• 7.XX asr Yevropa kostyumi. Kostyumning demokratizatsiyalanishi. Ayollar kostyumida modern uslubining ravnaq topishi. Urushdan keyingi davrgi yangi estetik timsol va modani keskin o’zgarishi.
  • Xix asr Ovropa Oltinchi davr (XIX asrning 90-yillari) erkaklar va ayollar




    Download 310.82 Kb.
    bet3/14
    Sana01.08.2021
    Hajmi310.82 Kb.
    #16560
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Ayollar kostyumi. Asr oxirida kostyumda yangi yo’nalishlar bo’yicha izlanishlar davom etardi, moda tez-tez o’zgarardi.

    Ayollarning beli korset bilan unchalik siqilmagandi; yubka sillik, burmasiz edi, bo’ksasigacha yopishib turgan va pasti kengaygan edi; tepa tomoni keng, yenglari burma, plisse, volanlar bilan bezatilgandi.

    Bu davrga kelib "zamonaviy san’at" badiiy yo’nalishining estetik ideallarining ta’siri bo’lgandi. Yangi uslubda yapon san’ati elementlari, skandinav xalq mavzulari, o’simlik shakli o’z aksini to’gandi.

    1893—1897 yillarda ayollar kostyumining silueti o’zgardi. Tor lifning o’rniga oldi osilib turadigan lif bo’ldi; beli ingichka, yubkasi klyosh, maxsus korset yordamida figura "S" shaklli chiziqqa o’xshatib egilgandi. Yenglarning tepasi keng, pasti tor edi. Konussimon prichyoskalar o’rniga tepaga ko’tarilgan, xurpaygan, baland har xil shaklli prichyoskalar qilishar edi. Modern uslubining ta’siri kostyum chiziqlarida, rangida va ularning bezaklarida sezilardi. Ilonsimon chiziqlar mo’ynadan, tuyaqush patidan, to’rdan qilingan "boa"lyar bo’g’ma iilon bilan aniqlanardi.

    Sipo, baland tik yoqali, yangi siluetli uzun ko’ylaklar ayollarga qandaydir yashirin noziklik berardi. Ular yupqa gazmollar (batist, linobatist)dan tikilib, to’rlar, lentalar va nozik kashtalar bilan bezatilardi.

    Ammo bu davrda paydo bo’lgan reformatorlik harakati ayollar kiyimining qulay bo’lishiga intilgandi. Tibbiyot xodimlari korset va korsajning ziyonligini isbotlashgandi. To’g’ri siluetli uzun "Rejorma" ko’ylagida beli sal belgilangandi. Lekin bu yo’nalish asosiy bo’lmadi. Ayollar, hattoki, xizmatchilar ham korsetlarini baribir kiyishardi.

    Ayollarning velosiped Sporti bilan qiziqishi kostyumga o’z ta’sirini o’tkazdi. Uzun ko’ylakning o’rniga bluzka va yubkaishton kiyildi. Ularda konstruktivlik va qulaylik o’z ifodasini topgandi va ular kelajakdagi ayollar kostyumining darakchisi bo’lgandi.

    Shunday qilib, XIX asr kostyumida modalar tez-tez o’zgargandi. Lekin bu murakkab jarayonda asosiy rag’batlarni aniqlash mumkin edi. Erkaklar kostyumi ayollarnikiga nisbatan ancha sekinroq o’zgaradi. Kiyimning ayrim turlarida standartlashtirish, bichimni barqarorlashtirish va to’q ranglarning ustunligi ro’y bergandi.

    7.XX asr Yevropa kostyumi. Kostyumning demokratizatsiyalanishi. Ayollar kostyumida modern uslubining ravnaq topishi. Urushdan keyingi davrgi yangi estetik timsol va modani keskin o’zgarishi.



    Download 310.82 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 310.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xix asr Ovropa Oltinchi davr (XIX asrning 90-yillari) erkaklar va ayollar

    Download 310.82 Kb.