Xix asr Ovropa Oltinchi davr (XIX asrning 90-yillari) erkaklar va ayollar




Download 310.82 Kb.
bet14/14
Sana01.08.2021
Hajmi310.82 Kb.
#16560
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
XX asr Ovropa sakkizinchi davr (1963—1980 yy.)erkaklar va ayollar kostyumi

Sakkizinchi davr (1963—1980 yy.)

1963—1965 yillarda G’arbiy Ovrupo mamlakatlarida eski burjua ideallariga qarshi yoshlar qat’iy norozilik bildirdilar. ''Tineydjerlar" — 13-19 yoshli o’spirinlar - o’z didini va kiyim kiyish odatini o’rnatmoqchi bo’ldilar. Ushbu yo’nalish "antimoda" deb atalgandi, Juda ozg’in; uzun Oyoqli; kalta malla sochli; yopishtirilgan uzun qalin kipriklari bilan o’spirin qiz Tviggi (ingl. — chiviqcha) go’zallik ramziga aylangandi. Antimoda odatdagi buyumlardan kechgandi. Sun’iy charmdan yamoqli mototsikl kurtkasi, ataylab yirtilgan sviter, eskirgan djinsi, sandal (shippak) ularning asosiy kiyimlari bo’lgandi.

Parij Moda uylariga qarama-qarshi modalar kollektsiyasini yaratishgandi. A.Kurrej konstruktiv elementlarni, ‘.Karden — kosmik mavzularni, Iv Sen-Loran — tsigan romantikasini va "safari" uslubini qo’llashgandi.

1964-65 yillarda frantsuz kutyuryesi A.Kurrej va ingliz model yeri Meri Kuant kiyimda "mini" uzunligini taqdim etishgandi (113-rasm).

1968 yildan boshlab kiyimda bu uzunlik va geometrik uslub juda keng tarqalgandi. Gollivudning kovboy filmlari ta’sirida shu yillarda djinsilar davri boshlangan edi.

.


a b

113-rasm. a– XX asr 60 yillar ayollar modasi, b-XX asr 70 yillar ayollar modasi.



Bu yo’nalishlarga qarama-qarshi 70-yillarda yangi romantik uslub vujudga keldi. Xalk san’ati unga ijodiy manba bo’ldi. Ola-bula jun gazmollar va o’zga mamlakatlarning oddiy bichimlari modaga kirgandi. "Gaucho" ishtonlar, yopinchoq — "poncho", kashtalangan afg’on kurtkalari, hind shollari, to’qilgan shapkalari va qo’lqoplari, arab kiyimlari va boshqalar jaxon modasida keng tarqalgandi.

70-yillarda Shark dunyosining Ovrupo kiyim uslubiga "bostirib" kirishi bilan yapon modelyerlari jahon moda doirasida taniqli bo’lishdi. Ayniqsa, Kenzo Takada va Mitsuxiro Matsuda modellarining dong’i chiqqandi. Ular, bir tomondan, original Ovrupo modasini yaratishgan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, - odatdagi sharq kostyumi elementlarini yangi uslubga singdirishgandi. Kenzo, hattoki, Ovrupo modasiga Janubi-Sharqiy Osiyo qishloq kostyumi elementlarini kiritgandi.

Parij moda qonundori bo’lib qolgan bo’lsa xam, endi moda yaratuvchilarining shaxsiy uslublari yaqqolroq sezilardi. Bir mavsumda Ovrupo tarixiy kostyumlarining va boshqa qit’alar xalqlari kiyimlarining ta’siri bo’lgandi. Misol uchun, 80-yillarda Yapon samuray uslubi, Tibet xalk kiyimi, ibtidoiy qabilalar kiyimi, o’rta va Janubiy Amerika fol klor tendentsiyalari modada keng tarqalgandi. Shular qatorida "qashshoqlik" modasining xilma-xil usullari (eskirganga o’xshash maxsus bo’yalgan va yirtiklar hosil qilingan matolarni qo’llash) va zamonaviy (1910—1920 yy.) rassomchilik va me’morchilik (kubizm, Mondrian) ta’sirida kostyumlar yaratilgandi.

70—80-yillarda yoshlarning tajovuzkorligi "qopol uslub" — "‘ank" ni yuzaga keltirgandi. Tuturuksiz kiyimlar, sochlarini rang-barang bo’yoklarga bo’yab qilingan prichyoskalar atrofdagilarni hijolatda qoldirardi Erkin vaqt o’tkazishga, dam olishga, Sportga asoslangan 80-yillar modasi kiyimga erkinlik va shaxsiy ijodga imkoniyat yaratardi.

Aim.uz



Download 310.82 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 310.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xix asr Ovropa Oltinchi davr (XIX asrning 90-yillari) erkaklar va ayollar

Download 310.82 Kb.