|
-mavzu: Buyuk siymolarni yod etib (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)Bog'liq 2019 2020 TARBIYAVIY SOATLAR 6zYFWTtYDUq68lcFD6C4U7dswyBY22UONWXKxn6p, Ekalogiya2, Ekalogiya3.4, nutq
20-mavzu: Buyuk siymolarni yod etib (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).
(1 soat)
O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher
Navoiyning hayoti va ijodiga bo‘lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali
ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u‘larini
singdirish. SHuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va
ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona
Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini singdirish.
21-mavzu: Maktab va kelajak (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida).
(1 soat)
Fan o‘qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.
22-mavzu: Yumshoq ko„nikmalar (soft skills) haqida bilasizmi?!
Zamonaviy shaxs va yetuk kadr ega bo‘lishi kerak bo‘lgan bilim-ko‘nikmalar (Maktab
psixologi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi)
23-mavzu: Sizga talpinaman, onajon! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati
bilan). (1 soat)
O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan
munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini singdirish orqali ularni ―Ayolga e‘tibor – kelajakka e‘tibor‖,
―Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat ham baxtli bo‘ladi‖ degan g‘oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
24-mavzu: O„zbekistoning noyob tabiati (kimyo, fizika, biologiya fanlari oyligi
doirasida). (1 soat)
O‗quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‗simlik dunyosiga
mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera
va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg‘ularini shakllantirish.
|
| |