• Xavflar va ularning turlari
  • Xavf manbalarini o’rganish. Ortiqcha issiqlik vaqtida havo almashtirishni hisoblash. Filtrlash orqali keladigan issiqliq miqdorini aniqlash. Ishchining issiqlikdan nurlanish intensivligini aniqlash Reja




    Download 151.87 Kb.
    bet1/3
    Sana08.02.2022
    Hajmi151.87 Kb.
    #17210
      1   2   3
    Bog'liq
    Reja Xavflar va ularning turlari Xavflarni o`rganish usullari
    3-laboratoriya , Amaliy-mashgulot,Psixalogiya, 2202, Iskandarov Quvondiq operatsion mustaqil ish, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar un, Тўгарак журнали, 3-grade cw

    Xavf manbalarini o’rganish. Ortiqcha issiqlik vaqtida havo almashtirishni hisoblash. Filtrlash orqali keladigan issiqliq miqdorini aniqlash. Ishchining issiqlikdan nurlanish intensivligini aniqlash
    Reja:

    1. Xavflar va ularning turlari

    2. Xavflarni o`rganish usullari

    3. Xavflarni o`rganish usullari



    Xavflar va ularning turlari
    Xavf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan ko`ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o`z ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini
    nazarda tutadi. Hayot faoliyatiga to`g’ri kelmaydigan elementlar tizimi, ximiyaviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir.
    Xavflar taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to`g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o`rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo`lib, hali to`la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil etadi:
    - kelib chiqishi bo`yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo`ladi;
    - rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga
    bo`linadi;
    - salbiy oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha impul’siy (beixtiyor harakat)
    va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo`ladi;
    - xavflar tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha (lokalizatsiya) – litosfera,
    gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo`ladi;
    - kelib chiqadigan oqibatlariga ko`ra charchash, kasallanish, jarohatlanish,
    halokatlar, yong’inlar ko`rinishida bo`ladi;
    - keltiradigan zarari bo`yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga
    bo`linadi;
    - namoyon bo`lishi bo`yicha maishiy, sport, yo`l-transport, ishlab chiqarish va
    harbiy bo`ladi;
    - olamga ta`siri bo`yicha o`ta ta`sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust
    (narkotik moddalar, arok, sigaret) bo`ladi. Sust ta`sir deganda odamning o`zi
    sababchi bo`ladigan xavf tushuniladi.
    Xavflar ruyxati – bu aniq bir tartiblar bo`yicha qo`yilgan nomlar, atamalardir
    (o`zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug’lik, havoni
    ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazernuri, elektr yoyi va boshqalar). Har bir tekshiriladigan ob`ektda o`tkaziladigan
    aniq tekshirishlar uchun shu ob`ekt (tsex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ruyxati tuziladi.
    Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga qaratilgan tadbirlar uchun etarli darajada kerak bo`lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir.
    Sabab va oqibatlar. YAshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan sharoit-sabab deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi.
    Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga
    oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning xatosi
    (sabab)- zaharlanish (kungilsiz oqibatlar). Mutloqa xavfsiz bo`lgan ish (faoliyat) bo`lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bo`lmasin, unda yashirin xavf bo`ladi. Bu aksioma hayot faoliyati
    xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.

    Download 151.87 Kb.
      1   2   3




    Download 151.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xavf manbalarini o’rganish. Ortiqcha issiqlik vaqtida havo almashtirishni hisoblash. Filtrlash orqali keladigan issiqliq miqdorini aniqlash. Ishchining issiqlikdan nurlanish intensivligini aniqlash Reja

    Download 151.87 Kb.