Hunarmandchilik maktablari




Download 2,88 Mb.
bet5/69
Sana03.01.2024
Hajmi2,88 Mb.
#129770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
Hujjat (1)

Hunarmandchilik maktablari. Toshkent ganchkorlik maktabi ham o`ziga xos maktablari bilan ajralib turadi. Bu maktabga xos naqshlar nozikligi aniq simmetrik taqsimga egaligi, jozibadorligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Toshkent ganchkorlik maktabi namoyondalari safida Usmon Ikromov, Toshpo`lat Arslonqulov, Mahmud Usmonov, Anvar po`latov, Mirmahmud Rahmatov,aka-uka Abdurahmon va Mo`min Sultonovlar, Hayot Abdullayev, Ziyodulla Yusupov, Umar Tohirov, Mirvohid Usmonov kabi qator yetuk ustalar faoliyat olib borishadi.
Buxoro ganchkorlik maktabi san`atining eng rivojlangan joyi va o`chog`i hisoblanadi. Zero, bu san`at o`yma ganchlarning yirik hamda o`ziga xos mayinligi, jozibadorligi va boshqa tomonlari bilan ajralib turadi. Buxoro ganchkorlik maktabining eng yirik namoyondalaridan birak ademik Usta Shirin Murodovdir. Buxoro ganchkorlik maktabi namoyondalari Usta Safar, Usta Adis, Usta Savri, Usta Islom, Usta Ikrom, Usta Jo`ra, Usta Qurbon Yuldoshev, Usta Ibrohim Hafizov, Usta Narzillo, Usta Hayot Nosirov va boshqalardir.
Hunarmandlar qadimdan bir-birlari bilan birikib bir mahallada yashaganlar, Shuning uchun mahallalarning nomi ko`pchilik qaysi hunar bilan shug`ullansa shu nom bilan yoritilgan. Masalan, zargarlik bilan shug`ullansa zargarlik (zargaron), misgarlik bilan shug`ullansa misgarlik (misgaron) mahallasi deb yuritilgan va h.
Samarqandda o`rta asrlarda mashhur Registon maydoni yaqinida nodir metallarga badiiy ishlov beruvchi xalq ustalari mahallasi – “Zargaron” mavjud bo`lib, maxsus hovlilarda ustalar o`zlari tayyorlagan noyob san`at asarlarini va buyurtmalarini sotib hayot kechirganlar.
Buxorodagi Misgaron va Zargaron savdo rastalari ham metallga badiiy ishlov berish san`atining hamda metallga badiiy ishlov berishasosida rivojlangan milliy hunarmandchilik kasblarni O`rta Osiyoda qadimdan rivojlanib kelayotganligining isbotidir. Hozirgi davrda ham O`zbekistonda metallga badiiy ishlov berish kasblari, ayniqsa pichoqchilik, kandakorlik, misgarlik keng rivoj topgan. Buxoro va Xiva shaharlarida ishlab turgan xalq amaliy san`ati maktablarida o`quvchilariga bu kasblar o`rgatilib kelinmoqda.
Buxoroda “So`fikordgar” qishlog`ining nomi hali ham saqlanib qolgan. U erda hozir ham pichoqsozlar avlodi yashaydi. O`rta Osiyo hududidagi viloyatlarda bunday mahallalar ko`p bo`lgan. Pichoqdan kesuvchi asbob tariqasida kunda foydalanilsa, Qadimda O`rta Osiyoda erkaklarning ish quroli, bezagi tariqasida foydalanilgan. Pichoqlarni badiiy bezash ham katta rol o`ynagan. Shuning uchun ham Sharq madaniyatining eng yaxshi an`analarini qayta tiklash va o`zlashtirish natijasida mamlakatimiz pichoqsozlari milliy pichoqni san`at darajasiga ko`targanlar.
Bugungi kunda yurtimizning turli viloyatlarida tashkil etilgan maktablarda usta hunarmandlar tomonidan ko`plab buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Toshkentlik ustalardan usta Mo`min, Abduqori, Jamila Saidova, Yusufjon va qizi Zebinisolar, buxorolik ustalardan Shodi Muhammad Barotboy, usta Sharif, Salohiddin, Hakim Buxoriy, Olim Abdusalomovlar, qo`qonlik ustalardan Mulla Xoliq, usta musavvir Kashg`ariy, Foriq Xoliqov, Lutfulla Fozilov, Oynisabibi, Sobirabibilar, samarqandlik ustalardan esa Ahmad, Salim misgar, usta Ohunjon, Karim G`ofurov, Karim Ahmedov kabi ustalarning metallarga ishlov berish orqali tayyorlagan buyumlari hozirgacha saqlanib va foydalanib kelinmoqda. Ularning shogirdlari ustozlarining izlaridan borib, ustozlari ishlarini davom ettirishmoqda.
Qorasuv, Chust, Xiva, Shahrixon, Qoqon, Farg`ona vodiysi, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo qadimdan pichoqchilik markazlari bo`lib, ular o`zining ishlash texnologiyasi, shakli, katta-kichikligi va bezaklari bilan bir-biridan tubdan farq qilgan.
O`zbek xalq amaliy bezak san`atining eng keng tarqalgan turlaridan yana biri kandakorlikdir. Kandakorlik deganda metalldan yasalgan badiiy buyumlarga o`yib yoki bortiq qilib naqsh ishlash tushuniladi. Savdo-sotiqda qadimdamdan kandakorlik buyumlariga talab katta bo`lgan.
O`zbek xalq amaliy san`ati turlari ichida zeb-ziynat san`ati bo`lmish zargarlik alohida o`rin egallaydi. Qo`qonda shuhrat qozongan zargar ustalardan esa Mahmud, usta Omon hoji Marahimov, X.Najmiddinovlar, Namanganda usta Niyoz Oxun, Andijonda esa Oybergan, X.Otaboyev, Toshkentda S.Bobojonov, Oxun Bobojonov, usta Samihiddin, A.Shoislomov, usta Mirxalil, Urganchda M.Abdullayev, Samarqandda X.Yo`ldoshev, I.Kolimboyev, V.Hafizov va boshqalarning mehnati zargarlik kasbining rivojlanishida juda katta hisoblanadi.
Ozbek milliy kashtado`zlik xalq hunarmandchilik san`atining eng qadimiy turlaridan bo`lib, u xalqning o`z turmushini go`zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda hamda ro`zg`r bezak buyumlari tayyorlashda qadimdan qo`llanilgan.
Kashtachiligimiz san`ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. O`zbek chevar ustalari qo`llari bilan tikilgan kirpich, so`zana zardevor, gulko`rpa, choyshab kabilar Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya, Belgiya, Amerika, Hindiston kabi horijiy mamlakatlarda, shuningdek, Respublikamizning Farg`ona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki amaliy san`at muzeularida ko`p namunalari to`planib, doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan.
Kashtado`zlikning yirik namoyondalaridan andijonlik rassom kashtado`z
X.Nazarov, samarqandlik tashtado`z Usmon shokirov, toshkentlik kashtado`z va chizmakash Xayri Sobirovalar kashta buyumlariga yangi turli xil naqsh kompozitsiya va tikish usullarini yaratdilar. X.Sobirova onasi Zaxira Mirxoliqovadan qo`lda, mashinada tikish sirlarini va chizmachilikni o`rgandi. X.Sobirova 15 yoshidan boshlab onasining kashtado`zlik hunarini davom ettirib, ko`plab shogirdlar yetishtirishda o`z hissasini qo`shgan.
O`zbek kashtachiligida iroqi, ilma, yorma, bosma, xomdo`zi, chamak, chinda hayod, baxya choklari keng tarqalgan. Turli joylardagi badiiy kashtalarda choklar turlicha tikiladi. Chunonchi, Toshkentda ko`proq bosma choki, Shaxrisabzda yorma, kandaxayol, iroqi, Buxoro, Samarqand, Nurotada yorma choki bilan tikiladi.
Kashtado`z ustalar tabiatdagi gul, barg, novda, g`uncha, qush va boshqalarning tuzilishini, o`sish qonun-qoidalarini, ko`rinishini sinchiklab o`rganib, ulardan turli naqsh kompozitsiyalar ishlash uchun har xil elementlarni stillashtirib olganlar. Masalan gulni stillashtirib olar ekan, uning go`zalligini qaysi holatdagi ko`rinishini tasvirlashni izlab topadi. Osimliksimon naqshlar “Islimiy gullar” deb ataladi. Islimiy gullar o`z navbatida, ikki tomonga ulanadigan ko`rinishda bo`ladi.

O`zbek kashtalarida o`simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko`p bo`lsa, rus kashtachiligida geometrik, o`simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko`p tasvirlanadi, qozoq va qirg`iz kashtachiligida esa ko`proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi.

Download 2,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Download 2,88 Mb.