|
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi
|
bet | 2/3 | Sana | 09.07.2023 | Hajmi | 5.49 Mb. | | #76507 |
Bog'liq Eng ulug‘, eng aziz 9-11 sinflar 2021Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash, mustaqillik asoschilarini o’rganish va ularning amalga oshirgan ishlaridan o’rnak olish, kelajak avlodlarga yetkazish.
Dars turi: aralash
Dars metodi: “Asisment” texnologiyasi, “Tarmoqlash” metodi, “Teskari test“ metodi,
Darsning jihozi:
didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, rasmlar, yurtimiz tarixi, mustaqillik yillarda erishgan muvaffaqiyatlarni aks ettiruvchi foto albomlar, bukletlar, fan, madaniyat va sport sohasida dunyoga tanilgan yurtdoshlarimizni, ya’ni O’zbekiston iftixorlarini va tarixiy shaxslarni rasmlari.
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism
2. Vatan qasidasi
a) Vatan deganda nimani tushunasiz?
(She’rlar, maqollar, hikmatli so’zlar)
Vatan! Mening onam, mening tuprog’im,
Vatan! Mening jonim, mening qo’rg’onim.
Sen mening hayotim, mening gulzorim,
Seni jonim qadar sevaman, Vatan!
b ) Guruhlarda ishlash.
1. Yoshlar guruhi.
2. Nihol guruhi.
3. Kelajak ovozi.
Savol va javob
“Yoshlar” guruhi
¤ O’zbekiston qachon mustaqillikka erishgan?
¤ Davlatimiz siz bolajonlarga qanday g’amho’rlik qilmoqda?
“Nihol” guruhi.
¤ Gerb qachon tasdiqlangan?
¤ O’zbekiston bayramlarini sanab bering.
“Kelajak ovozi” guruhi.
¤ O’zbekistonda yashab ijod etgan buyuk siymolar haqida so’zlab bering.
¤ Bayroqdagi ranglarni ta’riflab bering.
|
| |