Xavfsizlik texnikasi Vikipediya




Download 85,46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.09.2024
Hajmi85,46 Kb.
#271543
Bog'liq
Xavfsizlik texnikasi - Vikipediya



Xavfsizlik texnikasi
ishlovchilar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar va vositalar majmui
Xavfsizlik texnikasi - mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; ishchidagi jarayonlarda vujudga
keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik
tadbirlar hamda vositalar majmui. Ularni yaratish va i.ch.da qoʻllash ishlari belgilangan tartibda
tasdiqlangan meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida
amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻl-
yoʻriqlar berish, i. ch. sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam
olish qonunqoidalarini ishlab chiqish va i.ch.ga tatbiq qilish.
Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik,
fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Mas, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun
qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang, gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli
taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib
qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron
qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari,
vklyuchatellar, eruvchan saqdagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda
jarayonlarni uzokdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda
signalizatsshdan foydalaniladi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi
hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari)
davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik, tra, havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish
taʼsiri va boshqa doimo nazorat qilinadi. Xavfsizlik texnikasi ning muayyan sohalarida
ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot
belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun
maʼmuriyat javobgar hisoblanadi.
Oʻzbekistonda Xavfsizlik texnikasi nuqtai nazaridan eng xavfli va maʼsuliyatli korxonalar —
paxtani dastlabki ishlash zavodlari, toʻqimachilik korxonalari, teri oshlash korxonalari va
boshqahisoblanadi, chunki bu korxonalarda presslar ishlatiladi, zararli chang va gazlar ajraladi va
boshqa Shu tufayli mehnat xavfsizligi standartlariga qatʼiy amal qilish talab qilinadi. Xavfsizlik
texnikasi texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompleks
mexanizatsiyalash bilan uzviy bogʻliq boʻladi. XAGGINS (Huggins) Charlz Breton (1901.22.9,
Galifaks, Kanada) — amerikalik xirurg va onkolog; AQSH milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1949
yildan). 1927 yildan Chikago universitetida ishlagan (1936 yildan xirurgiya professori). 1951—69
yillarda BenMey klinikasida rakni tadqiqot qilish lab. direktori. X. prostata bezi rakini davolashda
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling.
Ko‘proq o‘rganish


ilk bor gormonlarni qoʻllab, gormonoterapiyaga asos soldi, bu rak kimyoterapiyasi rivojiga olib
keldi. Nobel mukofoti laureati (1966, Rous F.P. bilan hamkorlikda).
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
 (2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xavfsizli
k_texnikasi&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.

Download 85,46 Kb.




Download 85,46 Kb.
Pdf ko'rish