5.1-rasm. Ushbu boshqaruv bloklari spraytlarning nisbiy
harakati va aylanishi ustidan nazorat qilish uchun mo‘ljallangan.
Quyidagi misol ssenariy birinchi ikkita blokdan spryatni sahna
bo‘ylab soat yo‘nalishi bo‘yicha harakatlantirish
uchun qanday
foydalanishni ko‘rsatadi.
Bu skript yashil bayroq tugmasi bosilganda bajariladi. Ushbu
hodisa ro‘y bergandan so‘ng, to‘rt juft harakat kod bloklari bir soniya
oralig‘ida bajariladi.
Mazkur ilova har bir yangi SCRATCH loyihasining bir qismi
sifatida taqdim etilgan standart Cat (mushuk) spraytidan foydalanadi.
Ilovaning shaxsiy nusxasini yaratish va sinab ko‘rish
uchun yangi
SCRATCH ilovasini yarating, Cat
sprayt miniatyurasini bosing, uni
sahnaning yuqori chap burchagiga torting va uni odatdagi o‘lchamining
taxminan 50% gacha kichraytiring va keyin ssenariy yarating.
Ssenariydagi dastlabki ikkita harakat bloki spraytni 400
qadamga siljitadi. Cat (mushuk) standart bo‘yicha 90 daraja chap
tomonga yo‘naltirilgangani uchun, bu spraytni sahnaning yuqori chap
burchagidan sahnaning yuqori o‘ng burchagiga o‘tkazadi.
Keyingi
harakat bloklari juftligi spraytni sahnaning pastki o‘ng burchagiga
siljitadi.
Uchinchi juft harakat bloklari spraytni sahnaning pastki chap
burchagiga, oxirgi juft harakat bloklari esa uni sahnaning yuqori chap
burchagiga qaytaradi.
5.2-rasmda Cat (mushuk) spraytining ekran bo‘ylab
burchakdan burchakka soat yo‘nalishiga teskari harakatlanayotganda
harakati ko‘rsatilgan.
5.2-rasm
Cat (mushuk)ning harakat yo‘nalishi har bir harakatdan so‘ng
darhol 90 daraja o‘zgaradi, uni keyingi harakatga tayyorlaydi.
Agar xohlasangiz, ssenariyni o‘zgartirishingiz mumkin, spraytni
sahna atrofida soat yo‘nalishiga teskari yo‘nalishda siljitish uchun, uni
bu erda ko‘rsatilganidek o‘zgartiring: