Xavfsizlik qoidalari




Download 22,94 Kb.
Sana20.02.2024
Hajmi22,94 Kb.
#159215
Bog'liq
Labaratoriya-1


LABORATORIYA MAShG`ULOTI №1
MAVZU: LABORATORIYA ISHLARINI O`TKAZISH UChUN TEXNIKA
XAVFSIZLIK QOIDALARI.
Laboratoriya ishlarini bajarishda amal
qilinadigan umumiy qoidalar
1. Laboratoriya ishlarini bajarish uchun o`quv gruppasi 3-4 talabadan iborat
birgadalarga bo`linadi. Brigadalar navbat bilan rejada ko`rsatilgan barcha ishlarni
bajaradilar. Laboratoriya mashg`ulotlarini nazariy material o`rganilgandan so`ng
boshlash maqsadga muvofiqdir.
2. Laboratoriyadagi 1-mashg`ulotda talabalar elektrotexnik qurilmalar bilan
ishlashda amal qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishadilar.
O`qituvchi tomonidan elektrotexnika laboratoriyasining ichki tartiblari bilan
tanishtirilgach, so`ng har bir talaba, xavfsizlik texnikasidan “Yo`riqnoma” degan
nazorat varaqasiga imzo qo`yadilar.
3. Har bir laboratoriya ishini bajarishni boshlashdan oldin talaba savollar
bo`yicha o`z bilimini tekshiradi. Agar qoniqarli baho olsagina talaba laboratoriya
ishini bajarishga qo`yiladi
4. Oraliq savollari bo`yicha qoniqarsiz baho olgan va laboratoriya
mashg`ulotida bo`lmagan talabalar, qo`shimcha darslarda laboratoriya bajaradilar.
Qo`shimcha darslarda ham, laboratoriya mashg`ulotini boshlashdan oldin umumiy
tartib bilan topshiradilar. Agar qayta topshirishda ham oraliq natijasi qoniqarsiz
baholansa, u holda talaba o`qituvchiga og`zaki topshiradi.
5. Har bir talaba quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
a) qo`llanma bo`yicha laboratoriya ishi matnini puxta o`rganib chiqish;
b) laboratoriya ishining elektr sxemasini chizib olish;
v) bajariladigan laboratoriya ishiga tegishli nazariy ma’lumotlarini
ko`rsatilgan adabiyotlardan o`rganib chiqish.
6. Ishni bajarishdan oldin har bir talaba tegishli laboratoriya ishida
qo`llaniladigan o`lchov asboblari bilan tanishib, ularning pasportida beriladigan
kattaliklar bo`yicha jadval tuzadilar. Bu jadvalda asbobning nomi, nominal
kattaliklari, sistemasi, aniqlik klassi, zavoddan chiqqan nomeri aniq ko`rsatiladi.
O`lchov asboblari strelkalarining boshlang`ich holati nolda bo`lishini albatta
tekshirish zarur.
Asbob strelkasini nolga keltirish laborant yoki o`qituvchi ishtirokida
bajarilishi lozim.
7. Sxemani sodda, ulovchi o`tkazgich simlarini kesishgan joylarini kamroq,
hamda tekshirish uchun qulay qilib yig`iladi. Birinchi navbatda tok zanjirlari
yig`iladi, undan so`ng kuchlanish zanjirlari yig`iladi.
8. Sxemani albatta o`qituvchi yoki laborant tekshirishi shart. Sxemaning
to`g`ri yig`ilganiga ishonch hosil qilingandan so`ng, laborant yoki o`qituvchi
ishtirokida sxema tarmoqqa ulanadi yoki sxemaga kuchlanish beriladi.
9. Laboratoriyada nihoyatda ehtiyotlik bilan ishlash zarur. Ishni bajarayotgan
vaqtda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishiga e’tibor berish kerak. Zanjirga
kuchlanish berilganda izolyatsiyasiz simlarga, klemmalarga qo`l bilan tegish qat’iy
man qilinadi. Ayniqsa induktiv g`altaklari, kondensatorlari bo`lgan o`zgaruvchan
tok zanjirlari bilan ishlashda juda ehtiyot bo`lish kerak, bunday zanjirlarda
topshiriqni bajarish davomida rezonans hodisasi ro`y berishi mumkin. Bunday
zanjirlardagi kuchlanish tarmoqdagi kuchlanishdan ancha katta bo`lishi mumkin.
10. Hamma o`lchash va hisoblashlar bajarilgach, olingan natijalar
o`qituvchiga ko`rsatiladi, agar o`lchash va hisoblash natijalari to`g`ri va yetarli
bo`lsa, ishni tugatish mumkin. Undan so`ng sxema tarmoqdan ajaratiladi va uni
dastlabki holatga keltiriladi. LATR, RNO lar boshlang`ich holatga keltirilib
qo`yiladi, simlar yaxshilab taxlanib o`z joylariga qo`yiladi.
11. Har bir laboratoriya ishi bo`yicha talabalar hisobot tuzadilar. Hisobotni
har bir talaba mustaqil, laboratoriyada ko`rsatilgan namunaga asosan tuzadi.
Hisobot ko`k rangli ruchkada yoziladi, grafik va diagrammalar millimetrovkaga
qalam yoki sterjin bilan lineyka va tsirkulь yordamida chiziladi.
12. Hisobotda quyidagilar bo`lishi kerak:
1) institut va kafedraning nomi, talabaning familiyasi va ismi, gruppasi va
yo`nalishi.
2) A4 formatdagi qog`ozga: chapdan 30 mm, o`ngdan 10 mm, tepadan va
pastdan 15 mm tashlagan holatda yozilishi kerak.
3) ishning nomi va nomeri.
4) laboratoriya ishining maqsadi.
6) elektr sxemalar, albatta standart bo`yicha chizilgan bo`lishi kerak.
Unsurning nomi Shartli belgisi Nisbiy o`lchamlari
Rezistor,qarshilik
R
Elektr yurituvchi
kuch manbasi, EYuK
E
Kondensator, sig`im
G`altak, induktivlik
10
4
2
C 8
5
10
5
300
Kalit, uzgich
7) o`lchash va hisoblash formulalar, natijalari, tuzilgan jadvallar.
8) grafik va diagrammalar.
9) bajarilgan ish yuzasidan xulosa.
13. Rejadagi hamma laboratoriya ishlari bajarilgandan so`ng talaba hamma
hisobotlarni bitta umumiy papkaga yig`ib yagona hisobot qiladi. Yagona hisobot
semestr oxirida o`qituvchiga topshiriladi.
14. Har bir laboratoriya ishini talaba himoya qilishi kerak. Himoya
kompьyuterda yoki o`qituvchi tomonidan qabul qilinadi. Himoya qilish uchun
talaba laboratoriya ishi yuzasidan nazariy va eksperimental hamma ma’lumotlarni
bilishi kerak.
Qo`llanmada 7 ta laboratoriya ishi bo`lib, bajariladigan laboratoriya ishlari
soni, o`quv rejasida ajratilgan soatiga bog`liq holatda tuzilgan.
LABORATORIYA ISHLARINI O`TKAZISH UCHUN TEXNIKA
XAVFSIZLIK QOIDALARI.
1. Laboratoriya ishlarida qo`llaniladigan o`zgaruvchan va o`zgarmas tok
kuchlanishi 220-380 V dir.
2. Bu kuchlanish tok o`zgaruvchi qisimlar bilan to`g`ri muomala qilishni
bilmaganlar uchun xavflidir.
3. Elektr sxemalari faqat ximoyalangan ulovchi simlar yordamida yig`iladi.
Ochiq simlardan foydalanish qat’iyan man etiladi.
4. Laboratoriya uskunasiga kuchlanishni faqat o`qituvchi ulash mumkin.
5. O`qituvchi tekshirmagan elektr sxemalarni ulash mutloq mumkin emas.
6. Agregatlar ishlayotgan vaqtda quyidagi extiyot choralariga rioya qilish
kerak.
Ust-bosh sochlar yig`ishtirilgan, simlar va xar-xil buyumlar mashinaning
aynalayotgan qisimlarga yaqin xolda tegib qolmasligi kerak. Muftalar va
aynalayotgan qisimlar yonida turish va ularga qo`l tekkizish taqiqlanadi.
7. Laboratoriya stendini yig`ilgan sxemalarni tarmoqqa ruxsatsiz ulab:
o`chirib, yoqish man etiladi.
8. Barcha xollarda elektr qurilmalar o`lchov asboblar va o`tkazgichlarni
nasozlik aniqlansa, darxol rahbar o`qituvchiga murojat qilinsin.
9. Sxemalarni shunday yig`ish kerakki, simlar va o`tkazgichlar bir-biri bilan
kesishib qolmasin, tarang xam bo`lib tortilib qolmasin.
10. Boshqarish va o`lchov asboblarini shunday qo`yish kerakki, ishga
tushgan mashinalar va o`tkazgichlar agregatni boshqarish va kuzatish qulay
bo`lsin.
11. Biror talaba kuchlanish ostida ishlayotgan elektr tokni ushlab olsa,
darxol agregatni o`chirib, birinchi tibbiy yordam ko`rsatilishi zarur va darxol
telefonda “03” raqami orqali tez yordam ga qo`ng`iroq qilishi zarur.
12. Bu qoidalar bilan barcha talabalar tanishib chiqib texnika xavfsizligi
bo`yicha laboratoriya kitobida qo`l qo`yilgan bo`lishlari shart va laboratoriyada
ishlovchilar qoidani bilishi shart.
13. Yuqorida ko`rsatilgan texnika xavfsizligi qoidalarni buzgan talabalar
laboratoriya ishlaridan chetlatiladi va intizomiy choralar ko`riladi.
Download 22,94 Kb.




Download 22,94 Kb.