• Tarbiyaviy soatlar aslida qanday bo„lishi kerak
  • @ustozlar_uchun Xalq ta‟limi xodimlariga
  • Bugungi kunda umumta‟lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday




    Download 0.75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/83
    Sana22.10.2022
    Hajmi0.75 Mb.
    #27767
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
    Bog'liq
    2019 2020 TARBIYAVIY SOATLAR
    6zYFWTtYDUq68lcFD6C4U7dswyBY22UONWXKxn6p, Ekalogiya2, Ekalogiya3.4, nutq, Elektr induksiya vektori va elektr induksiya kuch chiziqlari. El-www.hozir.org, 8672-Текст статьи-20729-1-10-20230506, 2-son Tezis (2)
    Bugungi kunda umumta‟lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday 
    tashkil qilinmoqda?
    − Bugungi kundagi aksariyat hollarda tarbiyaviy soatlar quruq gaplardan iborat 
    bo‗lib, tarbiyaviy soat mavzularidan chetga chiqib ketiladi; 
    − Qaysidir o‗quvchining xulqi muhokamaga qo‗yiladi; 
    − O‗quvchilarning fanlarni o‗zlashtirishlari va davomatlari muhokama qilinadi; 
    − Qandaydir tadbirlarga tayyorgarlik va sinf muammolarini hal etish kabi 
    masalalar xususida so‗z boradi.
    Tarbiyaviy soatlar aslida qanday bo„lishi kerak? 
    − Ta‘lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy 
    soatlar ham yaxlit tarbiyaviy usullar, ta‘sirchan vositalar yordamida amalga 
    oshiriladi;
    − Sinf rahbari ushbu tarbiyaviy soatni o‗tkazishga doir aniq ish rejasiga ega 
    bo‗lishlari lozim; 
    −Yuqori tashkilotlardan tavsiya asosida berilgan ―Tarbiyaviy soatlar‖ 
    mavzularining namunaviy rejasini asos qilib olish;
    Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma‘naviy jihatdan 
    tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma‘naviyat yo‗q 
    ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‗la olmaydi. Shuning uchun ham sinf rahbarlari 
    va butun o‗qituvchilar jamoasi oldida o‗quvchilarga milliy va umuminsoniy 


    @ustozlar_uchun 
     
    Xalq ta‟limi xodimlariga 
    qadriyatlar asosida hayot kechirishni o‗rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi 
    globallashuv jarayonlari kuchaygan, turli g‗oyalar o‗rtasidagi kurash 
    keskinlashgan, ―ommaviy madaniyat‖ xurujlari butun dunyoga tarqalib 
    borayotgan, internet tarmog‗i orqali uzatilayotgan buzg‗unchi axborotlar inson 
    qalbi va ongini o‗ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz 
    bo‗lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash 
    davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan. 
    Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun 
    tarbiyaning asosi bo‗lgan barcha g‗oyalar qaytadan ko‗rib chiqilishi, asosiy e‘tibor 
    bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‗plangan ijobiy tajribadan unumli 
    foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa juda 
    murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, 
    maktab, mahalla, do‗stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy 
    axborot vositalari, san‘at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. 
    Shuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o‗z tarbiyaviy faoliyatlarida ana shu 
    mezonlarni hisobga olishlari shart. 
    Tarbiyaviy soatlar o‗quvchilarda shakllangan qobiliyatlarni amaliyotga 
    tadbiq etish maydoni hisoblanadi. To‗g‗ri tashkil etilgan tarbiyaviy soatlar 
    o‗quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch kompetensiyalarni ijtimoiy 
    hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi. 
    O‗quvchilarda hulq-odob madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash, 
    notiqlik qobiliyatini yuksaltirish, axborotlardan to‗g‗ri va samarali foydalanish, shu 
    bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy qonunchilik qoidalariga rioya 
    qilishni tarbiyalash tarbiyaviy soatlarning asosiy maqsadlaridan birdir. 
    Shuningdek, tarbiyaviy soatlar orqali o‗quvchilarda to‗g‗ri kasb tanlash, 
    kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‗sh vaqtini to‗g‗ri taqsimlash, o‗z 
    iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‗garaklarni to‗g‗ri tanlash, tayyor ish joylarida 
    ishlash emas, balki o‗zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.
    Tarbiyaviy soat dasturlari oddiydan murakkablikka tamoyili asosida 
    shakllantirilgan bo‗lib, quyidagi yo‗nalishlarni o‗z ichiga oladi. Vatanparvarlik 
    axloqiy, huquqiy, jismoniy, gigiyenik, ekologik hamda estetik tarbiya shuningdek, 
    o‗quvchilarni to‗g‗ri kasb tanlashga yo‗naltiradi. Tarbiyaviy soatlarning mazkur 
    yo‗nalishlari O‗zbekiston Respublikasida ta‘limning uzluksizligi, uzviyligi, 
    o‗quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularda yosh 
    xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. 



    Download 0.75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




    Download 0.75 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bugungi kunda umumta‟lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday

    Download 0.75 Mb.
    Pdf ko'rish