilishi bo‘yicha ancha murakkabdir, chunki kompaniya-operatorlari orasidagi o‘zaro hisob-kitoblar shartnomalar o‘zgarib turishi tufayli tez-tez o‘zgarib turadi. Avtomatik roumingning teskarisi bu qo‘lda amal qilish yoki adminstrativ yo‘li bilan amalga oshirishdir.
Qo‘l roumingi holatida abonent o‘zining kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilib boshqa tizim hududiga borataning oldindan xabar beradi va boshqa hududga kelishi bilan mahalliy kompaniya – operatorni o‘zining kirib kelganligi bilan ma’lum qiladi. Kerakli ma’lumotlar yangi operatorlar tomonidan ta’luqli kommutatsiya markazining mehmon va xonadon registrlariga kiritiladi.
Oraliq variantlar ham mavjud bo‘lgan yangi alohida qayd qilish protsedurasi bilan oshirish, faqat tizimdan kelgan chaqiriqni aniq marshrutlash yo‘li bilan va h.k.
Roumingni tashkil qilish markazi to‘la bo‘lmagan bo‘lar edi, agar rouminga xos ayrim muammolar va tarix momentlari eslab o‘tilmasa. Sota aloqasi paydo bo‘layotganda rouming tushunchasining o‘zi yo‘q edi, shuning uchun muommalar ham paydo bo‘lmagan edi, sotali aloqaning shunchalik taraqqiy topishiga va keng ko‘lamda tarqalishini hech kim oldindan aytib berishi mumkin bo‘lmagan. Shu sababli rouming sota tizimlarning rivojlanishi har xil standartlarda, mamlakatlarda va mintaqalarda har xil texnikaviy va tashkiliy echimlar asta sekin ro‘yobga chiqa boshladi.
Roumingning sezilarli rivojlanishini analog standart AMPS (Shimoliy Amerika) va NMT (Skandinaviya)larda topdi, lekin raqamli standartlarning paydo bo‘lishi undagi ko‘pgina qabul qilingan echimlarni qayta ko‘rib chiqishini taqazo etdi. Raqamli standart D-AMPSdagi rouming masalasining echilishi tizimlararo operatsiyalarni belgilovchi alohida IS-41 standartiga tayanadi. Bularga nisbatan GSM standarti ancha qulay imkoniyatiga ega, chunki u eng boshidan umumevropalik tarzda loyhalashtirilib ishlab chiqara boshlandi va unda rouming protsedurasi majburiy element bo‘lib joylashtirilgan. Bundan tashqari, GSM standarti SIM kartali yoki plastik rouming deb ataluvchi rouming imkoniyati mavjud. Bunda GSM (GSM 900, GSM 1800 GSM 1900) standartlarining turli xil variantdagi apparatlari orasida SIM kartani o‘rin almashtirib ishlatish mumkin, chunki GSM standartining uchala variantida ham unifikatsiyalangan SIM kartalar foydalaniladi. Ikki rejimli va kelajakda uch rejimli abonent terminallarining (GSM 900/GSM 1800/GSM 1900) paydo bo‘lishi bilan GSM standartidagi rouming protsedurasi yanada ko‘p qulaylik olib kelmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, GSM standarti hali o‘zining ko‘p imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarib ulgurgani yo‘q, xususan unga kiritilgan prinsipial texnik echimlarni.
Rouming rivojlanishiga doir ayrim texnikaviy va tashkiliy qiyinchiliklarni ko‘rsatib ketishi zarur. Ular ichiga: abonentlarni autentifakatsiya qilish masalasi (initsiativ va hatto agressiv froda muqarrar bo‘lish tufayli); rouming xizmatlar to‘lovini tashkillashtirish rouming geografiyasining kengayishi va uning masshtabini oshishi bilan ancha murakkablashishi; proteksionizm (masalan ayrim mamlakatlarda xorijda ishlab chiqarilgan apparatning ishlatilishi taqiqlanadi)2.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, mintaqalararo va xalqaro aloqalarning nihoyatda qatta o‘sish va ish yuzasidan aloqalarni tashkillashtirishda sota aloqaning avtomatik to‘laqonli roumingni barpo qilish aktual muommolardan biri bo‘lib qoladi va uni echishda qo‘shimcha ishlar bajarilishi talab etiladi.
“No-3GPP” tarmoqlar bilan «rouming»ni amalga oshirishning asoslari shundan iboratki, bunday tarmoqlar ishonchli (ya’ni xavfsizlikni ta’minlash choralari ko‘rilgan) hamda ishonchsiz tarmoqlarga bo‘linadi. Ishonchsiz tarmoqlarni ishonchli tarmoq toifasiga o‘tkazish uchun maxsus xavfsizlik protokollaridan foydalaniladi va mos ravishda “mehmon” tarmog‘idan “uy” tarmog‘i yo‘nalishida trafikni o‘tkazish uchun tunnellar hosil qilinadi. AAA-serverlari orasida o‘zaro aloqani tashkil qilishda Diameter protokolidan foydalaniladi. (3.18-rasm).
Bugungi kunda mavjud LTE tarmoqlarida «rouming» xizmatidan xali etarlicha faol foydalanilmayapdi. Buning asosiy sabablari - turli mamlakatlarda turlicha chastota diapazonlaridan foydalanilayotganligi hamda ko‘p rejimli va ko‘p chastotali abonent qurilmalarining etishmasligidir Lekin, shunga qaramasdan, LTE tarmoqlari orasida «rouming»ni ta’minlash bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun, Ericsson hamda Qualcomm kompaniyalari SRVCC (ingl. Standardized Single Radio Voice Call Continuity) xizmati yordamida abonentning LTE tarmog‘idan WCDMA yoki GSM tarmoqlari xizmat xududiga o‘tishda uzluksiz «rouming»ni amalga oshirish imkoniyatini namoyish etishdi. Ushbu texnologiyaning afzalligi shundaki, u nafaqat ma’lumot uzatishni, balki, ovoz trafigini uzatishni, SMS hamda multimedia xizmatlarini ham ta’minlaydi.

5.1- rasm . GSMga ko’p qirrali kirish (dustup)

LTE tarmoqlarida «rouming»ni joriy qilish bo‘yicha ishlar O‘zbekistonda ham jadal ravishda olib borildi. Masalan, 2010 yilda MTS kompaniyasi (Rossiya) “MTS Uzbekiston” hamda “VivaSell-MTS” (Armaniston) kompaniyalari orasida 2,6GGs diapazonida xalqaro «rouming»ni tashkil qildi.




5.2- rasm. TKP boshqaruv kanalini hosil qilish

5.3-rasm. GSM vaqt intervali

5.4-rasm. «Rouming» jarayonida LTE tarmoqlarining “no-3GPP” tarmoqlari bilan PMIPv6 protokoli asosida o‘zaro hamkorligi




5.5- rasm. TCH/FS kodlash kanali

5.6- rasm. TCH / FS o’zgarish tartibi

5.7- rasm. SACCH multifreymeni DTX rejimida quvvat o’zgarishi


Sinov jarayonida Samsung GT B3710 hamda Huawei E398 rusumli modemlardan foydalanildi

5.8- rasm. BER tizimini deshifratorda baholash


«Rouming» xizmatlarini sinovdan o‘tkazish muvaffaqiyatli amalga oshdi hamda o‘zaro «LTE-rouming» ni qo‘llab quvvatlash uchun zaruriy jarayonlarni tashkil etish maqsadida kompaniyalar o‘zaro hamkorlikni boshlashdi .



1 W. Heger. GSM vs. CDMA. GSM Global System for Mobile Communications. Proceedings of the GSM Promotion Seminar 1994 GSM
MoU Group in Cooperation with ETSI GSM Members. 15 December 1994. p.p.3.1-1 - 3.1-18.



2 P. Vander. Arend Security Aspects and the Implementation in the GSM- System. ConferenceProceedings DCRC, 12-14 October 1988. Hagen FRG. p.p.4a/1-4a/7.



Download 393.36 Kb.
1   2   3




Download 393.36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



X I bob. Sim siz aloqa tk 1m larida axborot him oyasi

Download 393.36 Kb.