• 3.3 Kompyuter texnikasi bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari
  • Sanitariya-gigiyena talablari




    Download 45.03 Kb.
    bet3/3
    Sana13.06.2022
    Hajmi45.03 Kb.
    #23561
    1   2   3
    Bog'liq
    Inson havfsizligi
    my friend, O, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, 0101, o \'quv qo \'llanma, EdISAuZQFFZXF5m4R7cROlf61WRamNqG8JsOdxse, boshlangich sinf, Donyor, 2 Хонали квартира 2

    Sanitariya-gigiyena talablari


    Esda tuting, kompyuterda ishlash davomida kerakli talablarga rioya etmaslik inson salomatligiga katta zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa, ko‘z, qon aylanish tizimi, bosh miya faoliyati, umurtqa pog‘onasi zaiflashuvi va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi.
    Bularning oldini olish hamda kompyuterda ishlash davomida salomat- ligingizga zarar yetmasligi uchun quyidagi talablarga rioya qilishingiz va ularni esdan chiqarmasligingiz kerak:

    3.12-rasm. Foydalanuvchining kompyuter oldida to’g’ri joylashishi



    1. kompyuter stolidan 20 sm uzoqlikda o‘tiring;

    2. ko‘zingiz kompyuter ekranidan 50-60 sm uzoqlikda bo‘lsin, har 20-30 daqiqadan so‘ng ko‘zga dam berib turish va kompyuterda ishlash kuniga 180 daqiqadan oshmasligi zarur;

    3. yelka va qo‘l tirsagi orasidagi burchak 90-120° ni tashkil qilsin;

    4. kompyuter oldida o‘tirganingizda gavdangizni tik tuting;

    5. oyoq kaftingiz polga to‘laligicha tegib tursin;

    6. qo‘l kaftingizni va barmoqlaringizni erkin tuting;

    7. qo‘lingizni tanangizga yaqin masofada ushlang;

    8. tizza osti burchagi 90° ni tashkil qilsin.

    3.3 Kompyuter texnikasi bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari
    Kompyuterni xonada to'g’ri joylashtirish va to'g’ri loyihalanib, o'rnatilgan yoritgichlar foydalanuvchini ko'rishini yaxshi ta’minlaydi, asab tizimiga qo'shimcha zo'riqish bermaydi, operatorni normallashi faoliyatini ta’minlaydi, ish jarayonidagi xatolarni keskin kamaytiradi. Kompyuterlarni alohida xonalarga 5-6 displeydan ortiq bo'lmagan xolda joylashtirish tavsiya qilinadi. Bu eng avvalo mikroiqlimni yo'l qo'yilgan qiymatlari parametrlarini ta’minlashga imkon beradi. Sanitar normalarga muvofiq bitta foydalanuvchi uchun 5 m2 maydon, hajmi 20 m3 dan kam bo'lmasligi kerak.Gigenik nuqtai nazardan kompyuterni shunday joylashtirish kerakki, ekrandan ko'zni ko'targanda, xonadagi eng uzoqda joylashgan narsa ham ko'rinsin. Operatorning ish joyini kirish eshigiga yuzi qaragan holda joylashtirish eng samarali hisoblanadi. Eng uzoq masofaga nigohni o'tkazish imkoni kompyuterda ishlagandagi ko'rish tizimining og’irligini kamaytirishni eng samarali usuli hisoblanadi. Ish joylarini kompyuterdan devorgacha bo'lgan masofa 1 m dan kam bo'lmagan holda xonaning burchaklariga yoki devorga qaratib joylashtirish, derazadan tushgan yorug’lik ko'z uchun ortiqcha zo'riqish bo'lmasligiga yordam beradi. Shuning uchun ham kompyuterni derazaga qaratib joylashtirmaslik darkor. Agar bir xonada bir necha kompyuterlar joylashgan bo'lsa, elektromagnit nurlarning ta’sirini kamaytirish uchun bir manitor ekranidan ikkinchisining orqa devorigacha masofa 2 m dan kam bo'lmasligi kerak.
    Sanitar qoidalarga muvofiq shaxsiy kompyuterlar joylashgan xonada aralash yoritilganlik, ya'ni tabiiy va sun'iy bo'lishi kerak. Tabiiy yoritilganlik iloji boricha shimolga va shimoliy sharqqa yo'naltirilgan bo'lishi, imkoni bo'lmasa, jadal quyosh nuri janubiy va g’arbiy derazalardan yaltillashlar yuzaga keltirmasligi va ishlashga xalaqit qilmasligi uchun derazalarni pardalar, jalyuzilar yoki tashqi to'sqichlar bilan ta’minlash kerak. Ish joyi derazaga nisbatan yonlanmasiga joylashgan bo'lib, tabiiy yorug’lik chap tarafdan tushishi maqsadga muvofiq.Kompyuterlar shunday joylashishi kerakki, yoniq ekran boshqa operatorning ko'rish maydoniga tushmasligi, ekranda tabiiy va suniy yoritilganlikning aksidan yaltillashlar bo'lmasligi kerak.
    Ko'rish sharoitini baxolash uchun yaltillaganlik tushunchasi kiritiladi. Yaltillaganlik-ko'rish funksiyasini buzilishiga olib keluvchi yaltillagan yuzlarning kuchaygan yorug’ligi bo'lib, obektni ko'rishni yomonlashtiradi. Yaltillamaslikning birligi-kg/m2. 30 ming kg/m2 ga teng yorug’lik ko'zni ko'r qiladi. Yaltillaganlik haddan tashqari asabiylashuvini yuzaga keltiradi. Shuning uchun sanitar qoidalar yorug’lik keltiradi. Shuning uchun sanitar qoidalar yorug’lik manbaidan to'g’ridan-to'g’ri paydo bo'ladigan yaltillaganlikni chegaralaydi. Deraza, yoritgichlaridan tushgan yorug’lik ko'rish maydonida 200 kg/m2 dan oshmasligi kerak. Ekran, stol, klaviatura kabi ish yuzasidan qaytgan nurlardan hosil bo'ladigan yaltillaganliklarni ham chegaralash kerak. Bu yoritgichlarni to'g’ri tanlab, ish o'rinlarini tabiiy va suniy yoritgichlarga nisbatan to'g’ri joylashtirish hisobiga amalga oshadi, bunda yaltillashlarning yorug’ligi displey ekranida 40 kg/m2 dan oshmasligi kerak.
    Mutaxassislarning tavsiyasiga ko'ra devorlar, mebellar och sut rangda, shipdan nur qaytarish koeffitsiyenti 0.7- 0.8, devordan va poldan 0.6 va 0.3 bo'lishi kerak. Bunga shipni oq ranga, devorlarni och sariq va qizg’ish ranga bo'yash natijasida erishish mumkin. Umumiy yoritish uchun lyuminescent lampalar ishlatilishi natijasida ulardan yorug’lik oqimi kuchlanishining o'zgarishiga qattiq bog’liq bo'lganligi sababli yoritilganlikning tebranishi yuzaga keladi, bu o'z yo'lida ko'zni har safar adaptatsiya qilishiga, toliqishiga olib keladi. Shuning uchun mahalliy va umumiy yoritgichlar sifatida yuqori chastotali, yonishini nazorat qiluvchi uskunali gazorazryadli lampalar ishlatilishi kerak. To'g’ri tanlangan, yani eng kamida Shvetsiya o'lchovlar va sinovlar milliy komiteti tomonidan qabul qilingan MRK(II) talablariga javob beradigan va kerakli sertifikati bo'lgan Kompyuterlarda ishlaganda foydalanuvchi sog’lig’ini saqlash maqsadida quyidagi qiyin bo'lmagan qoidalarga rioya qilish kerak:
    - ish joyi qulay bo'lishi va tayanch-harakat apparatini hamda qon almashishini normal ishlashini taminlash kerak;
    - kun davomida videoterminalda umumiy ishlash davomi yligi 4 soatdan oshmasligi, videoterminalda uzluksiz ishlash 1.5-2 soatdan ko'p bo'lmasligi, har bir soat ishdan so'ng kamida 10-15 minut tanaffuz qilish, shu paytda o'rindan turib, ko’z, bel, qo'l va oyoq uchun maxsus mashqlar qilish kerak.
    - normal ko'rish qobiliyatida ko'z ekrandan qo'l cho'zganchalik (ya’ni 60-70 sm dan kam bo'lmagan) masofada bo'lishi va yiliga kamida bir marotaba ko'z vrachiga tekshirtirib turish kerak;
    - bir soat mobaynida 10 mingdan ortiq klavishni bosish kerak emas;
    - manitor ekranida yaltillashlar paydo bo'lishiga yo'l qo'yilmasligi kerak;
    - homilador ayollarning kompyuterda ishlashiga ruxsat berilmaydi.
    Download 45.03 Kb.
    1   2   3




    Download 45.03 Kb.