|
Xalq ta’limi boshqarmasi xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktabi
|
bet | 1/3 | Sana | 09.07.2023 | Hajmi | 5.49 Mb. | | #76507 |
Bog'liq Eng ulug‘, eng aziz 9-11 sinflar 2021
_________________________ xalq ta’limi boshqarmasi
___________________________xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
___-umumiy o’rta ta’lim maktabi
__-“__” SINF RAHBARI
_________________________ning
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini
30 yilligiga bag’ishlangan
“Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik! ”
shiori ostida tayyorlagan bir soatlik
Mavzu: “Eng ulug‘, eng aziz”
Shior: Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O’zbekiston mustaqilligining 30 yilligi va keyingi yillar ichida erishgan yutuqlar. Davlat ramzlari bilan tanishtirish. O’quvchilarning bilim olishlari uchun davlat tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, Prezident maktablari haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilar qalbiga Vatanni jonidan ortiq sevish tuyg’usini jo qilish, ularning ota-bobolaridan el-yurtini qadrlash fazilatini o’rganishga odatlantirish ona-Vatanga munosib o’g’il -qiz qilib tarbiyalash. Vatan ravnaqiga munosub hissa qo’shgan sharafli kasb egalariga nisbatan yosh qalblarda havas uyg’otish.
rivojlantiruvchi maqsad- o‘quvchilar faolligi, iqtidor va salohiyatini rivojlantirish, “2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma’no-mazmuni va ruhi mujassam etganligini o’quvchilar ongiga singdirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: kompyuter televizor, multimedialar, videoroliklar.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: O’quvchilar o’zini va o’zligini anglashga o’rgatish, kelajakda amajga oshiriladigan ishlarni maqsadli ravishda amalga oshirish.
|
| |