|
Bozor munosabatlari sharoitida “Hunarmand” uyushmasining faoliyati va istiqbollari
|
bet | 6/69 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #129770 |
Bog'liq Hujjat (1)3. Bozor munosabatlari sharoitida “Hunarmand” uyushmasining faoliyati va istiqbollari. Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohatlar natijasida bugungi kunda barcha sohalar kabi aholini mehnat bilan ta`minlash, ularga kasb-hunar o`rgatish ishlari, jumladan, hunarmandchilik ham asta-sekinlik bilan rivojlanib, takomillashib bormoqda. Respublikamizda aholining mehnat resurslardan oqilona foydalanish maqsadida kasb-hunarning ayrim turlari, ayniqsa, milliy qadriyat sifatida bugungi kunda tiklangan va tiklanayotgan xalq hunarmandchiligiga oid ko`plab qonun va farmonlar ishlab chiqildi.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ustalarining, “Usto” birlashmasi va “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazining ushbu markaz huzurida xalq hunarmandlarining Qoraqolpog`iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida bo`linmalarga ega bo`lgan “Hunarmand” uyushmasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martidagi PF-1741-sonli “Xalq amaliy san`ati hunarmandchiligini rivojlantirishni davlat yo`li bilan qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga asosan tashkil topgan. Ushbu farmonga ko`ra “Hunarmand” uyushmasi faoliyatining asosiy yo`nalishlari etib quyidagilar belgilangan.
xalq hunarmandchiligining mehnat faoliyati masalalarini muvofiqlashtirish, Respublika qonunchiligi tomonidan ularga beriladigan huquqlar va manfaatlarni himoya qilish;
ustalar va hunarmandlarni moddiy-texnika resurslari, asboblar, kichik mehanizatsiya vositalari bilan ta`minlashni, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishda, shu jumladan eksport qilishda yordam berishni nazarda tutgan holda ularda uyda ishlashlari uchun shart-sharoitlar yaratishda ko`mak berish;
bozor munosabatlari talablarini o`rganish hamda yuksak badiiy buyumlar tayyorlash uchun mahalliy xom ashyo va materiallarning yangi turlaridan foydalanish bo`yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish;
mamlakat ichkarisida va chet ellarda xalq ustalarining buyumlari keng targ`ib va reklama qilinishini, rasmli materiallar va kataloglar chiqarilishini, ko`rgazmalar va kimochdi savdolari o`tkazilishini tashkil etish;
xalq san`atining noyob turlarini va buyumlarining yuksak badiiy nusxalarini tayyorlashda an`analarini saqlab qolish hamda bu ish ko`nikmalarini yoshlarga sig`dirish, mohir ustalarni tayorlash bo`yicha maxsus maktablar tashkil qilish.
“Hunarmand” uyushmasining asosiy maqsadi:
asrlar davomida rivojlanib kelayotgan xalq amaliy san`ati va badiiy hunarmandchiligi an`analarini saqlab qolish, uni nafaqat ichki bozorlarda, balki tashqi bozorlarda ham namoyish qilishga ko`maklashish
xalq amaliy an`analari asosida faoliyat yuritayotgan xalq ystalari, hunarmandlar, amaliy sanat mutaxasislari, ijodkor yoshlar faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
ularning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
ijtimoiy, madaniy va ma`rifiy maqsadlarni amalga oshirish;
iqtidorli bolalar va yoshlarni moddiy va ma`naviy rag`batlantirish;
“Hunarmand” uyushmasining asosiy vazifalari:
O`zbekiston va chet mamlakatlarda ko`rgazmalar, auktsionlar o`tkazish va ularda hunarmandlar ishtirokini ta`minlash;
uyushma a`zolarini yangi zamonaviy texnologiya va jihozlar,xom ashyolar, asbob uskuna va kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta`minlash;
hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotishga, eksport qilishga ko`maklashish;
milliy ustachilik va hunarmandchilik me`rosini saqlash maqsadida “Ustoz-shogird” maktablarini tashkil etish;
xalq amaliy san`atini butun dunyoga targ`ib qilish;
Respublikada kasanachilikni rivojlantirish;
chet mamlakatlarda xalq madaniy me`rosi bilan shug`ullanadigan tashkilotlar bilan uzviy aloqa o`rnatish, hamkorlik ishlarini olib borish.
Bugungi kunda “Hunarmand” uyushmasining a`zolari Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-qarori va O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat Soliq qo`mitasi tomonidan tasdiqlangan yo`riqnomaga asosan 2012 yil 1-aprelgacha daromad solig`iva bojxona to`lovlaridan ozod qilingan. Ularga hunarmandchilikning bir qator turlari kiradi (1-jadval).
1-jadval
-
|
| |