• Siyosiy omillar
  • Ijtimoiy - demografik omillar.
  • Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar




    Download 25.26 Kb.
    bet4/6
    Sana17.12.2022
    Hajmi25.26 Kb.
    #35568
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    XALQARO TURIZMNING RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
    4-AMALIY, 2-лекция (2), 2,3,4,7,5 sinf matematikadan testlar(@Elektron kitoblar N1), Полупроводник lab-praktikum1, 2021 Тулиновская конференция 239-141 бетлар, ВИДЫ И ФОРМЫ ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗАВАНИЯ, dmografiya, kurs ishi (2), Turizm firmasining sayt tahlili, 4-amaliy mashg’ulot. Mavzu O’qitishning interaktiv strategiyasi, 1.2. C dasturlash tilining asosiy tushunchalari (2), 1-mavzu, nozova ozoda, beyjik01, Individ, shaxs va individuallik
    Savdo aloqalari. Horijiy mamlakatlarda sayyohatga boradigan turistlar, odatda, o‘sha yerda nimalarni xarid qilishi qiziqtiradi. Bu noyob, mahalliy hunarmandchlik mahsulotlarini, suvenerlarni, qarindosh urug‘lari, oila a’zolari uchun xarid qilishidir. Bunday suvenerlar, sovg‘alar odatda sayyohlar gavjum joylarda magazinlarda, do‘konchalarda sotiladi.
    Turizm rivojlangan bir qator mamlakattlarda xorijiy davlatlardan keladigan sayyohlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda sanoat eksportini rivojlantiradi. Hozirgi kunda Birlashgan Arab Amirligi (BAA), Gretsiya, Italiya, Singapur, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar xorijiy turistlarga uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar (kiyim-kechaklar, ro‘zg‘or buyumlari, elektornika, radio, telefon, televizor, videotexnika asboblar)ini sotishga kirishganlar.
    Siyosiy omillar. Siyosiy omillarga kelganda turistlarni qabul qilib oluvchi va turistlarni jo‘natuvchi mamlakatlarda muhim turistik marshrutlar yo‘nalishidagi hududlarda, mintaqalarda siyosiy vaziyatning holatiga ham bog‘liq bo‘ladi.
    Ma’lumki, mamlakatdagi ichki vaziyatning qay darajada turg‘unligi ko‘p hollarda xalqaro turizm oqimining yo‘nalishini belgilaydi. Tabiiyki, davlatlararo turistlarni almashtirishda, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvchilik munosabatlari ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Odatdagi diplomatik aloqalar, turizm sohasidagi kelishuvlar, shartnomalar, kommunikatsiyalar va transport vositalaridan hamkorlikda foydalanish, turistik reklamalarni bir-birlari bilan almashtirish-bularning hammasi turizmning rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Ijtimoiy - demografik omillar. Dunyo mamlakatlarida demografik jarayonlar (aholining tug‘ilishi, o‘limi, tabiiy ko‘payishi, aholi migratsiyasi kabilar) ham xalqaro turizm sohasining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Yer sharining turli davlatlarida, hududlarida va mintaqalarida aholi sonining ko‘payib borishi, ayniqsa shahar aholisi aglomeratsiya doirasining borgan sari kengayib borishi kishilarning dam olishi va sayyohlikka chiqishni taqazo qiladi. Shu borada turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi demografik omillarni quyidagicha ifodalash mumkin:

    • dunyo xalqlaridagi bir-biriga o‘xshashlik bo‘lish umumiy tomonlari, ularning qiziqishlari h.k;

    • ayrim malakaviy sohalardagi kishilarning maxsus sayyohlik guruhda faol ishtirok etishning kuchayib borishi;

    • turizm tarkibidagi xotin-šizlar va yoshlar salmog‘ining ortib borishi;

    • xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan kurort va sanatoriyalar tarmog‘ining ko‘payib borishi, ularda davolanishga moil bo‘lgan kasallar sonining ortib borishi;

    • kishilarning atrof muhitga bo‘lgan qarashlari, tushunchalari va munosabatlarning o‘zgarib borishi h.k. juda katta rol o‘ynaydi.

    Xalqaro turizmning rivojlanishida madaniy-tarixiy obidalar, etnik shart-sharoitlar bilan qushilib ketadi. Arxitektura obyektlari, muzeylar, rasmlar galereyasi, mahalliy musavvirlar ishlari, tarixiy yodgorlik obidalari ham xorijiy turistlarni o‘ziga jalb qiladilar. Tarixiy yodgorliklar va boshqa xalqlar madaniyatiga qiziqish xalqaro turizmning eng muhim stimullaridan biridir.
    Xalqaro turizmning rivojlanishida etnik shart-sharoitlar ham alohida ahamiyatga ega. Dunyo aholisi irqi, millati, tili, dini, turmush tarzi, madaniyatining xilma-xilligi bilan ko‘pgina turistlarda qiziqish o‘yg‘otdi.



    Download 25.26 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 25.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar

    Download 25.26 Kb.