Xalqaro Nordik universiteti Maktabgacha ta’lim asoslari fanidan Maktabgacha ta'lim metodistining vazifalari, huquqlari va unga qo'yiladigan talablar mavzusida tayyorlagan taqdimoti Talaba: Kambarova Muxayyo Yulchiyevna O’qituvchi




Download 15.13 Mb.
Sana23.11.2023
Hajmi15.13 Mb.
#103886
Bog'liq
1.Maktabgacha ta\'lim metodistining vazifalari, huquqlari va unga qo\'yiladigan talablar
seasonal-work-in-germany ba146932, 1685074904, Idrok fenomenlari., Ko’chish hodisalari. Gazlarda diffuziya va issiqlik o’tkazuvchanlik hodisasi, Studwood 286184, Loyihalash jarayonida amaliy dasturlarni grafik imkoniyatlaridan foydalanish, 3-Ma’ruza Payvand yoyi haqida asosiy ma’lumotlar-fayllar.org, Razvyortka va uning turlari, Introduction to Computer Software, 2 5300782812054429286, Agrobiznesda investitsiyalar va innovatsiyalar, MASSA OQIM O’LCHAGICHLAR, Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo\'naltirilganligi va uning O\'zbekistonga xos xususiyatlari

Xalqaro Nordik universiteti Maktabgacha ta’lim asoslari fanidan Maktabgacha ta'lim metodistining vazifalari, huquqlari va unga qo'yiladigan talablar mavzusida tayyorlagan taqdimoti Talaba:Kambarova Muxayyo Yulchiyevna O’qituvchi: Egamberdiyeva Maftuna

Maktabgacha ta'lim metodistining vazifalari, huquqlari va unga qo'yiladigan talablar

Reja:

  • Maktabgacha ta'lim metodistining vazifalari.
  • Maktabgacha ta'lim metodistining huquqlari.
  • Maktabgacha ta'lim metodistiga qo'yiladigan talablar

Maktabgacha ta'lim muassasalari ishiga bevosita rahbarlik qilish Maktabgacha ta'lim bo'limi maktabgacha ta’lim - nazoratchi-metodistga yuklatiladi.
Nazoratchi-metodist - bu ma'lum sohaga tegishli qonun- qoidalarning bajarilishini nazorat qiluvchi shaxsdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi nazoratchi-metodistining ishi murakkab va ko'p qirralidir. Nazoratchi-metodist o'z ishida Davlatimizning Maktabgacha ta'limsohasi bo'yicha chiqarilgan qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, instruktiv, dasturiy, metodik hujjatlariga amal qiladi. Maktabgacha ta'lim bo'limi nazoratchi-metodisti (tuman, shahar):
Qonun doirasida yo'l-yo'riq, buyruq, tavsiya, ko'rsatmalar beradi;
Maktabgacha ta'lim muassasasi ishini har tomonlama nazorat qiladi;
Turli tildagi, idora-tashkilot tomonidan tashkil etilishidan qat’i nazar «Ilk qadam» Davlat Dasturi tinglovchilarini bajarilishini kuzatadi, tekshiradi;
Qonunga xilof ishlarni to'xtatadi va Maktabgacha ta'lim bo'limiga xabar beradi;
Xodimlarni rag'batlantirish va jazolash, ishdan bo'shatish masalalariga rahbarlik qiladi;
Maktabgacha ta’lim bo'limida mudira, metodist va tarbiyachilar uchun ilmiy-uslubiy kengashlar chaqiradi;
Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini Attestatsiyadan o'tkazadi;
Shahar, tuman nazoratchi-metodisti - Xalq deputatlari ijroi- ya qo'mitalari oldiga Maktabgacha ta'lim bo'limi va Maktab¬gacha ta'lim muassasasi ishini yanada takomillashtirish bo'yicha masalalarni qo'yadi.
Nazoratchi-metodistga (Respublika, viloyat, shahar, tuman nazoratchi-metodisti lavozimiga) qo'yiladigan asosiy talablar: eng ilg'or, yuksak pedagogik tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lgan, maktabgacha ta'lim tizimi ishini, tamoyillarini puxta egallagan, oliy maxsus ma'lumotga, ish stajiga ega bo'lgan;
har tomonlama tayyorgarlik ko'rgan, o'z ishini ustasi, dunyoqarashi keng, ta’lim to'g'risidagi Davlat siyosatini puxta egallagan, nazoratchi-metodist-mutaxassislik malakalariga ega bo'lgan;
xolis, vijdonli, davlat nuqtayi nazari, qiziqishlari asosida ish yurituvchi, javobgarlikni his etuvchi, aniq, xushyor, tartibli, talabchan, o'z so'zida tura oladigan, kamchilikka murosasiz bo'lgan;
maktabgacha ta'lim ravnaqi uchun eng samarali, foydali, kerakli, asosiy vazifalarni o'z vaqtida aniqlay olishi, qisqa muddatda bajara olish xususiyatiga ega bo'lgan;
maktabgacha ta'lim muassasasi ishini har tomonlama chuqur tahlil qila olishi, ishdagi kamchiliklar o'z vaqtida bartaraf etish choralarini tezda aniqlab olishi, bajarishi;
Maktabgacha ta'lim bo'limi va Maktabgacha ta’lim muassasasiga doimiy amaliy yordam berish;
yangilikka intilish, tashviqot qilish, pedagoglarning ilg'or ish tajribalari amaliyotga yangi texnologiya asosida kiritish;
g'oyaviy, siyosiy, pedagoglik bilimi ustida tinmay ishlash.
Nazoratchi-metodist 3 yilda 1 marta malaka oshirish kurslarida o'z malakasini oshiradi.
Nazoratchi-metodist tumanda maktabgacha ta’lim ishining tashkilotchisi va rahbari, malakali pedagog-metodist, davlat nazoratchi-metodisti. U siyosiy jihatdan savodli, axloqiy mustahkam bo'lishi, ishiga davlat nazaridan yondashishi, maktabgacha ta’lim muassasalariga rahbarlik masalalarini operativ hal qilishi, ular ishini obyektiv va alohida-alohida baholash, talabchanlik bilan tekshirishni amaliy yordam ko'rsatish bilan olib borgan holda, kishilar bilan ishlay bilishi, pedagoglik nazokatini namoyon qilishi kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasalari ishining hamma bo'limlariga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish uchun nazoratchi- metodist o'z ishini aniq rejalashtirish, keng jamoatchilikka suyanish lozim.
Nazoratchi-metodist aholining maktabgacha ta'lim muassasalariga bo'lgan talabini qondirishga alohida e’tibor beradi. Shu maqsadda u maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirishning kundalik va istiqbol-rejalarini tuzishda ishtirok etadi va yangi muassasalarini foydalanishga topshirilishini muntazam tekshirib turadi. Nazoratchi- metodist Maktabgacha ta'lim muassasalarining rentabel ishlashiga erisha borib, ularning xalq, xo'jalik rejalarini bajarishini qat'iy nazorat qiladi, qishloqda maktabgacha ta'lim muassasalari qurilishiga katta e’tibor beradi, ular moddiy bazasini yaxshilanishiga g'amxo'rlik qiladi.
Nazoratchi-metodist maktabgacha ta'lim muassasiga borganida metodik, tarbiyaviy va ma’muriy-xo'jalik ishlar ahvolini o'rganadi, ilg'or tajribani, ishdagi kamchiliklarni aniqlaydi, zarur yordam ko'rsatadi.
U «Ilk qadam» davlat Dasturining bajarilishini nazorat qiladi, pedagogik kadrlar tarkibi va ularning joylashtirilishini o'rganadi, ularning malakasini oshirishga qaratilgan tadbir belgilaydi.
Ota-onalar qo'mitasi faoliyatiga rahbarlik qilish va aholi orasida pedagogik bilimlarni tashviqot qilish ishlarini tashkil qilish nazoratchi ishida muhim rol o'ynaydi, u bu ishning mazmunini va shakllarini tuman sharoitiga muvofiq ravishda belgilaydi.
Maktabgacha ta'lim bo'limlariga to'liq, rahbarlik maktab¬gacha ta’lim bo'limi mudiri, nazoratchi, metodist tomonidan ishlab chiqilgan yillik reja asosida olib boriladi.
Rejaning kirish qismida avvalgi o'tgan o'quv yiliga tavsifnoma, qaysi va nechta maktabgacha ta'lim muassasalari qurildi, metodik ishlar qay darajada olib borildi, ilg'or ish tajribalari qanday umumlashtirildi, tashkiliy-xo'jalik ishlari, Tuman kengashlari, umuman barcha bajarilgan ishlarga tahlil beriladi.
Tadbirlar:
Tuman qaramog'idagi maktabgacha ta’lim muassasalarini komplektlash qoidalari, bir qancha maktabgacha ta’lim muassasasini nazoratga olish, ota-onalar tomonidan qarzlarning bajarilishini, pedagog xodimlarning ishlash, malakalarini oshirish ishlari va boshqa ishlar rejalashtiriladi.
Maktabgacha ta’lim bo'limi va tuman sog'liqni saqlash bo'limlarining birgalikdagi kengashlari.
a) Bolalar sog'lig'ini himoya qilish, kasallikning oldini olish ishlari va javobgar shaxslarning familiyalari.
Pedagogik kengashlar.
Maktabgacha ta’lim bo'limining yangi o'quv yili rejasi bilan tanishtirish. Birinchi yarim o'quv yilidagi metodik birlashmalar ishining hisoboti.
Yosh tarbiyachilar to'garagi va ota-onalar universitetining ish hisoboti.
Bolalar ovqatini tashkil etishda SES xodimlarining tekshiruv natijalari.
Seminar- mashg'ulotlar, Maktabgacha ta'lim muassasasining ishida «Metodik kabinet» roli haqida. Bolalarni jismoniy jihatdan o'stirishda maktabgacha ta’lim muassasasining roli haqida. Ilk yosh guruhlarida metodik ishlarni tashkil qilish yo'llari, rahbarlik har oy reja asosida o'tkazilib turiladi.
Ishlab chiqarish majlislari. Shanbaliklarni tashkil etish, yangi ishga tushirilayotgan obyektlarga yordam ko'rsatish va paxta kompaniyasiga qatnashish. Ulug' sanalarga tayyorgarlik ishlari boshqa masalalar ko'riladi.
Metodik ishlar. Metod birlashma ishida faol qatnashish (yil davomida). Metod birlashma rahbarlarining hisobotlarini tinglash.
Hamma bo'limlar bo'yicha metodik ishlar sifatini oshirish.
Ekologiya, iqtisodiy tarbiya bo'yicha ilg'or ish tajribalarni ommalashtirish.
Ishlash malakalarini oshirish. Malaka oshirish kurslariga yuborish.
Har bir muassasa xodimlarining pasport, kartochkalarini tashkil qilish. Metod birlashma rahbarlariga tizimli yordam ko'rsatish, Yosh mutaxassislar bilan ishlash.
Yosh tarbiyachilar to'garagini tashkil qilish.
Jamoat faoli bilan ishlash.
Reja shahar maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan tasdiqlanadi.
Maslahatlar (turli xildagi savollar bo'yicha] har shanba kunida.
Tematik va frontal-yalpi tekshirish ishlaridan instruksiyalash.
Har kvartalda bir marotaba Maktabgacha ta'lim bo'limi kengashi chaqiriladi. Bunga asosan maktabgacha ta'limni yanada o'stirish, ish sifatini yaxshilash, ma'lum bolalar asosini tekshirish natijalari, ilg'or pedagoglar mahoratini so'zlab berish, davlatimiz belgilab bergan ishlar - vazifalarni, qonunlarni, qarorlarni bajarish, bolalar sog'ligi haqida g'amxo'rlik, kasalliklarni bartaraf qilish ishlari ko'riladi.
Kengashga xalq maorifi bo'limi mudiri rahbarlik qiladi. Har bir kengash protokol bilan olib boriladi, qaror qabul qilinadi, bajaruvchi shaxslar belgilanadi, muddati belgilanadi.
Kengashda nazoratchi, metodist, kasaba uyushma qo'mitasi raisi, jamoatchi nazoratchilar ishtirok etadilar. Ular ham o'zlarining fikr-mulohazalarini o'rtoqlashadilar.
Tekshirish natijalari, kamchiliklar haqida nazoratchi va metodist so'zga chiqadilar.
Xulosa
Metodist faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni amalda qo'llash ko'nikmasiga ham ega bo'lishi zarur.
Tajribali metodistning tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi: g'oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishiga qarab farqlanadi.
Metodist talablarni qo'yishda talabchan va qat'iy bo'lishi kerak. Rahbarning o'ziga bo'ysunuvchilar bilan muloqotning emotsional-irodaviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislatini, talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, xayrixohlik, odamlarga hurmat bilan birga olib borish zarur. Talabchanlik - bu qattiqqo'llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan ko'ra zarari ko'proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
  • «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi. -T.: O’zbekiston, 2010 y.
  • O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: O’zbekiston, 1992 y.
  • O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g’risida»gi Qonuni. -T.: Sharq, 1997 y.
  • O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, SH.K.Tashpulatova va boshqalar “Maktabgacha ta'lim pedagogikasi” “Ilm Ziyo”. T.: 2006 y.
  • O.U.Xasanboeva “Oilada barkamol avlod tarbiyasi”. T.., «Fan va texnologiyalar» 2010 y.
  • Sh.K.Tashpulatova “Maktabgacha ta' lim muassasalar ishini tashkil etish va boshqarish usullari” TDPU.T.: 2001 y.
  • B.Ziyomuhamedov, Sh.Abdullaeva “Pedagogika” “O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti”. T.: 2000 y.
  • Mavlonova “Pedagogik texnologiya” Toshkent “Fan” 2009 y.

Download 15.13 Mb.




Download 15.13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro Nordik universiteti Maktabgacha ta’lim asoslari fanidan Maktabgacha ta'lim metodistining vazifalari, huquqlari va unga qo'yiladigan talablar mavzusida tayyorlagan taqdimoti Talaba: Kambarova Muxayyo Yulchiyevna O’qituvchi

Download 15.13 Mb.